Moliya instituti statistika fanidan oraliq nazorat


Download 0.75 Mb.
bet9/18
Sana13.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1193687
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Naimov Salimjon Statistika

Birinchi yo’nalishning ahamiyatli jihati Davlat statistika qo’mitasi tomonidan chop etilayotgan yilnomalarda iqtisodiyotning holati to’g’risidagi axborotlarning e’lon qilinayotganligidir.


Ikkinchi yo’nalishning dolzarbligi – tarmoqlar va mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi farqlarni baholashning statistik uslubiyotini takomillashtirish zarurligi bilan belgilanadi.


Uchinchi yo’nalish Davlat statistika qo’mitasi tizimida jiddiy tadqiqotlarni olib borish va statistikaning axborot bazasini rivojlantirishni nazarda tutadi. Mintaqalararo taqqoslashlar uslubiyoti makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni xalqaro taqqoslashlar tamoyillariga tayansada, undan bir qancha muhim jihatlari bilan farqlari ham mavjud. Shu sababli ko’pgina mintaqaviy ko’rsatkichlarni taqqoslashga yondashish hozirgi davrda juda dolzarb masala hisoblanadi.


To’rtinchi yo’nalish – MHT uslubiyotini rivojlantirish ko’pgina umumlashtiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash muammosini hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Milliy hisobchilik kontseptsiyasiga asoslangan axborotlar statistik tahlil va prognoz ishlari uslubiyotini takomillashtirish uchun sharoit yaratadi.

Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar to’g’risida ishonchli va to’liq axborot bazasini shakllantirishga qaratilgan mamlakat statistikasining rivoji ma’lumotlar yig’ish va qayta ishlashni tashkil qilish, moliyalashtirish va statistik tadqiqot ishlarini yangilab borilishi bilan uzviy bog’liqdir. Dolzarb, haqqoniy va to’liq statistik axborot umumdavlat va mintaqa darajasida puxta mintaqaviy siyosat olib borish uchun kafolat bo’ladi.


Asosiy tayanch iboralar: statistika, davlatshunoslik, predmet, metod,


ommaviy hodisa, miqdor, sifat, makon, zamon, katta sonlar, qonuniyat, statistik to’plam, statistik belgi, statistik ko’rsatkich,
statistik statistika
qo’mitasi, statistika boshqarmasi, statistika tarmoqlari, sotsial statistika, makroiqtisodiy statistika, moliya statistikasi, milliy hisoblar tizimi
STATISTIK KUZATISH USLUBIYATI



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling