“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
6- nazorat uchun savol
Ma’naviy risk muammosi Sizga rejalashtirilgan biznes-loyihangizni amalga oshirish uchun mablag‘ olishingizga halaqit berishi mumkin bo‘lgan vaziyatni misol keltiring. Ushbu muammoni bartaraf etish usullari qanday? Bitim tomonlarida axborotning bab-baravar bo‘linmagan hajmi nati-jasida ham yuzaga keladigan yana bitta muammo mavjud. Bu nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosidir (adverse selection). Bu shu bilan xarak-terlanadiki, unga ko‘ra riskning u yoki bu shaklidan sug‘urtani sotib oluvchi odamlar, odatda, ushbu riskga butun boshli aholiga qaraganda ancha kuchliroq duchor bo‘ladilar. Bu vaziyatni umrbod renta (life annuities) misolida ko‘rib chiqamiz. Umrbod renta sug‘urtalangan odamga uning pensiyaga chiqishidan boshlab umrining oxirigacha qayd qilingan summani oyma-oy to‘lashni ko‘zda tutgan shartnomani ifodalaydi. Bunday rentalarni sotuvchi firma, ularni sotib oluvchi 43 “Bu misol ham “stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini yana bir karra tasdiqlaydi. 47 odamlar butun aholiday kutilayotgan uzoq umr ko‘rishlari taxmi-nidan kelib chiqa olmaydi. Masalan, tasavvur qilaylik, qandaydir bir firma pensiyaga chiqayotgan (ya’ni, masalan, 55-60 yoshdagi) odamlarga umrbod rentalarni sotmoqda. Odatda, butun aholi o‘rtasida bunday odamlarni uchta guruhga bo‘lishadi (yana har bir guruhdagilarning soni taxminan bir xil): “A” guruh umrining davomiyligi 10 yilni, “B” guruhniki 15 yil, “V” guruhniki esa 20 yilni tashkil etadi. 60 yoshga to‘lgan odamlar o‘rtacha 15 yil yashaydilar. Biroq, agar firma, ushbu umr davomiyligining prognoz (bashorat) ko‘rsatkichlariga muvofiq polis narxini o‘zgartirsa, u rentani sotib olayotgan odamlar ko‘proq “A” yoki “V” shakliga tegishli ekanligiga ishonch hosil qiladi. Birinchi guruhga kiruvchi pensionerlar uchun bu kabi bitim foydasizdir va ular bunday polisni sotib olmaydilar. Agar umrbod rentani sotuvchi firma u yoki bu mijoz qaysi guruhga (“A”, “B”, yoki “V”) tegishli ekanligini bilganda va har bir odam umrining kutilayotgan davomiyligidan kelib chiqib narxni o‘zgartira olganda edi, unda hech qanday nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosi mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi. Biroq, bu firmalar, o‘z mijozlari umrining kutilayotgan davo-miyligi to‘g‘risida axborotlar sonini oxirgilari egalik qilganidek yig‘a olmaydilar. Modomiki, sug‘urtachi har bir mijoz umrining kutilayotgan davo-miyligini aniq aks ettiruvchi narxni belgilashga qodir emas ekan, unda ko‘p sonli rentalar nomutanosib ravishda hali ancha uzoq yashashni reja-lashtirayotgan sog‘lom odamlar tomonidan sotib olinadi. Bizning misolda, o‘rtacha bashorat qilinayotgan umrning davomiyligi 17,5 yilni tashkil etadi. Bu mazkur ko‘rsatkichning butun aholi uchun belgilanganidan 2,5 yilga ko‘proqdir. Shunday qilib, agar renta sotuvchi firma, narxni butun aholi uchun umrning kutilayotgan davomiyligi ko‘rsatkichlari asosida belgilagan bo‘lsa va nomuvofiq (noqulay) tanlov muammolarini tartibga solish maqsadida narxni oshirmagan bo‘lsa, ziyonga uchraydi. Shu sababli firmalar umrbod rentalarga umrning kutilayotgan o‘rtacha davomiyligi bo‘lgan odamlarni o‘ziga jalb qilmaydigan narxlarni belgilaydilar. Bu shunga olib keladiki, ushbu moliyaviy mahsulot sotiladigan bozor, agar nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosi mavjud bo‘lmaganda, mumkin bo‘ladigan holatdan ancha kamroq bo‘ladi 44 . Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling