Davlat bujeti daromadlari va soliq stavkasi o`rtasidagi bog`liqlikni A.Laffer asoslab bergan. Uning mulohazalariga ko`ra ,<< korparatsiyalar daromadiga soliq stavkasini xaddan tashqari oshirish, ularning kapital quyilmalariga bo`lgan rag`batini susaytiradi,fan- texnika taraqqiyotini va iqtisodiy o`sishni sekinlashtiradi hamda bular oxir oqibatda davlat budjeti-ga tushumlarni kamaytiradi. Aksincha soliq stavkalarining pasaytirish jamg`armalar investitsiyalar va bandlikning ortishi orqali soliq undiriladigan daromad hajmining o`sishini ta`minlaydi.>>
Soliq
stavkasi
Davlat budjetiga tushumlar.
Soliq stavkasining optimal miqdori ( R1) davlat budjetiga eng yuqori tushum (V1)ni ta`minlaydi.
3. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo`lgan talab va pul taklif.
Pul o`z vazifalarini bajarish jarayonidagi to`xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat.
- Milliy pul birligi ( so`m , dollar , iena, funt sterling, marka, va h.k.);
- Naqd pul muomalasida qonuniy to`lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog`oz, tanga va kredit pullar tizimi;
- Pul emissiyasi, ya`ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
- Pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.
Naqd pul muomalasi:
Muomalada mavjud bo`lgan pul massasi naqd va kredit pullarni qo`shish yo`li bilan aniqlanadi.
Naqd pulsiz hisoblar:
Do'stlaringiz bilan baham: |