Moliyaning funkstiyalarini aytib bering. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 1. Taqsimlash; 2. Nazorat. Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari. Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllana-digan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui moliyaviy tizim deyiladi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo’linadi27: davlat moliyasi va mahalliy moliya; xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi
Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruv-ning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asosla-nadi. Qisqa qilib aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun etarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyoj-larini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlash moliyaviy siyosat deyiladi.
Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari.Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlash-tirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni o’rgangan moliya fani iqtisodchi olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Olimlar yaratgan moliyaviy nazariyalar amaliyot tomonidan tekshirildi hamda agar ular hodisalarning haqiqiy mohiyatini o’zida aks ettirgan bo’lsa, fan sifatida e’tirof etildi. Shu munosabat bilan moliya sohasida ilmiy bilimlarni shakllantirishga yordam beradigan moliyaning turli nazariyalarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi
8. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan metodlar.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko’ra uning quyidagi turlari mavjud: umumdavlat moliyaviy nazorati; idoraviy moliyaviy nazorat; xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat; jamoatchilik moliyaviy nazorati; mustaqil moliyaviy nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |