Moliya” kafedrasi ikkinchi oliy ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


Download 0.52 Mb.
bet7/10
Sana24.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1653947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-курс 2-ОТ амалиёт дафтари Ibragimov

Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligi:

  • tegishli davlat organlariga, davlat xaridlari sub’ektlariga va jamoatchilikka davlat xaridlari to’g’risidagi axborotdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’liq, o’z vaqtida, erkin va bepul foydalanish imkoniyatini ta’minlagan holda uni maxsus axborot portaliga joylashtirish, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

  • xarid qilish tartib-taomillariga doir hujjatlarni va hisobotlarni tuzish hamda but saqlashni ta’minlash orqali amalga oshiriladi.


(mu5-mavzu. Amaliyot obyektida moliyaviy nazorat natijalarini o’rganish

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkiblashtirish sharoitida mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazoratxizmat qiladi. Moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko’rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo’naltirilgandir.


Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni obyektiv o’rganish va boshqaruv
qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat.
Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni rag’batlantirish, moddiy ,mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilinishi bilan dolzarb ahamiyatga ega.
Moliyaviy nazorat mazmunan ikki katta guruhga bo’lib o’rganiladi.
•Birinchisi davlat moliyaviy nazorati organlari bo’lib unga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Hisob palatasi , Moliya vazirligi tarkibidagi Nazorat –taftish bosh boshqarmasi , Soliq qo’mitasi , Davlat Bojxona qo’mitasi va boshqalar.
• Ikkinchi guruh nodavlat moliyaviy nazorat tashkilotlari bo’lib, bular xilma-xil mulk shaklida bo’lgan audit muassasalari hisoblanadi. Fanni o’zlashtirish jarayonida mana shu ikki nazorat guruhining funktsiyalari va vazifalarining uyg’unligi hamda tafovutlari qamrab olinadi.
Moliyaviy nazorat – bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog’liq bo’lgan masalalar xarakatini va muomalasini majmui bo’lib, xo’jalik subyektlari faoliyatini va boshqarishni uziga xos usullar va shakllar yordamida tashkil etish.
Nazoratni tashkil etish ijtimoiy moliyaviy mablag’larni boshqarishning zaruriy elementi hisoblanadi, chunki bunday boshqaruv jamiyat oldidagi mas’uliyatni keltirib chiqaradi. Nazorat shunchaki maqsad bo’lib kolmasdan, balki tartibga solish tizimining ajralmas qismidir, uning maqsadi ahvolni to’qrilash choralarini ko’rish, ayrim hollarda aybdorlarni javobgarlikka tortish, etkazilgan zarar uchun tovon undirib olish yoki kelgusida bunday buzilishlarning oldini olish yoxud kamaytirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun imkoni boricha dastlabki bosqichda qabul qilingan standartlardan chekinishlarni va qonun qoidalarining buzilishlarini, moddiy resurslarning samaradorligi va tejab sarflanishini aniqlashdan iboratdir
Moliyaviy nazorat - moliyaviy, kredit va xo’jalik organlari (tashkilotlari)ning rejalarning bajarilish jarayonida moliyaviy, byudjet, soliq, kredit, hisobkitob va kassa intizomini ta’minlashga o’aratilgan va pul harajatlarining qonuniyligi, asosliligi va oqilonaligini tekshirishdan iborat qonun normalari bilan tartibga solinuvchi faoliyatidir.
Moliya-xo’jalik nazorati deganda nazorat vazifalari yuklatilgan davlat va jamoat organlarining korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va moddiy ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish sohalarining moliya-xo’jalik faoliyati ustidan bu faoliyatning iqtisodiy samaradorligini holis baholash, xo’jalik va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligi, to’g’riligi va maqsadga muvofiqligini, sotsialistik mulkning saqlanishini, ishlab chiqarish samaradorligini va davlat byudjeti daromadlarini oshirishning ichki xo’jalik imkoniyatlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan nazorat tizimidir.
Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish umumiy mexanizmining muhim vazifalari va ajralmas tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, moliyaviy, kredit, ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi.
Nazorat doirasiga pulda ivodalangan tovar-moddiy o’immatliklarni ishlab chiqarish, tao’simlash, ularni ishlatish va iste’mol kiradi.
Qonuniylik – moliyaviy nazoratning muhim taiyillaridan biri bo’lib, birinsidan, davlat va mahalliy moliyaviy va moddiy resurslardan fodalanishdagi qonuniylikni ko’zda tutsa, ikkinchidan, nazorat organlari faoliyati ham qonun asosida belgilangan vakolatlari doirasida tashkil etilmog’i kerak.
Dahlsizlik - nazorat organlarining dahlsizligi qonunan belgilab qo’yilishi kerak. Dahlsizlik nazorat organlari ishining samaradorligini ta’minlovchi omil bo’lib nazorat qiluvchi organning moliyaviy jihatdan ham mustaqil va dahlsizligini ko’zda tutadi.
Obyektivlik va malakalilik – nazorat o’tkazuvchi shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilikning so’zsiz rioya qilishni, ularning yuqori malakali kasbiy darajada bo’lishlarini ko’zda tutadi.
Oshkoralik – tamoyili esa nazoart organlarining jamoatchilik ommaviy ahborot vositalari bilan yaqindan aloqada bo’lishlarini talab qiladi. Chunki nazorat organlari bevosita yoki bilvosita tarzda bir guruh kishilarning yoki butun aholining manfaatlarini ish yuritadilar.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling