“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
3-nazorat uchun savol
Oxirgi gazetalarning moliyaviy axborotlari bo‘lgan sahifalarini ko‘ring. Bugungi kundagi AQSh G‘aznachiligi obligatsiyalari va korporativ obligatsiyalar daromadliligi farqi qanday ekanligini tekshiring. 2. Riskli aktivlarning daromadlilik stavkasi Foiz stavkalari qimmatli qog‘ozlar egasi oldida emitentning shartno-maviy javobgarligi hisoblanib, belgilangan daromadli instrument (vosi-ta)lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlilik stavkasini ifodalaydi. Biroq, hamma aktivlarga ham ma’lum bir daromadlilik stavkasi xos emas. Misol uchun, agar Siz ko‘chmas mulkka, aksiyalar va san’at asarlariga kapitalni investitsiya qilayotgan bo‘lsangiz, kelajakda Sizga hech qanday to‘lovlar kafolatlanmaydi. Endi, keling, shu turdagi riskli aktivlar bo‘yicha daro-madlilik stavkasi qanday o‘lchanishini ko‘rib chiqaylik. Agar Siz qandaydir ulushbay qimmatli qog‘ozlarga, misol uchun oddiy aksiyalarga mablag‘ingizni investitsiya qilgan bo‘lsangiz, Sizning qo‘ygan kapitalingizga daromad (return) ikki manbadan tushadi. Birinchisi — mazkur qimmatli qog‘ozlar emitent-firmasi aksionerlarga pul ko‘rinishida to‘laydigan dividendlar. Mazkur dividend to‘lovlari shartnomada kelti-rilmaydi va shunga ko‘ra, ularni foizli to‘lovlar deb bo‘lmaydi. Divi-dendlar firma direktorlar kengashining ixtiyoriga ko‘ra to‘lanadi. Aksiyador aksiyalarga egalik qilgan vaqt mobaynida aksiya bozor kur-sining o‘sishi aksiya egasi tomonidan kiritilgan kapitalning ikkinchi daromad manbai hisoblanadi. Mazkur turdagi daromadni kapitalning o‘sishi deb aytiladi (capital gain). Agar aksiya egasi kursning tushishi tufayli zarar ko‘rayotgan bo‘lsa, bu narsa kapitalning yo‘qotilishi (capital loss) deyiladi. Qo‘yilgan kapital daromadini aniqlash uchun aksiyalarga egalik qilish davomiyligi bir kundan bir necha o‘n yillikkacha bo‘lishi mumkin. Investitsiya qilingan kapitalning daromadlilik darajasini hisoblab ko‘rish uchun, faraz qilaylik, Siz aksiyalarni (bir donasini 10,0 ming so‘mdan) sotib oldingiz. Bir kundan keyin mazkur aksiyalarning kursi 10,1 ming so‘mga o‘sdi va Siz ularni sotdingiz. Bir kunda Sizning qo‘yilgan kapital daromadlilik stavkangiz 61 1%ni tashkil etadi — bir dona aksiyaga kapitalning o‘sish ko‘rsatkichi (100 so‘m)ning sotib olingan aksiya narxiga (10,0 ming so‘m) nisbati. Endi tasavvur qiling, Siz sotib olingan aksiyalarga bir yil davomida egalik qilmoqdasiz. Yil oxirida aksiyalar bo‘yicha bir aksiyaga 500 so‘m miqdoridagi dividend to‘landi va aksiyaning bahosi 10,5 ming so‘m bo‘ldi. Shunday qilib, bir yillik qo‘yilgan kapital daromadliligi (K Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling