“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Biznes olib borishning asosiy
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
Biznes olib borishning asosiy
tashkiliy shakllari Yakka egalik Shirkat (yoki sheriklik) Korporatsiya Bitta odam yoki oilaga tegishli firma Ikki va undan ko’p kishi (oila) mulki bo’lgan firma Mustaqil yuridik shaxs 17 Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq, korporatsiya (corporation) – bu mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z egalaridan alohida faoliyat yuritadi. Korporatsiya mulkka egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga ega. Ular sudga berishlari va ularni ham sudga berish mumkin. Bundan tashqari, korporatsiyalarni va biznes yuritishning ikkita boshqa shaklini soliqqa tortishda ham farq bor. Korporatsiya ustav hujjatlari asosida boshqariladi. Aksiyadorlar korporatsiya daromadidan amalga oshiriladigan har qanday to‘lovlarda o‘z aksiyalari soniga proporsional ravishda ulushga ega bo‘lish (masalan, dividendlar ko‘rinishida) huquqiga egadirlar. Aksiyadorlar direktorlar kengashini saylaydi va ular, o‘z navbatida, korporatsiya ishlarini boshqarish uchun menejerlarni tayinlaydilar. Odatda, aksiyadorlar yig‘ilishida bitta aksiya bitta ovozga ega. Ammo turli toifadagi aksiyalar ham bor bo‘lib, ular turli ovoz huquqini berishi mumkin. Korporativ tashkilot (biznesni korporativ tashkil qilish)ning afzal tomoni shundaki, firmaning sog‘lom faoliyatiga zarar yetkazmasdan aksiyalar boshqa egalarga berilishi mumkin. Boshqa afzal tomoni aksiyadorlarning mas’uliyati cheklanganligida bo‘lib, bu degani agar korporatsiya qarzlarini to‘lashga qodir bo‘lmasa, kreditor 10 lar aksiyadorlarning shaxsiy mulkini emas, balki korporatsiya aktivlarini xatlaydilar. Bu ma’noda korporatsiya xuddi shirkatda asosiy (bosh) sherik bajargan vazifani bajaradi, aksiyadorlar esa mas’uliyati cheklangan sheriklar kabi ishlaydi (faoliyat ko‘rsatadi)lar. Butun dunyoda yirik firmalarning deyarli barchasi, garchi ularga bitta shaxs yoki oila egalik qilsa-da, korporatsiya shaklida faoliyat yuritadi. AQShda aksiyalari tarqoq korporatsiyalar ochiq (public corporations), mulkka egalik huquqi jamlangan (to‘plangan) korporatsiyalar esa yopiq yoki xususiy korporatsiya (private corporations) deb ataladi. Turli mamlakatlarda korporatsiyalar faoliyati turlicha qonunlar bilan muvofiqlashtiriladi. Hatto bitta mamlakat ichida bunday firmalar faoliyati turli yurisdiksiyaga tushishi ham mumkin. Masalan, AQShda bunday qonunlar davlat darajasida joriy etiladi (va ularning bajarilishi qat’iy nazorat qilinadi). Kundalik hayotda nomiga qarab firmaning korporatsiya ekanligini quyidagicha aniqlash mumkin: masalan, AQShda firma-korporatsiya nomiga inglizcha incorporated so‘zidan olingan qisqartma ink; Fransiyada – SA harflari (Societe Anonime); Italiyada – SpA (Societa per Azione); Niderlan-diyada – NV (Naamloze Vennootdchap); Shvetsiyada – AB (Aktiebolag)lar qo‘shiladi. Germaniyada ochiq korporatsiyalar Aktiengesellschaften deb ataladi va bunday korporatsiyani firma nomining oxiridagi AG harflaridan bilsa bo‘ladi; xususiy korporatsiyalar Gesellschaften mit beschrankter Haftung deb ataladi va ularning nomiga GmbH harflari qo‘shiladi. Buyuk Britaniyada PLS harflari mas’uliyati cheklangan ochiq kompaniyalar uchun va LTD xususiy kompaniyalar uchun xuddi shunday ma’noga ega. Tarixda nomi qolgan birinchi korporatsiyalar Amsterdam va Londonda XVII asrda tashkil etilgan va o‘zbekchada “aksiyadorlik 10 “Kreditor” lotincha “creditor” – qarz beruvchi. Mol yoki pulni nasiyaga, qarzga bergan muassasa yoki shaxs. Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 415. 18 kompaniyasi” (joint stock companies) degan ma’noni anglatgan. Bizning kunlarda bunday atamadan deyarli foydalanilmaydi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling