“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
3-nazorat uchun savol
Nima uchun korporatsiya menejerlari foydani maksimallashtirish qoidasiga emas, balki aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish qoidasiga rioya qilishlari kerak? Albatta, menejerlar oldida turgan masala juda murakkab: o‘zlari qabul qiladigan qarorning firma aksiyalari qiymatiga ta’sirini baholash. Masalan, yuqorida keltirilgan misollarda, “A” va “B” yoki “A” va “V” loyihalaridan birini tanlashda menejerlar shu loyihalardan qaysi biri firmaning bozor bahosini eng ko‘p darajada oshirishini aniqlashlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi. Bu oddiy emas, balki juda murakkab vazifadir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bunday qarorni qabul qilish uchun aniq mezon qo‘llaniladi. Shunday qilib, korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi firma bahosini aksiyadorlar manfaatiga mos tarzda maksimallashtiradigan qaror qabul qilishdan iborat. Mazkur mezonni amalga oshirishda yuzaga keladigan asosiy muammo qabul qilingan qarorning firma bo‘lajak qiymati (baho-si)ga eng yuqori ta’siri ehtimoli qanday bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olishdan iborat. Agar menejer o‘z firmasi va boshqa kompa-niyalar aksiyalarining bozor bahosi o‘zgarishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lsa, uning vazifasi ancha yengillashadi. Darhaqiqat, bozordagi narx (baho)lar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmay turib, bu mezon umuman qanday qilib amalga oshirilishi mumkinligini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Albatta, yaxshi menejer o‘z firmasidagi ishlab chiqarish jarayonini har kimdan ham ko‘proq biladi deb faraz qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi, ammo bunday ichki (firma nuqtai nazaridan) ma’lumot samarali qaror qabul qilish 20 “Kontekst” lotincha “contextus” – qo‘shilish, ulanish, bog‘lanish. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 402. 25 uchun yetarli bo‘la olmaydi. Fond bozori bo‘lmagan taqdirda menejerlarga tashqi (firma uchun) ma’lumotlar, masalan mulkdorlarning boyligi, nimalarni xush ko‘rishlari va boshqa investitsion imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot kerak bo‘ladi. Bunday ma’lumotni qo‘lga kiritish uchun esa katta mablag‘ sarflanishi mumkin (agar, umuman bunday ma’lumotni sotib olish mumkin bo‘lsa). Shu sababdan, fond bozorining borligi (mavjudligi) menejerlarga to‘plash nisbatan oson bo‘lgan ma’lumotlar, xususan aksiya va obligatsiyalar bahosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda deyarli qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan ma’lumotlar, ya’ni aksiyadorlarning boyligi, ular xush ko‘radigan narsalar va boshqa investitsion imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi. Shunday qilib, yaxshi rivojlangan fond bozorlarining mavjudligi firma mulkiga egalik huquqini uni boshqarishdan ajratishni samarali amalga oshirishga yordam beradi. E’tibor bering, qaysidir ma’noda korporatsiyaning oliy rahbariyati va korporatsiya faoliyatini kuzatib boradigan tashqi moliyaviy tahlilchilar oldida turgan vazifa bitta. Ikkala guruhdagi mutaxassislar oxir oqibat bitta savolga javob berishlari kerak: qanday qilib boshqaruv xodim-larining qarorlari firma aksiyalarining bozor bahosiga ta’sir qilishi mumkin? Farqi esa shundaki, tahlilchilardan farqli o‘laroq, menejerlar bu qarorlarni qabul qiladilar va ularning amalga oshirilishi uchun javob beradi (mas’uldir)lar. Biror korporatsiya oliy darajadagi boshqaruv xodimlarining asosiy vazifalarini bilib olish uchun boshqaruv aksiyadorlarga taqdim etadigan yillik hisobotga ko‘z tashlashning o‘zi kifoya. Odatda, bu hujjatga so‘zboshi sifatida korporatsiya ijrochi direktorining xati ilova qilinadi. Ushbu xatda boshqaruvning moliyaviy maqsadlari va ushbu maqsadga yetishish (erishish)ning umumiy strategik rejasi bayon etiladi. Quyida Honeywell Corporation korporatsiyasining 2016 yil yakuni bo‘yicha o‘z aksiyadorlariga taqdim etgan yillik hisobotidan ko‘chirma keltiramiz. Korporatsiya boshqaruvi raisi Maykl R.Bonsinor (Michael R.Bonsignore) aksiyadorlarga quyidagi yozma murojaatni yo‘llagan: “Daromadli biznesning o‘sishi. Qoniqish hosil qilgan iste’molchilar. Boshqaruv borasida dunyo miqyosida yetakchilik. Men va dunyoning turli mamlakatlarida Honeywell korporatsiyasida mehnat qiladigan barcha ishchi-xodimlar bizning korpo-ratsiya kelajagini aynan shunday tasavvur qilamiz, ya’ni biz shuni istaymiz. Aynan shu bilan bizning asosiy vazifalarimiz aniqlanadi va kompa-niyaning asosiy maqsadiga – kompaniya aksiyadorlarining manfaatlariga mos tarzda uning aksiyalari bozor bahosi o‘sishini ta’minlashga – erishish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Hozirgi paytda rompaniya o‘zining birinchi navbatdagi moliyaviy vazifasini bajarishni maqsad qilgan: aksiyadorlar bizning firma bilan taqqoslasa bo‘ladigan va shu kompaniyalar ro‘yxatining birinchi chorak bo‘lagidan o‘rin olgan firmalar ko‘rsatkichiga teng yillik umumiy daromad olishlarini ta’minlash. Aksiyadorlarimizning umumiy yillik daromad-lari aksiyalar kursi 21 o‘sishi va 21 “Kurs” lotincha “sursus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “yugurish, poyga; harakat, yo‘l, yo‘nalish” deb tarjima qilinsa-da, bu yerda “aksiya, obligatsiya, veksel kabi qimmatli qog‘ozlar sotiladigan va xarib qilinadigan 26 korporatsiya aksiyalariga reinvestitsiya qilingan dividendlar umumiy summasiga teng miqdorda belgilanadi. Bizning menejerlar ushbu maqsadga erishish uchun belgilangan yo‘ldan chetga og‘ishmay boradilar. Bizning qisqa muddatli kompensatsiya 22 dastu-rimizga muvofiq korporatsiya xodimlari kompaniya daromadida erishilgan yaxshi ko‘rsatkichlar uchun mukofotlanadilar. Biz kompleks 23 moliyaviy reja ishlab chiqdik va ushbu rejada sotuv, foyda, aylanma kapital, kapital qo‘yilmalar va soliqlar hajmi o‘sishi kabi aksiyador boyligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan har bir omildan foydalanish bo‘yicha murakkab topshiriqlar belgilab berilgan”. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling