“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy rejalashtirish


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

14-mavzu. Moliyaviy hisobotlar va moliyaviy rejalashtirish 
Reja: 
1. Moliyaviy rejalashtirish 
2. Moliyaviy rejalashtirish modelini yaratish 
3. O‘sib kelayotgan biznes: tashqi moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj 
4. Firmaning barqaror o‘sishi koeffitsiyenti 
5. Aylanma kapitalni boshqarish 
6. Likvidlik va kassa rejasini bajarish 
1. Moliyaviy rejalashtirish
 
 
Moliyaviy rejalashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: reja tuzish, uni 
amalga oshirish va erishilgan natijalarni inobatga olgan holda tuzatish kiritish. 
Moliyaviy rejani ishlab chiqishda firmaning strategik rejasi asosiy tayanch 
hisoblanadi. Aynan shu reja moliyaviy rejalash-tirishning asosiy yo‘nalishini, 
biznesni rivojlantirish bo‘yicha umumiy vazifalarni va kompaniya o‘sishi 
ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, firma o‘z biznesining qaysi 
yo‘nalishini kengaytirishni, qaysilarini qisqartirishni istashi strategik rejaga 
muvofiq hal etiladi va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari 
tayinlanadi. 
Moliyaviy rejalashtirishning yana bir muhim elementi rejalashtirish davrining 
davomiyligidir. Odatda, bu davr qanchalik uzoq bo‘lsa, moliyaviy reja shunchalik 
batafsil bo‘lmaydi. Besh yillik moliyaviy rejalar, odatda, faqat asosiy bashorat 
qilinadigan aktivlar va majburiyatlar, tafsilot-larni o‘z ichiga olmagan moliyaviy 
natija to‘g‘risida hisobotlar va balans shakllarini o‘z ichiga oladi. Boshqa tarafdan, 
bir oyga tuzilgan moliyaviy rejaga, odatda, muayyan mahsulot liniyalari bo‘yicha 
daromadlar va xarajat-lar bashorati va bo‘lajak pul tushumlari hamda to‘lovlarning 
batafsil istiqbolli baholanishi kiritiladi. Aksariyat hollarda, ko‘p yillik rejalar har 
yili, bir yilga tuzilgan reja esa har chorakda qayta ko‘rib chiqiladi. 


110 
Moliyaviy rejalashtirish sikli (jarayoni) bir necha bosqichdan iborat bo‘lib, u 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. Boshqaruv xodimlari firma mahsulotiga talab darajasini va uning bo‘lajak 
ishlab chiqarish xarajatlari darajasini belgilovchi asosiy tashqi omillar dinamikasi 
prognozini tuzadi. Tashqi iqtisodiy omillarga kompaniya o‘z mahsulotlarini 
sotadigan bozorlardagi ishbilarmonlik faolligi darajasi, inflyatsiya darajasi, valyuta 
kurslari, foiz stavkalari darajasi, shuningdek asosiy raqib firmalarning ishlab 
chiqarish hajmlari va tovarlarining bahosi kiradi. 
2. Ushbu tashqi omillar va bo‘lajak investitsiya xarajatlari, ishlab chiqarish 
hajmi, marketing va ilmiy tadqiqotlar hamda dividend to‘lash bo‘yicha xarajatlar 
borasidagi o‘zlarining dastlabki qarorlari asosida menejerlar firmaning daromadlari 
va xarajatlari hamda pul mablag‘lari oqimlari bo‘yicha prognozini tuzadilar. 
Shuningdek, ular kompaniyaning tashqi moliyalashtirish manbalaridan mablag‘ 
olishga bo‘lgan ehtimoldagi ehtiyojini ham belgilaydilar. Ular firma faoliyatining 
bo‘lajak moliyaviy ko‘rsatkichlari aksiyadorlar daromad olishini nazarda tutib 
tuzilgan dastlabki strategik rejaga nechog‘lik mosligini, firmada ushbu rejani 
amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘ olish imkoniyatini bor yoki yo‘qligini 
tekshiradilar. Agar shu ish jarayonida biror bir nomutanosiblik aniqlansa, 
menejerlar qabul qilingan qarorni u haqiqiy amalga oshiri-layotgan rejaga mos 
kelmaguncha qayta ko‘rib chiqadilar va shu oxirgi reja yil davomida firmaning 
joriy qarorlari uchun dasturga aylanadi. Bundan tashqari, amaliyotda biror prognoz 
noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkinligini oldindan o‘ylab, qo‘shimcha rejalar tuzib 
qo‘yish tartibi ham keng tarqalgan. 
3. Tuzilgan umumiy reja asosida oliy bo‘g‘in rahbarlari o‘zlari va o‘z qo‘l 
ostidagilari uchun kelajakda firma samaradorligining muayyan ko‘rsat-kichlarini 
belgilab qo‘yadilar. 
4. Amalda erishilgan firma samaradorligi darajasi muntazam baholab boriladi 
(har oyda yoki har chorakda), rejada belgilab qo‘yilgan maqsadlar bilan 
solishtiriladi va zarur bo‘lsa to‘g‘rilash choralari ko‘riladi. Yil davomida amaldagi 
ko‘rsatkichlar rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan ancha og‘ishsa (farq qilsa), 
boshqaruv xodimlari rejaning o‘zini ham butunlay o‘zgartirish (to‘g‘rilash)lari 
mumkin. 
5. Yil oxirida xodimlar rag‘batlantiriladi (mukofot yoki ish haqi oshirilishi) va 
rejalashtirish sikli (jarayoni) boshidan qayta boshlanadi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling