“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Investorning xarajatlar darajasi nuqtai nazaridan indekslash-tirish
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
Investorning xarajatlar darajasi nuqtai nazaridan indekslash-tirish
strategiyasining ustunligi (afzalligi). 1926 yildan buyon AQSh fond bozori investorlar uchun investitsiya qilingan kapitalga yillik o‘rtacha daromadlilikni 12% miqdorida ta’minlab kelmoqda. Biroq bu raqamlar quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladigan xarajatlarni hisobga olmaydi: fond xarajatlari (fond boshqaruvchisiga to‘lov, fond to‘g‘risida axborot tarqatish uchun yig‘imlar va joriy xarajatlar); qimmatli qog‘ozlar portfeli bilan operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar (amalga oshirilgan bitim uchun broker xizmatlari to‘lovi va boshqa tijoriy xarajatlar). Keng tarqalgan aksiyalarga mablag‘larni qo‘ygan fondda fond xarajat- liligining o‘rtacha yillik koeffitsenti (fond xarajatlarining investi-tsiyalar umumiy summasiga nisbati ko‘rsatkichi) 1,4%ga teng. Shuningdek, mazkur an’anaviy birgalikdagi fondlarning menejerlari, odatda port-felni boshqarishda yuqori darajadagi aktivliklari bilan tavsifla-nadilar. Upper Analytical Services, Inc. ma’lumotlariga ko‘ra, aktivlarning o‘rtacha aylanuvchanlik (aylanib turish) koeffitsiyenti yillik 76%ni tashkil etadi. Bunday aylanuvchanlik (aylanib turish)da savdo xarajatlari fond xarajatlariga yillik 0,5%dan 1%gacha qo‘shishi mumkin. Umumlashtirgan holda fond xarajatlari va savdo xarajatlari oddiy fondda investor daromadining sezilarli qismini oladi. Savdo operatsiyalaridan komission to‘lovlarni oladigan fondlar ham foydani yanada kamaytiradi. Aynan kam xarajatlar indekslashtirish strategiyasiga asoslangan fondlarning asosiy afzalliklaridan biri hisoblanadi. Bunday fondlarda boshqaruv uchun minimal komission to‘lovlar olinadi. Joriy xarajatlar unchalik katta bo‘lmay, portfel operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar minimal bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, aktiv boshqaruvli fondlardagiga qara-ganda indekslashtirish strategiyali fond portfelida aksiyalar aylanishi ancha-muncha sustroq bo‘lganligi bois, shunday kuchli 55 “Passiv” lotincha “passivus” – harakatsiz. 1. Korxona va tashkilotlarning barcha qarzlari va majburiyatlari. Qarang: o‘sha yerda. – B.233. Shunday bo‘lsa-da, bu yerda “passiv” so‘zi, asosan, “sust” ma’nosida ishlatilayotganligini qayd etib o‘tish joiz. 64 tendensiya (ammo aslo kafolat emas) mavjudki, bunday fondlar kapital o‘sishidan juda kam daromadni aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlab o‘tkazadilar (agar umuman shunday qilsalar). Bu o‘tkazmalar soliqqa tortilishi sababli, shu kabi to‘lovlarni o‘tkazishning uzoq muddatga kechiktirilishi berilgan vaziyatda indekslashtirilgan fondlarning aniq ustunligi hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan ma’lum bir birja indekslari asosan keng tarqalgan aksiyalar bilan ishlaydigan fond ko‘rsatkichlarini quvib o‘tdilar. Quyida keltirilgan 7.3- jadvalda Wilshire 5000 indeksi yordamida o‘lchangan umumiy daromadlilik va asosan keng tarqalgan aksiyalar bilan ishlaydigan va aktiv investitsiya strategiyasiga asoslangan fondlarning ko‘rsatkichlari solishtirilgan. 7.3-jadval Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling