Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan,
aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki
qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi.
Ularning asosiy funksiyasi ular hosila hisoblangan aktivlarga qo‘yilmalarning risk
darajasini boshqarish uchun vosita sifatida xizmat qilishdan iborat.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning kengroq tarqalgan turlari opsi-onlar va
forvard kontrakt
53
lari hisoblanadi. Sotib olishga opsion, yoki «koll» opsion (call
option) – bu egasiga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda opsion
amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar istalgan paytda sotib
olish huquqini beradigan vositadir. Sotishga opsion, yoki «put»opsion (put
option) – bu, egasiga opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga
qadar xohlagan paytda kontrakt bo‘yicha o‘rnatilgan narxda ma’lum bir
miqdordagi aktivlarni sotish huquqini beradigan vositadir. Aktiv egasi ushbu
aktivni sotish uchun opsion sotib olar ekan, o‘zini uning narxi kontraktda
ko‘rsatilganidan kamayib ketish xavfidan samarali sug‘urta qiladi.
Forvard kontraktlar (forward contracts) deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx
va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini,
ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. Bu xil
kontraktlar sotuvchiga va xarid qiluvchiga ushbu aktivlarning kelgusida sotiladigan
narxining noaniqligiga bog‘lanib qolmaslik imkonini beradi.
53
«Kontrakt» lotincha «contractus» - bay, bitim, kelishuv. Tomonlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan
holda tuzilgan ikki yoki ko‘p tomonlama shartnoma, bitim. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B.403.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |