“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
1-nazorat uchun savol
Kompaniya faoliyati tahlili uchun qanday asosiy moliyaviy koef- fitsiyentlardan foydalaniladi? 2. Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar Tahlil chog‘ida ko‘pincha aktivlar daromadliligi normasi (me’yori)ni (ROA) boshqa ikki koeffitsiyentlar ifodasi sifatida tasavvur qilish foydali hisoblanadi: ROA = EBIT × Sotish hajmi = Sotish hajmi Aktivlar bahosi (qiymati) = Sotish rentabelligi × Aktivlar aylanuvchanligi = = ROS × ATO ROA koeffitsiyentining ROS va ATO koeffitsiyentlari orqali ifoda-lanishi mumkinligi quyidagi dalil bilan tasdiqlanadi: turli sohada faoliyat yuritadigan firmalarning sotuvlar rentabelligi va aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyentlari 106 mutlaqo har xil bo‘lishi va, shu bilan birga, aktivlar daromadliligi ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, odatda, supermarketlarning sotuvdan rentabellik ko‘rsatkichlari past, aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ladi. Qimmat zargarlik buyumlari qimmat do‘koniga esa buning aksi xos. Ammo ikkala do‘konning aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti bir xil bo‘lishi mumkin. Aytilganlarni misolda ko‘rish uchun, keling, aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti bir xil, ya’ni 10,0%ga teng ikkita firmani ko‘rib chiqamiz. Birinchi firma – bu supermarketlar tarmog‘i, ikkinchisi esa – kommunal xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan firma bo‘lsin. 13.2-jadvaldan (navbatdagi betga qarang) ko‘rinib turganidek, supermarketlar tarmog‘ining sotuvdan daromadlilik koeffitsiyenti “past” (2,0%) va u o‘z aktivlarini yiliga besh marta aylantiribgina aktivlar daromadliligi ko‘rsatkichini 10,0% li ko‘rsatkichga olib chiqadi. Ko‘p kapital talab qiladigan kommunal xizmatlar sohasiga kelsak, bu sohada ishlaydigan firmaning aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyenti (ATO) yiliga atigi 0,5 martaga teng bo‘lsa-da, sotish rentabelligi yuqori, ya’ni 20,0% bo‘lgani uchun u ham 10,0%lik aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA)ga ega. 13.2-jadval Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling