Moliya” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi


Chinoz tuman moliya organi rahbari


Download 253.58 Kb.
bet7/11
Sana19.06.2023
Hajmi253.58 Kb.
#1604215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4 курс сиртқи амалиёт дафтари R Saliyev — SMM 51

Chinoz tuman moliya organi rahbari _______________ B. Isroilov
(imzo) (ismi-sharifi) (muhro‘rni)
4-mavzu. Mahalliy byudjetlardan fuqarolar tashabbuslari asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibini o‘rganish


2022 yilda Chinoz tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonida g'olib deb topilgan loyihalarning amalga oshirilishi to'g'risida


1. Chinoz tumanida 2022 yil 1-MAVSUM “Tashabbusli byudjet” loyihasi to'g'risida:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taъminlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5072-son qaroriga asosan 2022 yil Chinoz tuman byudjetining 5 foiz mablag'laridan 3 mlrd. 104 mln. so'm, 2021 yil 3-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi mablag'lari hisobidan 300,7 mln. so'm, 2022 yil 1 yanvar` xolatiga shakllangan erkin qoldiq mablag'lari hisobidan 1 mlrd. 515 mln. so'm, 2021 yilda fuqarolarning tashabbuslarini moliyalashtirishda iqtisod bo'lgan mablag'lar xisobidan 159.7 mln. so'm“Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi”ga yo'naltirilishi, shuningdek, “Ochiq byudjet axborot portalida jamoatchilik tomonidan kelib tushgan hamda fuqarolar tomonidan(eng ko'p ovoz yig'ish orqali)dolzarb deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun yo'naltirilishi belgilangan.
Chinoz tumani bo'yicha Tashabbusli byudjet jarayonining2022 yil fevral-mart oylarida o'tkazilgan mavsumi doirasida Chinoz tuman byudjeti hisobidan jami 5 mlrd. 80 mln. so'm mablag' yo'naltirilib, “Ochiq byudjet” axborot portalida fuqarolar tomonidan 140ta (2021 yildagi 30 ta taklifga ko'p)takliflar ilgari surilgan.
2022 yilning ilk mavsumidagi ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra ajratilgan mablag'lar doirasida viloyat bo'ylab eng ko'p ovoz to'plagan jami 17ta (2021 yilda 11 ta)loyihalar “Ochiq byudjet” axborot portali orqali avtomatik ravishda “g'olib” deb topilgan.
Tuman bo'yicha jami 17ta g'olib takliflar bo'lib, qiymati 5 mlrd. 101 mln so'm, shundan 4 mlrd. 764.7 mln so'm mablag' kassa xarajatlari amalga oshirilgan, yaъni 93.4 foizga bajarilgan.
Quyidagi asosiy yo'nalishlarnio'z ichiga oladi, bular:
Tuman Xalq taъlimi bo'limidajami 4 ta loyihalar bo'lib qiymati
1 mlrd. 780 mln so'mlik, shundan 1 mlrd. 638.1 mln so'mlik o'zlashtirilgan, yaъni 92.0 foizga bajarilgan.
Tuman Obodonlashtirish bo'limida jami 10ta loyiha qiymati 2 mlrd. 671 mln so'mlik loyihalar bo'lib, shundan 2mlrd. 551.7 mln mablag' o'zlashtirilgan, yaъni 95.5 foizga bajarilgan.
- ichki yo'llarni taъmirlash bilan bog'liq tadbirlar bo'yicha qiymati 1 mlrd. 664 mln so'mlik 5taloyihalar bo'lib, shundan 1 mlrd. 553.5 mln mablag' o'zlashtirilgan, yaъni 93.3 foizga bajarilgan.
– elektr taъminoti uchun betonli ustunlar va ko'cha chiroqlarini bilan bog'liq tadbirlar bo'yicha qiymati 1mlrd. 7 mlnso'mlik 5taloyihalar bo'lib, shundan 998.2 mln mablag' o'zlashtirilgan, yaъni 99.1 foizga bajarilgan.
Tuman xokimligida jami 3ta loyiha, qiymati 650 mln. so'mlik loyihalar bo'lib, shundan 574.8 mln mablag' o'zlashtirilgan, yaъni 88.4 foizga bajarilgan.
– ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash bilan bog'liq tadbirlar bo'yicha qiymati 530 mln. so'mlik 2ta loyihalar bo'lib, shundan 485.8 mln mablag' o'zlashtirilgan, yaъni 91.7 foizga bajarilgan.
– elektr taъminoti uchun transformator sotib olish va o'rnatish bo'yicha qiymati 120mln.so'mlik 1ta loyihalar bo'lib, shundan 88.9 mln mablag' o'zlashtirilgan, yaъni 74.2 foizga bajarilgan.

2. Chinoz tumanida 2022 yil 2-MAVSUM “Tashabbusli byudjet” loyihasi to'g'risida:


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taъminlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5072-son qaroriga asosan 2022yil Chinoz tuman byudjetining 5 foiz mablag'laridan 3 mlrd. 104 mln. so'm, 2022 yil 1-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi mablag'lari hisobidan 985,0 mln. so'm, 2022 yil 2-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi mablag'lari hisobidan 193,1 mln. so'm “Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi”ga yo'naltirilishi, shuningdek, “Ochiq byudjet axborot portalida jamoatchilik tomonidan kelib tushgan hamda fuqarolar tomonidan (eng ko'p ovoz yig'ish orqali) dolzarb deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun yo'naltirilishi belgilangan.
Chinoz tumani bo'yicha Tashabbusli byudjet jarayonining2022 yil iyul-avgust oylarida o'tkazilgan mavsumi doirasida Chinoz tuman byudjeti hisobidan jami 4 mlrd. 263 mln.so'm mablag' yo'naltirilib, “Ochiq byudjet” axborot portalida fuqarolar tomonidan 139 ta takliflar ilgari surilgan.
2022 yilning 2-mavsumdagi ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra ajratilgan mablag'lar doirasida viloyat bo'ylab eng ko'p ovoz to'plagan jami 6ta loyihalar “Ochiq byudjet” axborot portali orqali avtomatik ravishda “g'olib” deb topilgan.
Tuman bo'yicha jami 6 ta g'olib takliflar bo'lib, qiymati 3 mlrd. 742 mln so'm, shundan 1 mlrd. 536.0 mln so'm mablag' kassa xarajatlari amalga oshirilgan, yaъni 41.0 foizga bajarilgan.
Quyidagi asosiy yo'nalishlarnio'z ichiga oladi, bular:
Tuman Xalq ta’limi bo'limidajami 4 ta loyihalar bo'lib qiymati 2 mlrd. 945 mln so'mlik, shundan 963.3 mln so'mlik o'zlashtirilgan, ya’ni 32.7 foizga bajarilgan.
Tuman Obodonlashtirish bo'limida jami 1ta loyiha qiymati 600 mln so'mlik loyihalar bo'lib, shundan 565.8 mln mablag' o'zlashtirilgan, yaъni 94.3 foizga bajarilgan.
- ichki yo'llarni taъmirlash bilan bog'liq tadbirlar bo'yicha qiymati 600 mln so'mlik 1ta loyiha bo'lib, shundan 565.8 mln mablag' o'zlashtirilgan, yaъni 94.3 foizga bajarilgan.
Tuman xokimligida jami 1 ta loyiha, qiymati 197.1 mln. so'mlik loyiha.
– oqava tizimini yaxshilash bilan bog'liq tadbirlar bo'yicha qiymati 197.1 mln. so'mlik 1ta loyiha bo'lib, shundan 6.0 mln mablag' o'zlashtirilgan, ya’ni 3 foizga bajarilgan.
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan shahar byudjeti mablag‘lari shahar hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisob varag‘ida jamlangan mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi taqiqlansin.
Tasdiqlangan Manzilli ro‘yxat asosida shahar hokimligi Moliya bo‘limi tadbirlarni moliyalashtirilish ta’minlash maqsadida, buyurtmachi tashkilotlariga tegishli mablag‘ manbasi bo‘yicha “Fuqarolar tashabusi jamg‘armasi” maxsus hisob raqamlar ochilishini, shahar hokimligi hisobxonasi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tegishli buyurtmachi tashkilotlarga mablag‘lar yo‘naltirilishini, buyurtmachi tashkilotlar ajratilgan mablag‘larni loyiha-smeta hujjatlari asosida belgilangan tartibda maqsadli ishlatilishi va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Хalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimligi huzuridagi Ishchi guruhga ma’lumot kiritib borilishini ta’minlash.




Download 253.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling