48. Asosiy va aylanma kapitalni boshqarish sifati. Firma moliyasini umumiy boshqarish. Umumlashtirilgan ko’rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar, dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) sarflangan (joylashtirilgan) kapital qiymatining bir qismidir. XYuSning buxgalteriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifatida aks ettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil etadi. Bu aktiv-larning boshqa elementlari, ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga daromadli qo’yish (joylashtirish), uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar, bevosita yoki bilvosita asosiy kapitalni kengaytirilgan, ilmiy-sig’imli ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish omili va ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy asosi shaklida amal qiladigan unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi.
49. Davlat byudjetining tarkibiy qismlari. Agar moliya iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etilgan bo’lsa, davlat byudjeti bu kategoriyaning tarkibiy qismi, ko’rinishlaridan biridir. O‘z navbatida, davlat byudjeti o’ziga tegishli bo’lgan (byudjet) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular davlat byudjeti deb nomlangan kategoriyaga nisbatan ma’lum darajada bo’ysunuvchanlik xarakteriga ega bo’lib, uning tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqadi. Ana shunday davlat byudjeti kategoriyalaridan biri davlat byudjetining daromadlaridir
50. Moliya yordamida ifodalanadigan pul munosabatlari. Moliya va YaIM hamda MDni taqsimlash va qayta taqsimlash. Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o'rinni egallaganligiga bog'liq. Bir vaqtning o‘zida moliya puldan o‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo'yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bo'lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YalM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |