Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi


Download 104 Kb.
bet1/12
Sana28.12.2022
Hajmi104 Kb.
#1021917
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
alijan moliyaaa.


Moliya mexanizmi quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

1. Moliyaviy rejalashtirish va istiqbolni belgilash (prognozlash).

2. Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirish vositalari.

3. Moliyani boshqarish.



Moliyaviy rejalashtirish va istiqbolni belgilash (prognozlash) - moliyaviy mexanizmning asosiy qismi bo‘lib, u moliyaviy rejalar va balanslarni hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar, me’yorlar tuzishni o‘z ichiga oladi.

Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirish vositalariga foydani taqsimlash usullari, turli fondlarga to‘lovlar, ajratmalar, qo‘llaniladigan imtiyozlar, jazolar (sanksiyalar), jarimalar kiradi.

Moliyani boshqarish - subyektlarning moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish, yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish usullari yig‘indisidan iborat.

Ayrim iqtisodchilar, yuqoridagilarni inkor etmagan holda, moliyaviy munosabatlarning ko‘p qirraligi, soha va bo‘g‘inlardan iboratligini hisobga olib moliya mexanizmini quyidagi sohalar va bo‘g‘inlarga ajratib ko‘rsatiladilar.

O‘z navbatida bu har bir soha alohida tarkibiy bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, davlat moliyasi mexanizmi budjet mexanizmi va budjetdan tashqari fondlar amal qilish mexanizmlariga bo‘linadi. Hududiy bo‘linishidan kelib chiqib umumdavlat moliya mexanizmi va mahalliy moliya mexanizmlariga ajratish mumkin. Moliyaviy mexanizmni ijtimoiy takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan qaralganda uning funksional bo‘g‘inlari hosil bo‘ladi, ya’ni mablag‘larni jamlash, moliyalashtirish, rag‘batlantirish va b.

Moliya mexanizmining har bir soha va bo‘g‘inlari bir butunning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular o‘zaro bog‘liqdir. Shu bilan birga, har bir soha va bo‘g‘in nisbatan mustaqil amal qiladi. Bu holat moliya mexanizmi tarkibiy qismlarining doimiy muvofiqligini zarurligini keltirib chiqaradi.






Moliya mexanizmining bo‘g‘inlari

Moliya mexanizmining soha va bo‘g‘inlari bir-birlari bilan murakkabligi va boshqa jihatlari bo‘yicha farq qiladi. Masalan, budjet mexanizmi:

- soliq turlarining ko‘pligi;

- ularni undirish usullarining turli-tumanligi;

- moliyalashtirish usullarining turlichaligi;

- byujet mablag‘laridan foydalanishning ko‘p o‘nalishliligi bilan xarakterlanadi.

Korxona moliya mexanizmi orqali esa,

- korxona pul jamg‘armalari shakllari belgilanadi;

- foyda va daromadlar taqsimlanadi;

- moliyaviy resurslar taqsimlanadi;

- turli maqsadli fondlar tuziladi va ulardan foydalanish ta’minlanadi.

Moliya mexanizmining elementlari tarkibida fondlar va to‘lovlarni miqdor jihatdan aniqlash usullari qismi eng harakatchan va tez o‘zgaruvchan bo‘lib, ular ishlab chiqarish shart-sharoitlarining hamda jamiyat oldida turgan vazifalarning o‘zgarishiga qarab tez-tez o‘zgarib to‘g‘rilanib turiladi. Masalan, pul mablag‘lari fondlarining shakllari o‘zgarmagani holda, foydani taqsimlash usullari bir necha bor o‘zgardi, taqsimlash qoldiq usuli, normativ usuli, majburiy to‘lovlar usuli; soliq turlari o‘zgarmagani holda, ularning stavkalari, ular bo‘yicha imtiyozlar, sanksiya va jarima kabi jazo choralari iqtisodiy talablari bozor talablariga ko‘ra tez-tez qayta qurilib, o‘zgarib turadi.

O‘zbekiston soliq tizimida uzoq davr mobaynida samarali faoliyat qilib kelgan oborot solig‘i o‘rniga joriy qilingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ning stavkasi dastlab 30% miqdorida, keyinchalik 25, 20, 18, 17 % miqdorlarigacha tushirildi. Hozirgi kunda esa, 20 % lik miqdor qo‘llanilmoqda.

Moliyaviy mexanizmni shakllantirish bilan davlat uni u yoki bu davr moliya siyosati talablari bilan iloji boricha to‘la mos kelishiga intiladi. Bu esa davlatning maqsad va vazifalarini to‘laqonli bajarilishining garovi hisoblanadi.




Nazorat savollari.




  1. Download 104 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling