“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Investorlar bilan o‘zaro munosabatlar
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Baholash va konsalting
- Yirik korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasi
7. Investorlar bilan o‘zaro munosabatlar
a) investorlar bilan aloqa o‘rnatish va ushlab turish; b) kompaniya aksiyadorlariga axborot yetkazish tizimini yo‘lga qo‘yish va ushlab turish; v) moliyaviy tahlilchilar tavsiyalarini va umumiy tusga ega moliyaviy axborotlarni olish; 8. Baholash va konsalting a) moliyaviy siyosat, moliyaviy operatsiyalar masalalari hamda asosiy maqsadlar va ish qay darajada samaradorligini aniqlash bo‘yicha korpo-ratsiyaning boshqa rahbarlari bilan maslahatlashish va ularning tavsiya-larini olish. 9. Boshqaruvning axborot tizimlari a) ma’lumotlarni elektron qayta ishlash vositalarini yaratish va ulardan foydalanish; b) boshqaruvning axborot tizimlarini yaratish va ulardan foyda-lanish; v) tegishli tizim va tartiblar yaratish va ulardan foydalanish. Moliya bo‘limining tashkiliy tuzilmasi va firmaning boshqa bo‘lim-lari bilan o‘zaro aloqalari turli firmalarda turlicha bo‘lishi mumkin. 3.4-rasmda zamonaviy yirik korporatsiyaning namunaviy tashkiliy tuzilmasi ko‘rsatilgan (keltirilgan). 3.4-rasm. Yirik korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasi Direktorlar kengashi Ijrochi direktor Ishlab chiqarish bo’yicha vitse- prezident Moliya bo’yicha bosh boshqaruvchi (birinchi vitse-prezident Marketing bo’yicha vitse-prezident G’aznachilik Moliyaviy rejalashtirish bo’limi Buxgalteriya 31 Tuzilmaning eng yuqori darajasida korporatsiyaning ijrochi direktori (chief executive officer (CEO) turadi. U, ko‘pincha, prezident deb ataladi. Moliya bo‘yicha bosh boshqaruvchi (chief financial officer (SFO) katta (birinchi) vitse-prezident deyiladi. U firmaning butun moliyaviy faoliyati uchun mas’ul va bevosita prezidentga hisobot beradi. Shuningdek, ko‘p hollarda, firmada yana ikkita vitse-prezident faoliyat yuritishi mumkin. Ular marketing va ishlab chiqarish operatsiyalari uchun mas’uldirlar. Ba’zida yirik firmalar shtat 29 iga rahbar lavozimi kiritiladi. Rahbar kompaniya prezidenti strategiyasi amalga oshishi uchun mas’ul hisoblanadi. Moliya bo‘yicha birinchi vitse-prezidentga uchta bo‘lim bo‘ysunadi: a) moliyaviy rejalashtirish bo‘limi; b) g‘aznachilik; v) buxgalteriya. Ularning har biriga vitse-prezident boshchilik qiladi. Moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha vitse- prezident uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish uchun mas’ul, ya’ni firma faoliyat sohasini o‘zgartirishi lozimmi, yoki hozirgi biznesni davom ettirishi kerakmi, shularga baho beradi. Shuningdek, boshqa firmalarni qo‘shib olish va sotib olish hamda bosh firmadan yangi firmalar ajralib chiqishi imkoniyatlarini tahlil qilish ham uning vakolat doirasiga kiradi. G‘aznachi (treasurer) joriy moliyaviy faoliyat va firmaning aylanma kapitalini boshqarish uchun mas’ul. Shuningdek, tashqi investorlar bilan munosabatlarni boshqarish, firmaga foiz va valyuta riskining ta’sirini baholash hamda soliq bo‘limini boshqarish ham uning vakolat doirasiga kiradi. Korporatsiyaning bosh hisobchisi (controller) firmada buxgalterlik hisobi va ichki audit, xususan rejadagi va aslidagi xarajatlarni, korporatsiyaning turli xo‘jalik birliklari faoliyatidan olingan daromad va foydani taqqoslash uchun xizmat qiladigan ichki hisobotlar uchun mas’ul. Shuningdek, aksiyadorlar, kreditorlar va davlat boshqaruv (tartibga soluvchi) organlariga taqdim etish uchun moliyaviy hisobotlar tayyorlash ham uning vakolat doirasidadir. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling