Moliya” fanidan savollar va javoblar moliya


Moliyaviy rejalashtirish ta’rifi


Download 136.67 Kb.
bet3/28
Sana22.04.2023
Hajmi136.67 Kb.
#1380469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
молия

Moliyaviy rejalashtirish ta’rifi Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir31 . Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo’naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo’yicha faoliyat deb talqin qilinadi. “Rejalashtirish” tushunchasining ma’no va mazmunini yanada umumiyroq bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’yektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda reja-lilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanatlilik) va mutanosiblikka erishish bo’yicha ongli fao-liyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.

10. Moliyaviy bashoratlashga ta’rifi bering Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo’ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag’ishlangan moliyaviy siyosatning kontseptsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliyaviy tizim organlariga moliyaviy tizimni rivojlantirish va takomil-lashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi
11. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruvtizimi va boshqaruv organlari faoliyati. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi moliyaviy munosabatlarning quyidagi bo’g’inlaridan iborat:  davlat byudjeti tizimi;  davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kre-ditlari, federativ davlatlarda esa – federatsiya a’zo-larining krediti;  maxsus fondlar;  davlat korporatsiyalari moliyasi. Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog’liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo’g’indan iborat:  davlat byudjeti;  ko’p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti). Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi. Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo’g’indan tarkib topgan:  davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat byudjeti);  federatsiya a’z

Download 136.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling