“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-mavzu. Moliyaviy tizim funksiyalari va ularning


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

 
5-mavzu. Moliyaviy tizim funksiyalari va ularning 
evolyutsiyasi 
Reja: 
1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda 
aylanib yurishi 
2. Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv) 
3. Moliyaviy tizim yordamida hisob-kitob-to‘lovlarni amalga oshirish 
34
“Segment” lotincha “segmentum” – bo‘lak, laxtak; kesma. “Seco” – kesaman. Matematikada doiraning yoy va 
vatar bilan chegaralangan qismi; sharning kesuvchi tekislik bilan ajratilgan qismi. Qarang: o‘sha manba. J.IV. - 
B.471.


36 
4. Moliyaviy tizim tufayli resurslarning birlashishi va kapitaldagi ishtirok 
ulushining bo‘linishi 
5. Moliyaviy tizim tomonidan informatsion qo‘llab-quvvatlash (axborot 
ko‘magi) 
6. Moliyaviy 
tizim 
yordamida 
stimullashtirishning 
psixologik 
muammolarini yechish 
1. Moliyaviy tizim yordamida resurslarning vaqt (zamon) va makonda 
aylanib yurishi 
Turli 
mamlakatlar 
moliyaviy 
institut 
(muassasa)lari 
bir-biridan 
farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular qatoriga har xil o‘lchamlar, 
texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi, shuning-dek, davlatlarning 
siyosiy, madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi. Bundan tashqari, 
moliyaviy institut (muassasa)lar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga 
o‘tib turadi. Ularning bajaradigan funksiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmasdan 
oldingiday qolishiga qara-masdan, juda kuchli o‘zgarishi mumkin. AQShdagi 
zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 yoki 1958 yillarda bo‘lgan banklardan 
katta farq qiladi va shuningdek, Germaniya yoki Buyuk Britaniyada banklar deb 
nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi. Sho‘rolar davrida 
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham 
juda katta farqlar mavjud. Mazkur bo‘limda biz turli mamlakatlarning moliyaviy 
institut (muassasa)lari nimaga va qanday bir-biridan farq qilishini hamda vaqt 
o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan 
ko‘p narsani o‘z ichiga olgan konseptual tuzilma (yondoshuv)ni ishlab chiqishga 
harakat qilamiz.
Foydalanilayotgan yondoshuvning asosi shuki, mo‘ljal sifatida moliya-viy 
institut (muassasa)larning o‘z-o‘zlari emas, balki ularning funksiya-lari olingan. 
Tahlilning bunday uslubini biz funksional yondoshuv deb atadik (functional 
perspective). U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan: 
• moliyaviy tizim funksiyalari uning institut (muassasa)lariga qaraganda 
ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu funksiyalar vaqtning oqimi (o‘tishi)ga 
bog‘liq ravishda kamroq darajada o‘zgaradi va mamlakatdan mamlakatga uncha 
katta farqlanmaydi.
• moliyaviy institut (muassasa)lar shakli mantiqan ularning funksiya-laridan 
kelib chiqadi. Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxir-
oqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligi-ning oshishiga olib keladi.
Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan iborat moliyaviy tizim 
bosh funksiyasi tahliliga asosan, tahlilning ko‘proq umumiy dara-jasida bu 
tizimning quyidagi oltita bazaviy (tub) yoki muhim funksiyalari to‘g‘risida 
gapirish mumkin (5.1-rasm). 


37 
5.1-rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari 
 Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘ladi: 
iqtisodiy resurslarning vaqt (davr) bo‘ylab (bo‘yicha), davlat chega-rasi 
orqali va iqtisodiyotning bir tarmog‘idan boshqasiga o‘tish (joyini o‘zgartirish) 
usulini ta’minlash; 
• riskni boshqarish (riskiy boshqaruv usullarini ta’minlash; 
savdoga imkon yaratadigan hisob-kitobni amalga oshirish va kliring 
usullarini ta’minlash; 
moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli korxonalarda egalik-ning 
bo‘linishi mexanizmini ta’minlash; 
• iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishning markaz-
lashtirilmagan jarayonini muvofiqlashtirish imkonini beradigan narx-navo (baho) 
axboroti bilan ta’minlash;
• stimullashtirish muammolarini hal qilish usullarini ta’min-lash. 
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri boshqasi bilmagan axborotga 
egalik qilganda yoki ishtirokchilardan biri ikkinchisi nomidan agent (komissioner) 
sifatida ish ko‘radigan vaziyatlarda yuzaga keladi. 
Ushbu bobning keyingi o‘rinlarida yuqorida sanab o‘tilgan moliyaviy tizim 
barcha funksiyalarining to‘liqroq tushunchasini berishga va ularning xarakteri vaqt 
(davr, zamon) o‘zgarishi bilan qay tartibda o‘zgarib borishini ko‘rsatishga harakat 
qilamiz.
Moliyaviy tizim iqtisodiy resurslarning vaqt (davr, zamon) bo‘ylab 
(bo‘yicha), geografik hududning biridan boshqasiga, shuningdek, iqtisodi-yotning 
bir tarmog‘idan boshqasiga (o‘tish) joyini o‘zgartirish usulini ta’minlaydi.
Ko‘p hollarda moliyaviy oqimlar harakati jismoniy yoki yuridik shaxs 
bugungi kunda o‘zining mablag‘ini boshqa shaxsga kelgusida o‘rniga o‘rin boshqa 
mablag‘ni olish uchun, va aksincha, berishiga asoslangan. Talabalarga qarzlar, uy 
sotib olish qarzlari, jamg‘arilgan pensiya va ishlab chiqarish quvvatiga kapital 
qo‘yilmalar – ushbu barcha operatsiyalar resurslarni vaqt (davr, zamon)ning bir 
nuqtasidan boshqasiga o‘tishi (joylashuvi)ga olib keladi. Ushbu kabi vaqt (davr, 
Resurslarni vaqt (zamon) va 
makonda joylashtirish
Riskni boshqarish 
(riskiy boshqaruv) 
Hisob-kitob- 
to’lov tizimi

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling