“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri. Qayd qilingan
daromadga ega bo‘lgan instrument (vosita) faqatgina aniq hisob-kitob pul birligiga muvofiq risksiz, ishonchli hisoblanadi. Uning o‘zgarishi bilan foiz stavkasi ham nihoyatda jiddiy ravishda o‘zgarib ketishi mumkin. Keling, bu hodisani aniqroq tushuntirish uchun, nominallari turli xil valyutalarda ko‘rsatilgan obligatsiyalarni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, Britaniya Qo‘shma Qirolliklarining davlat obliga-tsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari Yaponiyaning davlat obligatsiyalariga qaraganda ancha yuqori va ular taxminan bir xil qoplash muddatiga ega. Mazkur toifa obligatsiyalari to‘lanmay qolish riskidan ozod ekanligi inobatga olingan holda, mazkur shartlar barcha investorlar Qo‘shma Qirolliklarning obligatsiyalarini afzalroq ko‘rishiga olib kelmaydimi? Mazkur holatda javob salbiy bo‘ladi. Chunki ushbu obligatsiyalarning nominallari turli valyutalarda: Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari – funt sterlingda, Yaponiyaniki esa – iyenda aks ettirilgan. Ikki mamlakatning mazkur toifa (klass) obligatsiyalari ishonchli daromadlilik stavkasini ushbu mamlakatlar valyutasida taklif etishiga qaramasdan, daromadlilik stavkasi har qanday boshqa valyutada noaniq bo‘ladi, chunki u kelajakda to‘lovni olish paytida ushbu ikki valyutaning almashish kursiga bog‘liqdir. Keling, bu fikrga aniq misol keltiramiz. Faraz qiling, Siz ma’lum bir mablag‘ni bir yil muddatga investitsiya qilishga qaror qildingiz. Yaponiya davlat obligatsiyalari bo‘yicha yillik foiz stavkasi 3%ni, Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari bo‘yicha esa 9%ni tashkil etadi. Boshqa valyutaga nisbatan bir valyutaning bahosini o‘z ichiga olgan valyuta kursi (exchange rate), 1 funt sterling 150 iyenaga teng. Endi, tasavvur qiling, Siz o‘z kapitalingizni iyenda qaysidir ishonchli aktivga investitsiya qilmoqchi bo‘lgan yapon investori hisoblanasiz. Yapon obligatsiyalarini sotib olib, Siz o‘zingizga 3%lik daromadni kafolat-laysiz. Agar Britaniyaning davlat obligatsiyalari sotib olinsa, iyenada daromadlilik stavkasi bir yil o‘tgandan keyin iyena va funt sterlingning almashuv kursi qanday bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Faraz qilaylik, Siz 100 funt sterlingga Birlashgan Qirollikning obligatsiyalarini sotib olishga qaror qildingiz. Buni qilish uchun, Siz 15000 iyenni funt sterlingga konvertatsiya qilishingiz lozim bo‘ladi, ya’ni Sizning dastlabki sarflaydigan mablag‘ingiz 15 000 iyenni tashkil etadi. Birlashgan Qirollik obligatsiyalarining foiz stavkasi 9% teng bo‘lganligi uchun bir yildan so‘ng Siz 109 funt sterlingni olasiz. Biroq bu pul miqdorining iyenga o‘girilgan narxini oldindan bilish imkoniyati yo‘q. Sababi: kelajakda valyuta kursining qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi. Shunday qilib, mazkur operatsiya natijasida olingan real daromad-lilik stavkasi quyidagicha bo‘ladi: 58 D s(iyen) = (109 funt sterling X iyendagi kelajak funt sterling kursi – 15 000 iyen) : 15 000 iyen Bu yerda: D s(iyen) - daromadlilik stavkasi (iyen) Tasavvur qilaylik, bir yilda funt sterling kursi tushib ketdi va bir funt 140 iyenni tashkil etdi. Bunday holatda Birlashgan Qirollik obligatsiyalari bo‘yicha iyendagi daromadlilik stavkasi qanday bo‘ladi? Yangi ma’lumotlarni yuqoridagi tenglamaga qo‘yib, quyidagilarni olamiz: D s(iyen) = (109 funt sterling X 140 iyen/funt sterling – 15 000 iyen) : 15 000 iyen = 0,017333. Bu yerda: D s(iyen) - daromadlilik stavkasi (iyen) Shunday qilib, Sizning real daromad stavkangiz 1,73%ni tashkil etadi. Bu esa Siz aynan shunday qaytarish muddati bilan yapon obliga-tsiyalarini sotib olish orqali olishingiz mumkin bo‘lgan 3%dan kamroqdir. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling