78. Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy reja, uning asosiy vazifalari. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda reja-lilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanatlilik) va mutanosiblikka erishish bo’yicha ongli fao-liyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
79. Moliya tizimini umumiy boshqarish va uni amalga oshiruvchi organlar. Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
• Prezident va Prezident devoni;
• Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo‘yicha Oliy Majlis palatalarining tegishli qo‘mitalari;
• Vazirlar Mahkamasi;
• Hisob palatasi;
• Moliya vazirligi va uning joylardagi, jumladan, G'aznachilik tizimi organlari;
• Markaziy bank;
• Davlat soliq qo‘mitasi;
• Davlat bojxona qo'mitasi; '
• Davlat mulk qo'mitasi;
• Qimmatli qog'ozlar bo'yicha komissiya;
• Byudjetdan tashqari fondlaming ijroiya idoralari • va boshqalar
80. Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo’nalishlaridan) biri sifatida qanday tadbirlar kompleksidan iborat bo’lishi mumkin? Investitsiya siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy 55 A.V. Vahobov, T.S. Malikov qismlaridan (yo'nalishlaridan) biri bo‘lib, u eng awalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o‘z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish bo'yicha tadbirlar kompleksidan iborat.
81. Nima deb o’ylaysiz imtiyozli aksiya o’zlik kapitalimi yoki majburiyat? Nima sababdan? dividend olingan foydaga qarab emas, balki oldindan belgilangan katʼiy foizlarda beriladigan aksiya. Lekin bunday aksiya egasi aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ovoz berish xuquqiga ega boʻlmaydi. Bunday aksiyalar, qoidaga koʻra, aksiyadorlik jamiyati nizom jamgʻarmasining 10% idan ortiq chiqarilishi mumkin emas. Jamiyat, bi-rinchi navbatda, I.a. egalari bilan hisob-kitob qilganidan keyin qolgan mab-lagʻ oddiy aksiya egalari ga taqsimlanadi. Aksiyalar egasining oʻzida yoki depozitariylarda saklanadi. Mas, 1995 y.da "Vaqt" milliy depozitariysida 2040 aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd. soʻmlik aksiyalari saklangan
82. Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliya tizimining muhim bo‘g‘inlari sifatida Davlat byudjeti, davlat krediti, nobudjet fondlar va davlat korporatsiyalari moliyasi qanday xarakterli xususiyatlarga ega? Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning uchinchi bo’g’ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bo’lib, unga ko’ra davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag’larni qarzga oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bo’g’inlaridan yana biri bu byudjetdan tashqari maqsadli fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat-larda eng yirik byudjetdan tashqari maxsus fondlarning orasida milliy mug’urta fondlari alohida o’rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |