Moliya” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Download 253.58 Kb.
|
4 курс сиртқи амалиёт дафтари R Saliyev — SMM 51
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot davomida bajariladigan ishlar Ish kunlari taqsimoti
- Institutdan tayinlangan rahbar prof. N.Jiyanova
AMALIYOT O‘TASH REJA JADVALI
*Eslatma: Talabainstitutdanbiriktirilganamaliyot rahbari bilan maslahatlashgan holda,haftaning shanba kunlari o‘rgangan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, ishlabchiqarishmalakaviyamaliyoti to‘g‘risida amaliyotdaftaridaxulosalaryozadi. Institutdan tayinlangan rahbar prof. N.Jiyanova _______ (ismi-sharifi) (imzo) Amaliyot o‘tash joyidan tayinlagan rahbar B. Alisheev ________ (ismi-sharifi) (imzo) Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlarining funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini o‘rganish Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi: tuman budjetiga qo‘shimcha manbalar jalb etish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada to‘liq va samarali foydalanish; moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor yo‘nalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga, ushbu asosda kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash; iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda to‘lov intizomini mustahkamlash; maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo‘jalik subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish; bo’lim faoliyatida byurokratizm va sansalorlik hollariga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari xodimlarining mas’uliyatini oshirish; Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Toshkent viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasiga budjetnoma loyihasini kiritadi; aholini ommaviy axborot vositalari va hududiy Iqtisodiyot va moliya organlarining rasmiy veb-sayti orqali tasdiqlangan tuman budjeti, budjet islohotlarining borishi va ularning amalga oshirilishi, tuman budjetining ijrosi, shuningdek, budjet qonunchiligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi; mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda tuman budjetining daromad bazasini mustahkamlash, mahalliy boshqaruv organlarining tuman budjeti holati yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; tuman mahalliy budjetining daromad bazasini kengaytirish, hududlarni subvensiyadan chiqarish, shu jumladan barcha zarur soliqlarning to‘liq yig‘ilishi hisobiga mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlashdan mahalliy davlat hokimiyati organlarining manfaatdorligini kuchaytirish orqali ularning subvensiyaviyligini qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi; tuman budjetining daromadlari va xarajatlari yoyilmasini shakllantiradi va aniqlashtiradi, shuningdek, tuman budjeti daromadlari va xarajatlar yoyilmasini tuzadi; tuman tashkilotlari, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning so‘rovlari bo‘yicha tuman budjeti loyihasini tuzish va uning bajarilishi bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritadi; budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hajmini yetkazadi; tuman budjeti ijrosini tashkil etish bo‘yicha: soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; Tuman Davlat soliq inspeksiyasi bilan birgalikda tuman budjetiga daromadlar tushumini ko‘paytirish, soliq to‘lovchilar tomonidan daromadlarni yashirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sabablarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha takliflarni tuman hokimligiga kiritadi; tuman budjetining xarajatlari yoyilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi; tuman budjetining tasdiqlangan parametrlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqadi; tuman budjeti parametrlariga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etadi; tuman budjeti ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi; tuman budjetining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi; davlat moliyaviy nazorati sohasida: tuman budjetining daromadlari va xarajatlari ijrosi; tuman budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan budjet qonunchiligiga rioya qilish; tuman budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni amalga oshirish navbati, muddatlari va to‘liqligiga rioya qilish; budjet ssudalaridan maqsadli foydalanilishi; budjet tashkilotlarining budget va budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat moliyaviy nazorati natijalari bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklarni va budjet intizomini bartaraf etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli takliflar kiritadi; boshqaruv organlari xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soniga, uning o‘zgarishi dinamikasiga va boshqaruv apparatini ularning manbalaridan qat’i nazar saqlash xarajatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari tizimini institutsional rivojlantirish sohasida: Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari xodimlarining malakasini oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi; Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini ko‘radi; amaldagi qonunchilikka muvofiq hududiy Iqtisodiyot va moliya organlarining ijtimoiy infratuzilmasini yaratadi va takomillashtiradi, xodimlarning mehnatini rag‘batlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantiradi; Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlariga Toshkent viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir boshchilik qiladi. Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari mudiri 2 nafar o‘rinbosar, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi. Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari mudiri: bo’lim faoliyatiga rahbarlik qiladi va hududiy Iqtisodiyot va moliya organlariga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; mudir o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasidagi mas’uliyatni taqsimlaydi, Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlaridagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari faoliyatining ayrim qismlarini boshqarish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning mas’uliyat darajasini va idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini belgilaydi; Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlariga xarajatlar smetasini va shtat jadvalini tasdiqlaydi, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida xodimlar sonini belgilaydi; Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari nizomini belgilangan tartibda tasdiqlaydi; Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari lavozimlari ro‘yxatiga kiruvchi texnik xodimlarni belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va ozod qiladi; qonun hujjatlariga muvofiq hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, shuningdek alohida o‘rnak ko‘rsatgan Hududiy Iqtisodiyot va moliya organlari xodimlarini belgilangan tartibda rag’batlantiradi va mukofot beradi. Download 253.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling