1. Mavzuga oid tayanch so`z va iboralarni yozing:
1ijtimoiy ta‘minot – keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo’lgan va boquvchisini yo’qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo’lib, ijtimoiy himoyaning muhim tarmog’i hisoblanadi
2.__ “Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uylariO’zbekiston Respub- likasida doimiy yashaydigan, O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo’lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bo’lmagan yolg’iz keksalar hamda 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari (vasiylikka olinuvchilar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
3“Muruvvat” nogironlar uchun internat uylariO’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo’lgan, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari (vasiylikka olinuvchilar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
4“Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylariO’zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor bo’lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogiron bolalar uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
5 Keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylarini (dam oluvchilar) sog’lomlash- tirish va ularning dam olishi uchun mo’ljallangan davlat davolash-profilaktika muassasalari hisoblanadi.
6 Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati O’zbekiston Respubli- kasida doimiy yashaydigan I va II guruh nogironlari hisoblangan hamda O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta‘minlashga majbur bo’lgan qarindoshlar yoki boshqa shaxslarga ega bo’lmagan yolg’iz urush va mehnat faxriylari (vasiylikka olinganlar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |