13-mavzu. Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish
1. Mavzuga oid tayanch so`z va iboralarni yozing:
1._ Moddiy ishlab chiqarish sohasida moddiy qiymatliklar yaratiladi, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi, ishlar bajariladi.
2._ Noishlab chiqarish sohasida turli xizmatlar (maishiy, kommunal, ijtimoiy, davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi, milliy xavfsizlik, ichki ishlar xizmatlari) ko’rsatiladi.
3.__ Byudjet tashkiloti – davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko’ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag’lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot
4._ Xarajatlar smetasi –byudjet tashkilotining unga ajratilgan byudjet mablag’lari- ning hajmi, maqsadli yo’nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo’yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati.
5.__ Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan alohida olingan muassasa bo’yicha tuziladi.
6.___ Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bo’yicha tuziladi
2. Xarajatlar smetalarining turlarini’Toifalash jadvali’ orqalitaqqoslang
Xarajatlar smetalarining turlari
|
YAkka smeta
|
Jamlanma smeta
|
Markazlashtirilgan tadbirlar uchun smeta
|
yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan alohida olingan muassasa bo’yicha tuziladi.
|
yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bo’yicha tuziladi
|
vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar boshqarmalari va bo’limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo’yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab chiqiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |