Moliya instituti statistika fanidan oraliq nazorat


Download 0.75 Mb.
bet1/18
Sana13.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1193687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Naimov Salimjon Statistika



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MOLIYA INSTITUTI


STATISTIKA FANIDAN


ORALIQ NAZORAT
Guruh: M-92-2


Bajardi: Naimov S.


Qabul qildi: Shakirova N.


Toshkent – 2022
3-variant


1-topshiriq. Statistika fanini asosiy kategoriyalari va tushunchalari. Tayanch iboralari: o’rganish ob’ekti, statistik birlik, to’plam, statistik qonuniyat, statistik ko’rsatkichlar.


2-topshiriq. Nisbiy miqdorlar va ularni ifodalanish shakllari. Tayanch iboralari: koeffitsientlar, foizlari, promille, proditsimelle.


3-topshiriq. Fermer xo’jaliklarining ekin maydoni va bug’doy hosildorligi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

Hosildorlik, s/ga

24-26

26-28

28-30

30-32

Ekin maydoni, ga

10,0

30,0

40,0

20,0

Yuqoridagi ma’lumotlar asosida bug’doy hosildorligining dispersiyani soddalashtirilgan usullarda aniqlang:



  1. “shartli moment” usulida;

  2. “boshlang’ich moment” usulida;

  3. “arifmetik progressiya” usulida;


Javoblar.
1-topshiriq.
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi

Statistikaning paydo bo’lishi uzoq tarixiy ildizga ega bo’lib, barcha tarixiy formatsiyalarda namoyon bo’ladi va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan birga taraqqiy etadi va takomillashadi.


Statistik hisoblarning rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar qadimgi Hindiston, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarda yaratilgan tarixiy asarlarda o’z aksini topgan.


Shunday asarlardan biri “Manu qonunlari” (eramizdan oldingi X asr), qadimgi hind traktati “Artxashastra” (taxminan IV-III asrlar, eramizgacha) o’z vaqtini iqtisodiy-texnik va siyosiy bilimlarini butun bir tizimini aniqlab bergan, ya’ni unda davlat xazinasi schyotlarini yuritish, davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari sxemasini tuzish, savdoni muvofiqlashtirish uchun davlat organlari tomonidan bahoni barqaror darajasini o’rnatish va boshqa masalalar keng yoritilgan. Ariabxata (V asr), Braxmagupta (V-VI asr), Maravira (IX asr), Bxaskara (XII asr) va boshqa hind olimlari hisob-matematika adabiyoti fondida ajoyib namunalar qoldirdilar. Hisob-statistika ishlarini rivojlanishga xitoyliklar ham katta hissa qo’shishgan: Kunfutsiy (Kun Futszu, 551-479 y. eramizgacha), Men Tszi (372-289 y. eramizgacha) va boshqalarni kiritish mumkin. Ayrim ma’lumotlariga ko’ra, eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi ro’yxati o’tkazilgan.


Davlatlarning paydo bo’la boshlashi bilan, davlat yig’imlarni to’plash uchun, er egalarida qancha eri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yxatga olish emas,balki statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishni talab etadi va ularni boshlanganligidan dalolat beradi.





Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling