“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Moliyaviy tizim funktsiyalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

Moliyaviy tizim funktsiyalari 
Stimullashtirishning psixologik 
muammolarini echish
Resurslarning birlashishi va 
kapitaldagi ishtirok 
ulushining bo’linishi
Informatsion qo’llab-quvvatlash 
(axborot ko’magi) 


38 
zamon)lararo resurslarning joylashuvi
35
uchun shart-sharoitlarning ta’minlanishi 
moliyaviy tizim funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Masalan, agar talabalarga oid qarz mavjud bo‘lmaganda edi, ko‘pchi-lik 
yoshlar, ularning oilalarida keyingi ta’lim olishiga mablag‘ yo‘q bo‘lganligi bois, 
oliy ma’lumotli bo‘lishdan bosh tortishlariga to‘g‘ri kelar edi. Xuddi shuningdek, 
ko‘plab tadbirkorlar, agar aksionerlardan yangi, odatda riskning yuqori darajasi 
bilan xarakterlanadigan kompaniyalar tuzish uchun pul olish imkoniyatiga ega 
bo‘lmaganlarida, o‘zlarining biznes-lari bilan shug‘ullana olmagan bo‘lar edilar. 
Moliyaviy tizim resurslarni vaqt (davr, zamon) bo‘ylab joylashuviga yordam 
berishdan tashqari, resurslarning makonda joylashishida ham juda muhim rol 
o‘ynaydi. Ba’zida u yoki bu biznes-loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
kapital undan yuqori samaradorlik bilan foydalanish mumkin bo‘lgan joydan juda 
uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Masalan, Germaniyada uy xo‘jaliklari 
O‘zbekistonning biron-bir joyida yuqori samara bilan ishlatish mumkin bo‘lgan 
kapitalni pul mablag‘larini jamg‘arib borish yo‘li bilan yig‘a oladilar. Moliyaviy 
tizim ham pul resurslarini Germaniyadan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishiga yordam 
beradigan bir qator mexanizmlarni taqdim etadi. Ulardan ikkitasini keltirsak 
yetarli: birinchidan, nemis fuqarolari O‘zbekiston kompaniyalari chiqargan 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olishlari mumkin; ikkinchidan, Germaniya banklari 
O‘zbekiston firmalariga qarz berishlari mumkin. 
Amaliyotning ko‘rsatishicha, iqtisodiyotning rivojlanib va murakkab-lashib 
borgani sari moliyaviy tizim uning sub’ektlarini pul resurslarini vaqt bo‘ylab va 
makonda ko‘chirib o‘tkazish (o‘tish, joyini o‘zgartirish)ning samarali usullari bilan 
ta’minlashda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan 
bozorlar va moliyaviy tizim vositachi-larining o‘ta murakkab tarmog‘i yapon 
ishchisining pensiyaga oid jamg‘ar-masini amerikalik yosh oilalarga uy sotib 
olishlarini 
moliyalashtirish 
uchun 
ishlatilishiga 
imkoniyat 
yaratmoqda. 
Shuningdek, turli xil innova-tsiyalar ham iqtisodiyot samaradorligini oshirishga 
katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Ular tufayli defitsitli pul resurslari vaqt 
(zamon) va makon bo‘ylab ko‘chirib o‘tkaziladi. Pul resurslari yuqori daromad 
keltirmaydigan joydan oqib keladi va katta foyda keltiradigan joyda ishlatiladi. 
Masalan, faraz qilaylik, barcha oilalar o‘z jamg‘armalarini uyidan tashqariga 
chiqmasdan investitsiya qilishga majburlar. Bunda “A” oila jamg‘armasi bo‘yicha 
yillik daromadlilik stavkasi bor-yo‘g‘i 2%ni tashkil etadi, “B” oila esa o‘zining 
jamg‘armasidan yiliga 20% daromad olish imkoniyatiga ega. “A” oilaning 
jamg‘armasini jalb qilib, “B” oilaga qarzga beruvchi investitsion kompaniya tuzish 
yo‘li bilan ikkala jamg‘ar-maning samaradorligini oshirish mumkin.
 
1-nazorat uchun savol 
Moliyaviy tizim orqali vaqt bo‘yicha (bo‘ylab, orasida) pul resurslarini ko‘chirib 
o‘tkazishga misollar keltiring. Ushbu resurslarni ko‘chirishning samaraliroq usuli mavjudmi?
 
35
Bu o‘rinda “intertemporal” so‘zining so‘zma-so‘z tarjimasi “vaqtlar orasida” degan ma’noni bildiradi. 


39 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling