“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv)
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- defitsit
2. Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv).
Moliyaviy tizim risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv) uchun imko- niyatlarni vujudga keltiradi. Pul resurslarini moliyaviy tizim yordamida ko‘chirib o‘tkazishga o‘xshab, risk ham ko‘chirib o‘tkaziladi. Moliyaviy tizimda vositachilar, masalan, riskni ko‘chirish bilan bog‘liq faoliyatga ixtisos-lashtirilgan sug‘urta kompaniyalari mavjud. Bu kompaniyalar o‘zlarining risklilik darajasini kamaytirishni xoxlovchi mijozlardan maxsus sug‘urta pullarini undiradilar va ularni ma’lum bir mukofot evaziga sug‘urta talablarini to‘lashga va riskni bo‘yniga olishga rozilik beradigan investorlarga beradilar. Ko‘pincha kapital va risk birgalikda (o‘zaro) bog‘liq bo‘lib, bir vaqtning o‘zida moliyaviy tizim yordamida o‘tkaziladi (ko‘chiriladi). Buning natijasida moliyaviy oqim risk oqimini ham tavsiflaydi. Keling, buni korxonalar moliyasi va ularning riskni o‘tka-zishi (ko‘chirishi) misolida ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, Siz biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldingiz va buning uchun Sizga 100,0 mln.so‘mlik kapital kerak. Modomiki, Sizda shaxsiy jamg‘armalar yo‘q ekan, Siz defitsit iqtisodiy birlik hisoblanasiz. Endi faraz qilamiz, Siz biror- bir xususiy investorni (erkin mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) aksiyalaringizni sotib olish hisobiga Sizga 70,0 mln. so‘mlik kapital ajratishiga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldingiz. Buning uchun Siz unga korxona foydasining, aytaylik, 75%ini to‘lash majbu-riyatini olasiz. Bundan tashqari, Siz bankdan yillik 6% ustama haq bilan 30,0 mln. so‘mlik kredit olishga erishdingiz. 100,0 mln. so‘m miqdoridagi umumiy oqim boshqa manbalardan Siz tomonga kelayotgan moliyaviy oqim sifatida tasvirlangan. Lekin Sizning korxonangiz muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda riskni kim o‘z zimmasi (bo‘yni)ga oladi?. Axir, hayot – tasodiflarga boy. Uning bundan xoli bo‘lishiga hech kim kafolat beraolmaydi. Shuningdek, “Korxonangiz o‘z faoliyati davomida faqat muvaffaqiyatga erishadi. Uning peshonasiga muvaffaqiyatsizlik yozilmagan. Bunga men kafilman!”, - deydi-gan “mard” hayotda uchramaydi. Unday “mard”ni kunduzi chiroq yoqib qidir-sangiz ham topaolmaysiz. Shu sababli, ushbu misolda asosiy riskni Sizning aksiyadoringiz o‘z bo‘yniga oladi. Zero, korxona inqirozga yuz tutsa, u o‘zining 70,0 mln. so‘mini qaytarib ololmaydi. Biroq, bankning harakatlarida ham ma’lum bir risklilik darajasi (riskiy daraja) mavjud bo‘lishi mumkin. Bu quyidagicha izohlanadi: Siz inqirozga yuz tutgan holda, bank ham qarzning asosiy summasi va uning foizini to‘lig‘icha ololmasligi mumkin. Masalan, faraz qilaylik, yilning oxirida biznesingizning jami bahosi 20,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Bu holatda investor o‘zi investitsiya qilgan hamma summani yo‘qotadi. Bank esa Sizga qarzga bergan 30,0 mln. so‘mdan 10,0 mln. so‘mini yo‘qotadi. Shuning uchun, kreditorlar aksiyadorlar bilan bir qatorda xususiy firma faoliyati riskining ma’lum bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Garchi kapital va risk ko‘pincha birlashib ketsa-da, ular bo‘linishi ham mumkin. Biznes qilish uchun 30,0 mln. so‘m miqdoridagi qarz olish misolida shunday vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, bank Sizdan ushbu qarzning Siz tomondan qaytarilishiga kafolat bera oladigan yaqin qarindoshla-ringizdan birini 40 olib kelishingizni talab qilyapti. Ushbu talabni taklif etgan holda bank Siz tomondan kredit shartnomasi shartlarining baja-rilmay qolishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zining riskini oilangiz a’zosiga o‘tkazadi. Bu holda bank Sizga 30,0 mln. so‘m miqdoridagi kreditni o‘zi uchun eng kam risk bilan taqdim etadi. Qarz bo‘yicha asosiy risk esa Sizning qarindoshingizga o‘tadi. Tobora ishonch hosil qila borganimizdek, moliya olamidagi ko‘plab moliyaviy shartnomalar pul resurslarini ko‘chirmasdan turib riskni ko‘chirishni nazarda tutadi. Bu, masalan, aksariyat sug‘urta shartnomalari va kafolatlarga tegishlidir. Shuningdek, bularga fyuchers, opsion va svoplar kabi hosila instrumentlar ham kiradi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling