Moliya” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230600 – “Moliya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Download 392.42 Kb.
|
amaliyot Jumaqulov Doston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarajatlarning hammasi 181416104.8 192908969.2 10492864.4
- Xarajatlar nomi Aniqlangan reja Bajarilishi Farqi
- Xarajatlar jami 184897700.8 189012443.5 19114742.7
- Xarajatlarning hammasi 186035363,7 145 881 912,0 39 846 548,3
- 3-mavzu. Mahalliy byudjetlardan byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish
Qo’shrabot tuman mahalliy budjeti xarajatlarning 2022- yilning yillik ijrosi to‘g‘risida hisobot
2021-yilda rejalashtirilgan xarajatlar 184416104.8 ming so’m bo’lgan lekin 192908969.2 ming so’mni tashkil qilgan va 11492864.4 ming so’mga farq qilgan. 2022- yilda reja bo’yicha 226035363.7 ming so’m bo’lgan, lekin xarajatlar 275881912.0 ming so’mga yetgan va farq 49846548.3 ming so’mni tashkil qilgan. 2021-2022 yillardagi qilingan xarajatlar 42 972 942,8 mimg so’mni tashkil qilgan. 2021-2022 yillardagi jami daromadlar va xarajatlarning farqi
2021-yilda rejalashtirilgan daromadlar 194430231.5 (ming ) so’mni tashkil qilgan, ammo 242460682.5 (ming) so’mga yetgan va natijada 48 030 451(ming) so’m rejadagidan ko’ra ko’proq daromad olingan , xarajatlar esa rejada 221416104.8 (ming) so’m bo’lgan va 232908969.2 (ming) so’mni tashkil qilgan va rejadagidan 11 492 864,4 (ming) so’m ko’p xarajat qilingan. Xarajatlar daromadlardan reja bo’yicha 26 985 873,3(ming) so’m bo’lgan ammo 9 551 713,3 (ming) so’mni tashkil etgan va 17 434 160 (ming) so’m kamror xarajat qilishga erishilgan. 2022-yilda rejalashtirilgan daromadlar 226035363.7 (ming ) so’mni tashkil qilgan, ammo 288075449.3 (ming) so’mga yetgan va natijada 62 040 085,6 (ming) so’m rejadagidan ko’ra ko’proq daromad olingan , xarajatlar esa rejada 226035363.7 (ming) so’m bo’lgan va 275881912.0(ming) so’mni tashkil qilgan va rejadagidan 49 846 548,3 (ming) so’m ko’p xarajat qilingan. Xarajatlar daromadlar bn teng bo’lgan reja bo’yicha, ammo 12 193 537,3 (ming) so’m ko’p xarajatlar uchun sarf qilingan.2021-yilga nisbatan 2022-yilda umumiy daromadlari reja bo’yicha 31605132.2 (ming) so’mga farq qilgan, lekin 45614766.8 (ming) so’mga bo’lgan va 14 009 634,6 (ming) so’mga ortiqcha ya’ni ko’p daromadga erishgan. Xarajatlar esa reja bo’yicha 4619258.9 (ming) so’m bo’lgan va 42972942.8 (ming) so’m bo’lgan, natijada 38 353 683,9 (ming) so’m ortiqcha xarajatlar uchun sarf etilgan. 3-mavzu. Mahalliy byudjetlardan byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish Byudjet tashkilotlari smetasi “Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag`lari oluvchilarning harajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish,tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom” ga asosan tuziladi.Ushbu nizom O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2634 raqami bilan 2014-yil 15 dekabrda ro`yxatdan o`tkazilgan.Mazkur nizom O`zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga asosan O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti va byudjet mablag`lari oluvchilarning harajatlar smetasi va shtat jadvallarini, daromadlar va harajatlar smetalarini, vaqtinchalik harajatlar smetalarini, shuningdek byudjet mablag`larini taqsimlovchilarning va markazlashtirilgan moliya bugalteriya xizmatlarining jamlanma harajatlar smetasi hamda shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibini belgilaydi. Byudjet tashkiloti va byudjet mablag`lari oluvchilarning O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan harajatlari byudjetidan ajratiladigan mablag`lar doirasida va ularning harajatlar smetalarida ko`rsatilgan maqsadlarda amalga oshiriladi.Byudjet tashkilotlari harajatlarni qoplash uchun byudjetdan ajratiladigan mablag`lardan tashqari boshqa daromad manbalarimavjud bo`lganda, mazkur ko`rsatilgan mablag`lar bo`yicha ham daromadlar va harajatlar smetasini tuzadi.Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag`lari oluvchilar harajatlar smetalarini, daromadlar va harajatlar smetalarini, shuningdek shtat jadvallarini normativ-huquqiy hujjatlar asosida mustaqil ravishda tuzadilar.Umumta`lim maktablari, maktabgacha ta`lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarining harajatlar smetalari, daromadlari va harajatlar smetalari hamda shtat jadvallari markazlashtirilgan moliya-bugalteriya xizmatlari tomonidan tuziladi, ro`yxatga olinadi, shuningdek tegishli jamlanma smetalarga va shtat jadvallariga umumlashtiriladi.Harajatlar smetalari, daromadlar va harajatlar smetalari, shtat jadvallari shuningdek jamlanma harajatlar smetalari va shtat jadvallari bir moliya yili muddatiga , mavsumiy yoki yil mobaynida tuzilgan tashkilotlar bo`yicha esa, ularning mazkur moliya yilidagi faoliyat ko`rsatish davriga tuziladi va amal qiladi.Harajatlar smetasi so`mda tuziladi.Harajatlar smetasi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag`lari oluvchilari tomonidan tuziladi.Moliya organlari va byudjet mablag`larini taqsimlovchilar byudet tashkilotlari hamda byudjet mablag`lari oluvchilarining harajatlar smetalariga, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarininng jamlanma harajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.Harajatlar smetasi byudjet tashkilotlari , markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va byudjet mablag`lari oluvchilar tomonidan ularga tegishli moliya yili uchun yetkazilgan byudjetdan ajratiladigan mablag`lar hajmi doirasida tuziladi.Harajatlar smetasini tuzish bo`yicha ishlarni tashkil etish davomida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston respublikasi vazirliklari, davlat qo`mitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo`limlari o`zlariga bo`ysunuvchi tashkilotlarga byudjet to`g`risidagi qonunchilik hujjatlari va moliya organining mazkur masala bo`yicha ko`rsatmalaridan kelib chiqib , kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to`g`risida ko`rsatmalar olinadi.Bir vaqtning o`zida yuqori byudjet tashkilotlaridan bo`ysunuvdagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag`lari oluvchilar kelgusi yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturiga muvofiq asosiy ko`rsatkichlarni yozma ravishda qabul qiladilar.Harajatlar smetasi bo`yicha harajatlarni hisoblab chiqarish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari ko`rsatkichlariga va tejamkorlikning qat`iy rejimini hisobga olgan holda mablag`larga bo`lgan ehtiyojga muvofiq amalga oshiriladi.Harajatlarni hisoblab chiqarishda quyidagilarga amal qilinadi: belgilangan tartibda tasdiqlangan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ularga taqdim etilgan byudjet sohasidagi vakolatlari doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga belgilangan tartibda tasdiqlangan byudjet tashkilotlari harajatlarining normativlariga tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlari va tariflariga harajatlar smetasiga ish haqqi uchun byudjetdan ajratiladigan mablag`lar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari va bazoviy mehnatga haq to`lash stavkalari, ularga qo`shimcha to`lash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlariga rioya etilgan holda kiritiladi.Ishbay shaklda bajariladigan ishlar uchun ish haqqi, moliya yiliga harajatlar smetasida nazarda tutilgan shunday ishlarning hajmidan kelib chiqib harajatlar smetasiga kiritiladi.Pedagog hodimlar ish haqqi uchun byudjetdan ajratiladigan mablag`larni aniqlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy mehnatga haq to`lash stavkalaridan, daftarlarni tekshirganlik,sinf rahbarligi va boshqalar uchun qo`shimcha haq tro`lashni hisobga olgan holda o`quv rejasiga muvofiq tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqiladi.Tibbiyot hodimlari ish haqqi uchun byudjetdan ajratiladigan mablag`larni aniqlashda qonunchilik hujjatlariga muvofiq bazaviy mehnatga haq to`lash stavkalari va shartlarini hisobga olgan holda tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqiladi.stipendiya harajatlari stipendiyalar miqdorlari va stipendiya bilan ta`minlash tartibiga muvofiq hisoblanadi.Yagona ijtimoiy to`lovni to`lash harajatlari harajatlar smetasiga belgilangan stavkalardan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy to`lov to`lanadigan barcha to`lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi. Harajatlar smetasi tasdiqlangan harajatlar bo`yicha quyidagi harajatlar guruhiga ajratgan holda umumiy tarzda ro`yxatdan o`tkaziladi: ish haqqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar ish beruvchilarning ajratmalari boshqa harajatlar Harajatlar smetasi mazkur harajatlar smetasida tasdiqlangan barcha guruhlar bo`yicha harajatlarni, harajatlar yoyilmasiga va ularning hisob-kitoblariga to`liq mos kelishini tekshirgan holda ro`yxatdan o`tkazish uchun qabul qilinadi. Moliya organi tashkilotning harajatlar smetasini chuqur o`rganish uchun byudjet tashkilotlari va byudjet mablag`lari taqsimlovchilarining va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma harajatlar smetasini tuzish va ijro etishning istalgan bosqichida qo`shimcha hisob-kitoblarini talab qilishga haqli. Byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishining nazorat etilish tartibi esa quyidagicha byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishini nazorat qilishni ta`minlash maqsadida, harajatlar smetasi va shtat jadvallari ro`yxatidan o`tkazilgandan so`ng bir haftalik muddatda byudjet tizimi byudjetidan moliyalashtiriladigan vazirliklar vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarining raxbarlari tomonidan vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarda, shuningdek ular bo`ysunuvidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag`lari oluvchilarning byudjet va smeta shtat intizomlariga rioya qilinishini ta`minlovchi buyruqlar chiqariladi.Buyruqlarda quyidagilar tartibga solinadi: byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilish, harajatlarini tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag`lar doirasida amalga oshirish ular bo`ysunuvidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag`lari oluvchilar raxbarlarining quyidagilar bo`yicha majburiyatlari byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish byudjetga keltirilgan zararni qoplash bo`yicha choralarni qabul qilish byudjet va smeta-shtat intizomini buzgan shaxslarni javobgarlikga tortish Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, shuningdek shtat jadvallarini normativ-huquqiy hujjatlar asosida mustaqil ravishda tuzadilar. Umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari hamda shtat jadvallari markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan tuziladi, ro‘yxatga olinadi, shuningdek tegishli jamlanma smetalariga va shtat jadvallariga umumlashtiriladi.(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 56-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-3, 28.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 10/22/2634-3/0975-son). Xarajatlar smetalari, daromadlar va xarajatlar smetalari, shtat jadvallari, shuningdek jamlanma xarajatlar smetalari va shtat jadvallari bir moliya yili muddatiga, mavsumiy yoki yil mobaynida tuzilgan tashkilotlar bo‘yicha esa, ularning mazkur moliya yilidagi faoliyat ko‘rsatish davriga tuziladi va amal qiladi. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. (4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) Xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzishda mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun narx va tariflar: barcha tashkilotlar (mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlardan tashqari) bo‘yicha — mazkur smetalar tuzilayotgan moliya yilining 1-yanvarida amalda bo‘lgan shartlarda; mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlar bo‘yicha — mazkur tashkilot faoliyat ko‘rsatishi boshlangan oyning birinchi sanasi holatiga ko‘ra hisobga olinadi. Moliya organlari va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga, shuningdek markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining jamlanma xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir. (8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining har bir diplomatik muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetasi xorijiy va milliy valyutalarda har bir diplomatik muassasa bo‘yicha alohida mazkur Nizomning 1 a-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi. Xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan ularga tegishli moliya yili uchun yetkazilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida tuziladi. (9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 8-oktabrdagi 130-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2634-2, 08.11.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2018-y., 10/18/2634-2/2175-son) Xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni hisoblab chiqarish iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari ko‘rsatkichlariga va tejamkorlikning qat’iy rejimini hisobga olgan holda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq amalga oshiriladi. Xarajatlarni hisoblab chiqarishda quyidagilarga amal qilinishi zarur: belgilangan tartibda tasdiqlangan ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ularga taqdim etilgan budjet sohasidagi vakolatlari doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga; belgilangan tartibda tasdiqlangan budjet tashkilotlari xarajatlarining normativlariga; tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlari va tariflariga. Xarajatlar smetasiga ish haqi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari va bazaviy mehnatga haq to‘lash stavkalari, ularga qo‘shimcha haq to‘lash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlariga rioya etilgan holda kiritiladi. Ishbay shaklida bajariladigan ishlar uchun ish haqi, moliya yiliga xarajatlar smetasida nazarda tutilgan shunday ishlarning hajmidan kelib chiqib xarajatlar smetasiga kiritiladi; pedagog xodimlar ish haqi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni aniqlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan bazaviy mehnatga haq to‘lash stavkalaridan, daftarlarni tekshirganlik, sinf rahbarligi va boshqalar uchun qo‘shimcha haq to‘lashni hisobga olgan holda o‘quv rejasiga muvofiq tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqadi; *tibbiyot xodimlari ish haqi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘larni aniqlashda qonunchilik hujjatlariga muvofiq bazaviy mehnatga haq to‘lash stavkalari va shartlarini hisobga olgan holda tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqadi; *stipendiya xarajatlari stipendiyalar miqdorlari va stipendiya bilan ta’minlash tartibiga muvofiq hisoblanadi; *telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflaridan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda, limitdan ortiqcha foydalanilgan aloqa xizmatlari, shu jumladan shaharlararo (xalqaro) so‘zlashuvlar uchun, Internet xizmatlari va boshqa aloqa xizmatlari xarajatlari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ularning faoliyat xususiyatlaridan va mazkur xizmatlarga bo‘lgan talabidan (zaruriyatidan) kelib chiqib nazarda tutiladi; davolash, bolalar va boshqa ijtimoiy soha budjet tashkilotlarida ovqatlanishga ketadigan xarajatlar budjet tashkilotlarining har bir turi uchun tasdiqlangan ovqatlanish kunining natural me’yorlaridan va o‘rtacha yillik sonidan kelib chiqib hisoblanadi; *dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar kuniga bir bemorga hisoblangan dori-darmonlar me’yoriga qarab belgilanadi; *ijtimoiy-madaniy tashkilotlarni ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyabzal, choyshab, ko‘rpa-to‘shak anjomlari va boshqa yumshoq anjomlar sotib olishga ketadigan xarajatlar mavjud moddiy ta’minotning me’yorlari asosida ajratilgan mablag‘lar doirasida hisoblanadi; suv, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarni saqlash xarajatlari ularning bajarayotgan ish me’yori va hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi; *qo‘riqlash faoliyati xizmatlarining to‘lovi bilan bog‘liq xarajatlar mazkur xizmatlarni yetkazib beruvchilarning tariflariga muvofiq aniqlanadi; *tashkilotlarning binolar, inshootlar, transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa mulk ijarasi bilan bog‘liq xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan xarajatlar me’yori, limitlar va natural ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi; xizmat safarlariga xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalaridan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda o‘zgacha ko‘rsatkichlar va uslublar qo‘llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va moliya organlari tomonidan tekshiriladi. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma shtat jadvallari ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng mazkur smetalar bo‘yicha moliyalashtiriladigan bo‘ysunuvdagi tashkilotlarga 10 ish kuni ichida quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi: *shtat jadvallari va mazkur tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari; *ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari (o‘quvchilar, sinflar, bolalar, koykalar, koyka-kun, bola-kunlari va boshqalar soni), bepul yoki imtiyozli oziq-ovqat oluvchi o‘quvchilar soni, birinchi sinf o‘quvchilarining soni, bepul qishki kiyim va poyafzal ajratiladigan, aholini kam ta’minlangan qatlamidan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilari soni va boshqa tarmoq ko‘rsatkichlari; *budjet ajratilgan mablag‘lar doirasida sotib olishga mo‘ljallangan jihozlar va asbob-uskunalar ro‘yxati; *joriy va kapital ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati. Ma’lumotlar tegishli moliya organlari tomonidan tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladi. Download 392.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling