32. Taqsimlash va qayta taqsimlash ob’ektlari va sub’ektlari Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash ob’ekti (masalan, korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi (masalan, aholining oxirgi daromadlari) bo'lishi mumkin. Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga to'loviar) va yanada taqsimlash ob’ekti (byudjet ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi.
33. Byudjet tizimi va davlat tuzilishi. Unitar va federativ davlatning byudjet tizimi.
Turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag'lari oluvchilar yig'indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ularo'rtasida, shuningdek, byudjetlar hamda byudjet mablag'lari oluvchilar o'rtasida vujudga keladigan o'zaro munosabatlar majmuiga byudjet tizimi deyiladi.
Byudjet tuzilmasi – byudjet tizimi tuzilishini tashkil etish va printsiplarini, uning tarkibiy tuzilmasini, ular alohida bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi. Davlat tuzilishi bilan aniqlanadi. O‘zbekston Respublikasining byudjet tuzilmasi a) Davlat byudjeti; b) respublika byudjeti hamda v) Qorqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari jamlanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda respu-blikaga (Qoraqalpog’istonga) bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini, viloyatning byudjeti viloyat byudjetini va viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byud
34. Moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli korxonalarda egalikning bo‘linishi mexanizmini ta’minlash. Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlarga oqib o‘tishiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga qimmat” narsaga aylanadi-qoladi
Do'stlaringiz bilan baham: |