“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

To‘rtinchidan, moliya tizimi tub asoslari mohiyatini tushunish asoslangan 
fuqarolik qarorlari qabul qilish uchun zarur. Moliya tizimi iqtisodiy hayoti bozor 
munosabatlariga asoslangan har qanday jamiyat infratuzilmasining eng muhim 
qismi hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra moliya institutlari ishini to‘g‘ri 
tashkil etish mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va taraqqiyoti uchun puxta zamin 
yaratadi. Biz, fuqaro sifatida, ko‘pincha siyosiy qarorlar qabul qilishimizga to‘g‘ri 
keladi. Bu qarorlar, oxir oqibat, mamlakat moliyaviy tizimi ishiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Masalan, depozitlarning hukumat tomonidan sug‘urtalanishiga qarshi 
chiqayotgan yoki fond bozoridagi bitimlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga 
chaqirayotgan siyosatchiga ovoz berish to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar shunday qilinsa, 
buning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin? 
Beshinchidan, ko‘pchilik shunchaki o‘z bilim doirasini kengaytirish uchun 
ham “Zamonaviy moliya”ni o‘rganadi va shunga qiziqadi. Zamonaviy moliya 
qonuniyatlarini bilish dunyoqarashni kengaytiradi va tashqi dunyo qaysi 
qonuniyatlarga asosan rivojlanayotganini bilishga yordam beradi.
Moliya sohasidagi ilmiy izlanishlar uzoq tarixga ega. A. Smitning 1776 
yilda chop etilgan “Xalqlar boyligi tabiati va sabablari borasida tadqiqotlar” 
kitobini ko‘pchilik iqtisod fani (ilmi)ning ibtidosi deb hisoblaydilar. So‘ngi 
yillarda zamonaviy moliya nazariyasi moliya sohasiga ixtisoslashgan iqtisodchilar 
tomonidan ishlab chiqilmoqda va takomil-lashtirilmoqda. Bu 1990 va 1997 
yillarda iqtisod sohasida Nobel muko-fotiga moliya nazariyasi va amaliyotiga 
ulkan hissa qo‘shgan olimlar sazovor bo‘lganligi bilan ham tasdiqlanadi
6

2-mavzu. Moliyaviy qarorlar
Reja: 
1. Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar 
2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling