Moliya instituti statistika fanidan oraliq nazorat


Download 0.75 Mb.
bet6/18
Sana13.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1193687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Naimov Salimjon Statistika

Statistik ko’rsatkich – bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ular reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan ko’rsatkichlar shaklida bo’lishi mumkin. Statistik ko’rsatkichlarni statistik ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma’lumotlar bu statistik ko’rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir.




  1. Statistik ko’rsatkichlar tizimi – bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistik ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog’onalarini o’zida qamrab oladi. Agarda ko’rsatkichlar mamlakat, hudud, tarmoq darajasida hisoblansa, ular makrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi. Agarda korxona, firma, oila va shu kabi darajalarda hisoblansa, mikrodaraja ko’rsatkichlari deyiladi.

Statistika o’z ob’ektini ma’lum metodlar yordamida o’rganadi.


Statistika dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi deyiladi.


Istalgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ma’lum bir xulosaga kelish uchun biz, birinchi navbatda, ular haqida ma’lumotlar to’plashimiz, ikkinchidan, to’plangan ma’lumotlarni tartibga solib, ularni jadvallarga joylashtiramiz va grafiklarda tasvirlaymiz, uchinchidan, olingan va hisoblangan ko’rsatkichlarni har


tomonlama tahlil qilishimiz kerak. Mana shu shartlarni to’liq bajarsak, o’rganilayotgan ommaviy hodisa va voqealar to’g’risida ob’ektiv xulosaga kelishimiz mumkin. Shuning uchun ham har qanday statistik tekshirish statistik kuzatish, jamlash va guruhlash hamda statistik tahlildan iborat uch bosqichga bo’linadi.


Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo’llaniladi. Birinchi bosqichda - statistik kuzatish metodi, ikkinchi bosqichda - jamlash va guruhlash metodlari, statistik jadvallar va grafiklar, uchinchi bosqichda turli umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (mutloq, nisbiy va o’rtacha miqdorlar, dinamika ko’rsatkichlarini tahlil qilish, balans, indeks va boshqa) hisoblash va tahlil qilish metodlari.


Ilmiy jihatdan asoslangan statistik tadqiqot qayd etilgan metodlarning chambarchas bog’liq ravishda olib borilishini taqozo etadi.





Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling