“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

K a p i t a l 
Jismoniy kapital
Moliyaviy kapital
Bino, inshoot, mashina 
uskunalari va ishlab chiqarish 
jarayonida ish- 
latiladigan boshqa zarur 
resurslar
Jismoniy kapitalni sotib olishni 
moliyalashtirish imkonini 
beruvchi aktsiyalar, 
obligatsiyalar, kreditlar 
va h.k.lar


14 
asrning 70-yillarida ITT ulkan ko‘p millatli konglomerat
8
ga aylandi. Asosiy 
faoliyatidan tashqari firmaning faoliyat doirasiga sug‘urta, harbiy kiyim-bosh 
tikish, non mahsulotlari, yog‘och-taxta, bog‘dorchilik mahsulotlari ishlab 
chiqarish, shuningdek tog‘-kon ishi va avtomobillarni ijaraga berish kirar edi. 
O‘tgan asrning 80-yillari davomida kompaniya shu faoliyat turlarining ko‘pchiligi 
bilan shug‘ullanmay qo‘ydi va butun diqqat-e’tiborini mehmonxona va qimor 
biznesiga qaratdi. 1996 yilga kelib esa, korporatsiya umuman telefon va telegraf 
uskunalari ishlab chiqarmay qo‘ydi va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni 
to‘xtatdi.
Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgi (aniq)lab 
olgach, 
kompaniya 
menejerlari 
fabrika, 
mashina 
uskunalari, 
tad-qiqot 
o‘tkaziladigan laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxona-lar va boshqa 
uzoq muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda 
buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari 
kerak bo‘ladi. Bu jarayon investitsiyalarni rejalashtirish (capital budgeting 
process) deb ataladi.
 
Bunday tahlil birligi investitsion loyiha (investment project) hisoblanadi. 
Investitsiyalarni rejalashtirish har bir yangi investitsion loyiha uchun asosiy niyat 
(maqsad)larni belgilash, ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni tanlash 
va ularni amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Firma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini belgilab olgandan so‘ng shu 
loyihalar qay tarzda moliyalashtirilishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni 
rejalashtirish bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga taalluqli 
qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida investitsion loyiha emas, balki 
firmaning butun o‘zidir. Kapital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining 
amaliy moliyaviy rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi, shundan keyin 
moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab chiqishga kirishish mumkin. 
Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqa-rishi 
mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozorlarda savdo (sotuv)ga chiqari-ladigan 
standartlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar – oddiy va imtiyozli aksiyalar, 
obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin. 
Shuningdek, korxonaga qo‘yilgan bozordan tashqari (nobozoriy) moliyaviy 
talablar (claims), ya’ni bank ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara 
shartnomalari va pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar ham savdo (sotuv)ga 
qo‘yilishi mumkin.
Korporatsiya kapitali tuzilmasi kapitalning ma’lum qismi egala-ridan har biri 
korporatsiya daromadining qancha qismini olishini belgilab beradi. Masalan, 
obligatsiya egalari, odatda, belgilangan (qat’iy) to‘lovlar olib turadi, aksiyadorlarga 
esa daromadga da’vogarlarning barchasi o‘z ulushini olgandan keyin qolgan 
mablag‘ to‘lanadi. Kompaniya ishining qanday nazorat qilinishi qisman kapital 
tuzilmasiga bog‘liq. Odatda, aksiyadorlar firmani direktorlar kengashiga o‘z 
8
“Konglomerant” lotincha “conglomeratus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “to‘dalangan, yig‘ilgan, 
to‘plangan” deb tarjima qilinib, jumladan, “turli-tuman jins, predmet va qismlarning tasodifiy mexanik 
ko‘shilmasidan iborat narsa; qurama” ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 398. 


15 
vakillarini saylash huquqidan foyda-langan holda boshqaradilar, obligatsiyalar 
chiqarish va kompaniyaning boshqa kredit kelishuvlariga kirishi, ko‘p hollarda, 
undan ma’lum shartlarni bajarishni taqozo etadi, ushbu shartlar, o‘z navbatida, 
kreditorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda ko‘zda tutilgan bo‘ladi 
(covenants ) va boshqaruv xodimlari faoliyatini cheklaydi. Ushbu shartnoma 
cheklovlari tufayli kreditorlar ma’lum darajada kompaniya menejerlarining ishi 
(faoliyati)ni nazorat qila oladilar. 
Aylanma kapitalni boshqarish sifati firma muvaffaqiyatiga ulkan ta’sir 
ko‘rsatadi. Agar menejerlar kompaniyaning kunlik moliyaviy ishla-riga doimiy 
diqqat qilmasalar (e’tibor bermasalar), eng oqil tuzilgan uzoq muddatli reja ham 
ko‘ngildagidek amalga oshmasligi mumkin. Hatto o‘sib kelayotgan muvaffaqiyatli 
firmada ham kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari vaqt jihatidan aniq bir-biriga mos 
tushmasligi mumkin. Menejerlar mijozlar o‘z hisoblari bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida 
amalga oshirishlarini muntazam tekshirib turishlari kerak va hokazo. Boshqacha 
qilib aytganda, menejerlar firma moliyasi ustidan umumiy boshqaruvni shunday 
amalga oshirishlari kerakki, pul mablag‘larining operatsion defitsiti doimo 
to‘ldirilib turishi, ortiqchasi yaxshi daromad olib keladigan tarzda investitsiya 
qilinishi kerak
9
.
Firma moliyaviy qarorlar qabul qilishi vaqtidagi har bir qaror, xoh u 
investitsiyalash, xoh moliyalashtirish yoki aylanma kapitalni boshqarish masalasi 
bo‘lsin, muayyan ishlab chiqarish texnologiyasiga, shuningdek tadbirkorlik 
faoliyatini boshqarish tizimi, soliq tizimi va firma faoliyat yuritadigan raqobat 
muhiti kabi omillarga bog‘liq. Firma tanlaydigan moliyaviy siyosat variantlari ham 
bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling