Moliya” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
-mavzu. Mahalliy byudjetlardan fuqarolar tashabbuslari asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibini o‘rganish
Download 392.42 Kb.
|
amaliyot Jumaqulov Doston
4-mavzu. Mahalliy byudjetlardan fuqarolar tashabbuslari asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish tartibini o‘rganish
Mahalliy budjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qarori: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qaroriga muvofiq budjet xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish tartibi bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilangan. Tuman va shahar hokimliklari ikki hafta muddatda: *ushbu namunaviy nizom asosida har bir tuman va shaharning alohida xususiyatidan kelib chiqib, tuman (shahar)lar budjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini; *xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining mas’ul xodimlaridan iborat Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tarkibini tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritilgan. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning moliyalashtirilishi hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish tavsiya etilsin. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga tuman (shahar) budjetlari mablag‘larini ajratish bilan bog‘liq jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish (hududiy telekanallar va radiokanallarda ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil etish, turli xil ko‘rgazmali buklet va tarqatma materiallar tayyorlash va chop etish) bilan bog‘liq xarajatlar tegishli tuman (shahar) budjetlarining zaxira jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi. Moliyalashtiriladigan tadbirlar bo‘yicha takliflarda, qoida tariqasida, obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (joylashgan joyi, holati, amalga oshirish muddati, buyurtmachisi va boshqalar) ko‘rsatiladi. Ishchi organ xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan ma’qullangan takliflarni “Ochiq budjet” axborot portalida va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boradi. Tuman (shahar) hokimliklari Ishchi komissiyaning har yili tegishli tuman (shahar) hokimi boshchiligida televizion kanallar orqali “Tashabbusli budjet” jarayoni amalga oshirilishi borasida fuqarolarga jonli muloqotni olib borishni nazarda tutuvchi dasturda ishtirok etishni yo‘lga qo‘ysinlar; (28-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan) *jamg‘armadan yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘yicha amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumot; *jamg‘armadan yo‘naltirilgan mablag‘larning moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumot; *jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar aks ettirilgan video-rolik va foto lavhalar joylashtirilishini ta’minlaydi. Bunda Ishchi komissiya “Ochiq budjet” axborot portaliga har oyning yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 10-kuniga qadar ma’lumotlar, video-rolik va fotolavhalar joylashtirilishini hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borilishini ta’minlaydi. Buyurtmachilar tomonidan loyihalar qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kunida qonun hujjatlarida belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan loyihalarni ko‘rib chiqadi va Ishchi komissiyaga loyihalarni qabul qilish (loyihaning qiymati va amalga oshirish uchun talab etiladigan qo‘shimcha hujjatlar ro‘yxatini ilova qilgan holda) yoki asoslantirilgan holda rad etish yuzasidan xulosa taqdim etadi. Ishchi komissiya loyihalarni buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan xulosalar asosida ovoz berish bosqichiga o‘tkazadi.Ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra loyihalarga to‘plangan ovozlar sonidan kelib chiqib, Portal tomonidan avtomatik tarzda “g‘olib” loyihalar ro‘yxati shakllanadi. Tashabbusli budjet jarayoni doirasida ovoz berish bosqichi yakunlangandan so‘ng 7 kun muddatda “g‘olib” deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan Ishchi komissiya tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga qaror loyihasi kiritiladi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan qaror va manzilli ro‘yxat tasdiqlanganidan so‘ng tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilotlarga har bir loyiha uchun alohida Moliya vazirligi G‘aznachiligida mablag‘lar manbasi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” bo‘lgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi. Ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga 3 ish kuni ichida Jamg‘arma hisobidan tuman (shahar) hokimligi tomonidan g‘olib deb topilgan loyihalar uchun Manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan mablag‘lar o‘tkazib beriladi. Manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan mablag‘lar tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazib berilgandan so‘ng buyurtmachi tashkilotlar 3 ish kunida tovar-moddiy boyliklar (ishlar va xizmatlar) xarid qilish uchun ta’minotchi korxonalarni aniqlash, qurilish-ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini shakllantirish va loyihachi korxonalarni aniqlash bo‘yicha davlat xaridlari elektron tizimiga e’lon joylashtiradi. Qurilish va ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar yuzasidan loyiha-smeta hujjatlariga ekspertiza xulosasi olingan kundan boshlab 1 ish kunida buyurtmachi tashkilotlar Manzilli ro‘yxatda ko‘rsatilgan xarid qilish tartib-taomili turi bo‘yicha pudratchi korxonalarni aniqlash choralarini ko‘radi. Tuman (shahar) budjetlarining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi hamda mablag‘larning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga Ishchi komissiya a’zolari shaxsan javobgar hisoblanadi. Tuman (shahar) budjetlarining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi. Download 392.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling