21. J.M.Keynsning еtmayotgan talabni to’ldirish formulasi. Uning formulasi quyidagicha: J + S = I + Dx, Bu yerda: J – jamg’armalar; S – soliqlar; I – investitsiyalar; Dx – davlat xarajatlar
22. Moliyaviy nazoratning predmetini ifodalovchi moliyaviy ko’rsatkichlar. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko’rsatkichlardan iborat:
turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
soliq to’lovlarining hajmlari;
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadlari;
xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning muomala xara-jatlari;
tannarx va foyda; uy xo’jaliklarining daromadlari va xarajatlari; va boshqalar.
23.Moliyaviy nazorat sohalari: davlat moliyaviy nazorati; nodavlat moliyaviy nazorati. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kom-pleksli va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir. Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo’linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik) 37
24. O’rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash va uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash Moliyaviy bashoratlash mohyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo'ladi. Unda jamiyatning m a’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag'ishlangan moliyaviy siyosat konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi ma’lum bir davrda aslida mavjud bo'lish ehtimol tutilgan mohyaviy resurslarning 103 haqiqiy hajmi, ularni shakllantirish manbalari va foydalanish istiqbollarini aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turlituman variantlarini belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy qismi va bir vaqtning o'zida muhim bosqichi hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’ektlari oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal qilishning) turli ko'rinishlari ishlab chiqiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |