“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’naviy risk yoki mas’uliyatsizlik
5-nazorat uchun savol
Operatsiyada ishtirok etmagan tomonlarni muhim axborot bilan ta’minlaydigan moliyaviy bitimga misol keltiring. 6. Moliyaviy tizim yordamida stimullashtirishning psixologik muammolarini yechish. Agar moliyaviy operatsiyaning bir tomoni bitim bo‘yicha boshqa hamkor bilmaydigan axborotga egalik qilganda, yoki bir tomon boshqasi uchun qaror qiluvchi agent hisoblanganda paydo bo‘ladigan stimullashtirishning psixo-logik muammolari moliyaviy tizim yordamida hal qilinadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, moliyaviy bozorlar va vositachilar risk va pul resurslarining samarali taqsimlanishiga yordam beruvchi bir necha funksiyalarni bajaradilar. Biroq, stimullashtirish psixologiyasiga tegishli bo‘lgan, vositachilarning ko‘rsatilgan funksiyalarni bajarish layo-qatini cheklaydigan muammolar mavjud. Stimullashtirishning psixologik muammolari shartnoma tomonlari ko‘pincha bir-birini kuzatish va biri ikkinchisini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlari uchun yuzaga keladi. 45 Stimullar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar, odatda, uch turga bo‘linadi va ular xalqaro amaliyotda quyidagicha nom olgan: 1. “Ma’naviy risk” muammosi; 2. “Noqulay tanlov” muammosi; 3. “Komitent 39 -komissioner” 40 muammosi. Ma’naviy risk yoki mas’uliyatsizlik (moral hazard) muammosi, masalan, qachonki sug‘urta polisiga egalik qilish sug‘urtalangan tomon katta riskka yo‘l qo‘yganda yoki yo‘qotishga yetaklovchi hodisaning oldini olishga kam harakat qilganda yuzaga keladi. Aynan mas’uliyatsizlik ko‘pincha sug‘urta kompaniyalari tomonidan riskning ayrim turlarini sug‘urta qilishni xoh-lamasliklarining sababiga aylanadi. Masalan, agar ulgurji ombor mulk-dori yong‘in hodisasiga sug‘urta polisini sotib olganda, uning uchun yong‘inga qarshi tadbirlarga pul sarflash stimuli kamayadi. Bu holat, uning omborida yong‘in bo‘lish ehtimoli, sug‘urta shartnomasi tuzilgunga qadar bo‘lgan holat-dagidan yuqori bo‘ladi. Agar sug‘urta summasi omborning bozor bahosidan yuqori bo‘lsa, unda ayrim ekstremal vaziyatlarda ombor egasi nafsga beri-lishi va pul olish uchun uni yoqib yuborishi ham mumkin. Potensial ma’-naviy risk tufayli sug‘urta kompaniyalari sug‘urta summasini qisqarti-radilar, yoki ma’lum bir holatlarda ayrim turdagi sug‘urta polislarini sotishdan umuman bosh tortadilar 41 . Mijoz ishga bo‘nak (avans) to‘lasa va odam (yoki firma) ish qanchalik yaxshi yoki yomon bajarilishiga qaramay, bir xil summani oladigan vaziyat shartnoma tuzish sohasidagi mas’uliyatsizlikka misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Agar to‘lov faqat ish bajarilgandan so‘ng amalga oshirilganda edi, unda pudratchida, shubhasiz, to‘lovning avans shakliga qaraganda yaxshiroq harakat qilib ishlashiga stimul ko‘proq bo‘lar edi 42 . Biznesni moliyalashtirishda yuzaga keladigan muammo ma’naviy risk-ning nisbatan kamroq misoli bo‘lib hisoblanadi. Faraz qilaylik, Sizda yangi korxona tuzish g‘oyasi tug‘ildi va Sizga ish boshlash uchun boshlang‘ich mablag‘ zarur. Siz uni qayerdan olishingiz mumkin? Olishingiz ehtimoli ko‘proq bo‘lgan manba bu – qarindoshlar va o‘rtoqlaringiz. Nima uchun? Negaki, Siz ularga ishonasiz. Ular esa Sizni bilishadi va Sizga ishoni-shadi. Bundan tashqari, ular Sizning tijoriy rejangizni, jumladan, tijoriy siringizni ham boshqa odamlarga ochmasliklari Sizga ma’lum. Qarindoshlar va o‘rtoqlar esa, o‘z navbatida, Sizning ularga yuz berishi mumkin bo‘lgan hech qanday muammo va asoratlarni berkitmasdan, bo‘lajak biznes to‘g‘risida to‘liq axborot taqdim qilishingizga ishonadilar. Bundan tashqari, hatto ish boshidan muvafaqqiyatli bo‘lmagan va Sizda qiyin-chiliklar tug‘ilgan holatda ham, Sizning yaqinlaringiz, Siz ularning manfaatlarini himoya qilish uchun bor imkoniyatingizni ishga solishingizni bilishadi. 39 “Komitent” lotincha “committens”, “committentis” – topshiruvchi, topshiriq beruvchi Komissionerga o‘zining, ya’ni komitent hisobidan, lekin komissioner nomidan savdo bitimini tuzish haqida topshiriq beruvchi tomon (shaxs yoki tashkilot). Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.394. 40 «Komissioner» fransuzcha «commissionnaire», lotincha «commissio» - topshirish; topshiriq. Komitent hisobidan va uning foydasiga, lekin o‘z nomidan bitimlar tuzadigan shaxs yoki tashkilot – savdo-sotiq ishidagi vositachi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.394. 41 “Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi yana bir misol. 42 “Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi navbatdagi misol. 46 Endi agar Siz bankdan qarz olishga qaror qilganingizda kelib chiqadigan vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Ehtimol, Sizga mutlaqo notanish bo‘lgan bank xizmatchisi bilan biznes rejangizni batafsil muhokama qilishni xohlamassiz. Yoki xoxlaysizmi? Axir bu variantda Sizga raqib bo‘ladigan boshqa mijozga bu to‘g‘rida aytib berishi mumkinligi istisno qilinmagan. Hattoki, Siz ushbu masalani hal etishga muvaffaq bo‘lsangiz ham, yana yangisi yuzaga kelishi mumkin va buning vujudga kelmasligiga hech kim kafolat beraolmaydi. Qarzlarni taqdim qilish qarorini qabul qiluvchi bank xizmatchilari esa, mijozlarda bo‘lajak biznesning barcha mumkin bo‘lgan qiyinchiliklari to‘g‘risida ochiqchasiga gapirib berish uchun asos mavjud emasligi bois, ko‘pincha qarzni taqdim qilishga shunchaki rozi bo‘lmaydilar 43 . Shunisi ayonki, buni har qanday odam eng noiloj vaziyatdagina oshkora qilishi mumkin. Axir, buni “Hayot!” deydilar!!! Shunday qilib, axborot almashinishda, ish imkoniyatlariga nisbatan ma’lum bir tengsizliklar yoki nomutanosiblik yuzaga keladi: mijoz o‘zining bo‘lajak biznesi to‘g‘risida bank xizmatchisidan ko‘ra ancha ko‘p biladi. Buning ustiga, Siz bankka qarz uchun kelganingizda, bank xizmatchisiga o‘zining Siz uchun mutlaqo notanish odamligi, bank esa – biror-bir mas’-uliyatsiz muassasadan ortiq emasligi aniq ma’lum. Demak, ishingizning borishi yomonlashsa, Siz unga yaqinlaringiz mablag‘lari sarflanganida qanday yo‘l tutganingiz kabi harakat qilmas, ya’ni holatni to‘g‘rilash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmas edingiz. Hatto, buning ustiga, Siz bu biznesdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz va qarzni to‘la-masligingiz ham mumkin. Shunday qilib, butun kuch bilan ishlash motivatsiyasi (stimuli) korxona riskining bir qism boyligi qarz oluvchini qiziqtirmaydigan tashkilotga (masalan, bank yoki sug‘urta kompaniyasiga) ko‘chirilishi natijasida pasayib ketadigan vaziyat ma’naviy risk yoki mas’uliyatsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga misol bo‘lishi mumkin. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling