“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

2. Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni 
 
Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlardan 
moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlarga oqib o‘tishiga 
moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar 
bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga 
qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, 4.2-rasmda (navbatdagi betga qarang) 
moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar 
ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi. 
Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari 
orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap 
tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga 
oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z 
joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida 
foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy 
mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, 
shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi
32

Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya-viy resurslarda 
ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan 
sub’ektlar deb ataydilar; kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan 
firmalar resurslari defitsit bo‘lgan sub’ektlar deb ataladi. 
31
«Ipoteka» yunoncha «hypotheke» - garov. Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish asosida beriladigan uzoq 
muddatli qarz; ushbu qarzlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi garov. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 233. 
32
Yana shunga o‘xshash qanday misollarni keltira olasiz? 


34 
4.2-rasm. Moliyaviy oqimlar 
Ko‘rinib turibdiki, ayrim moliyaviy oqimlar bir iqtisodiy sub’ektlardan 
(ortiq mablag‘larga ega) boshqa (defitsit) sub’-ektlarga moliyaviy vositachilar 
orqali yo‘naltirilgan, masalan, banklar orqali (chizmadagi moliyaviy oqimlar 
harakatining pastki yo‘nalishi), bo‘ladi. Ayni paytda boshqa moliyaviy oqimlar 
ushbu vositachilar xizma-tidan foydalanmagan holda ham, ya’ni moliyaviy 
bozorlar orqali ko‘chib o‘tadilar (chizmadagi yuqori yo‘nalish). 
Moliyaviy oqimlarning (flow of funds) yuqorigi yo‘nalish bo‘yicha joyini 
o‘zgartirishi prinsipini yaxshiroq tushunish uchun quyidagicha faraz qilaylik: 
qaysidir bir uy xo‘jaligi (erkin mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ekt) biror-bir 
firma (defitsit iqtisodiy sub’ekt) chiqargan aksiya-larni sotib olmoqda. Alohida 
hollarda, agar, masalan, firma dividendlarni reinvestitsiya qilish dasturiga ega 
bo‘lgan, uy xo‘jaligi esa oldindan mazkur firma aksiyalariga ega bo‘lgan holda, 
aksiyalarni sotib olish bevosita firmada amalga oshiriladi. Biroq, odatda moliyaviy 
oqimlar harakatida uy xo‘jaligidan pulni oluvchi va uni aksiyalarning emitent
33

bo‘lgan firmaning hisobraqamiga o‘tkazuvchi dilerlar yoki brokerlar (qim-matli 
qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar) qatnashadilar. 
Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruvchi (joylarini 
o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umuman moliyaviy bozorlar orqali 
o‘tmaydi va shunday qilib, 4.2-rasmda keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan 
bormaydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsatil-ganidek, ular 
moliyaviy vositachilarning yordami bilan bevosita erkin moliyaviy mablag‘larga 
ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayotgan 
iqtisodiy sub’ektlarga o‘tadilar. 
Moliyaviy oqimlar bir joydan boshqa joyga oqib o‘tishining ushbu usulini 
yaqqol tasavvur qilish uchun, quyidagicha faraz qilaylik: Siz o‘z omonatingizni 
bank hisobraqamiga qo‘ydingiz va bank biror-bir firmaga qarz sifatida berish 
uchun undan foydalandi. Mazkur holatda Siz qarz olgan firmadan o‘z pulingizni 
33
Emitent inglizcha “issuer”, nemischa “emittent” va lotincha “emittere” so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘z 
faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish uchun qimmatli qog‘ozlarni chiqargan tashkilotni bildiradi. Qarang: 
http://ru.wikipedia.org/wiki/. 
Bozorlar 
Moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan 
iqtisodiy sub’ektlar 
Moliyaviy resurslari ortiqcha 
bo’lgan iqtisodiy sub’ektlar 
Молиявий 
воситачилар 


35 
bevosita talab qila olmaysiz. Sizda pullik talabnoma faqat bankka nisbatan bor. 
Chunki Siz unda depozit ochgansiz. Bank esa, o‘z navbatida, mazkur firmaga 
ma’lum pul talablarini qo‘yadi. Bunda Sizning bank depozitingizning likvidlik va 
risk darajasi bank tomonidan firmaga berilgan qarzning o‘xshash 
xarakteristikalaridan farqlanadi. Bu qarz, o‘z navbatida, shu paytda bankning 
aktivlaridan biri sifatida qatnashadi. Bankning aktiviga kiruvchi qarzning 
qoplanmasligi riski ma’lum darajada mavjud bo‘lgan bir paytda, Sizning 
depozitingiz (saqlash maqsadida bankka qo‘yilgan pul) to‘liq ishonchli va likvidli 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling