Moliya moliya tizimi Reja


Download 25.4 Kb.
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi25.4 Kb.
#1030536
1   2   3   4
Bog'liq
Moliya

Moliyaviy boshqaruv – Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni tashkil etish va foydalanishga qaratilgan munosabatlar tizimini boshqarishi, tartibga solishi va bu resurslardan samarali holda hamda oqilona foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishi.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadiMakroiqtisodiy muvozanatda, byudket profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida(mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir.
Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari:


ESSE
Moliyaviy boshqaruv tizimi
Moliyaviy boshqaruv tizimi asosiy 4 ta elementdan iborat. Bu 4 ta element boshqaruv subyektlari, boshqaruv obyektlari, ta’sir elementlari va pirovard maqsadlardir.
Moliyaviy boshqaruv subyekti moliyaviy tizimdir. Moliyaviy tizim quyidagi elementlar asosiga quriladi:

  • Prezident;

  • Parlament;

  • Hukumat;

  • Moliya vazirligi;

  • Davlat soliq qo’mitasi;

  • Markaziy bank;

  • Hisob palatasi;

  • Va boshqalar.

Ushbu elementlar o’z funksiyalarini bajargan holda moliyaviy tizim “charxpalagi”ni uzluksiz aylantirib turadi. Ushbu funksiyalarni bajarish bilan boshqaruv subyektlari moliyaviy siyosat yuritadi. Moliyaviy siyosat boshqaruv tamoyillari, moliyaviy bashoratlash, moliyaviy dasturlash, rejalashtirish, tartibga solish, moliyaviy nazorat va qonunchilik hamda moliyaviy tahlilga asoslanadi.
Keltirilgan funksiyalar asosida byudjet fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlarini shakllantirish va foydalanish, sug’urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bo’yicha munosabatlarni amalga oshiriladi.
Moliyaviy siyosatni olib borishdan ko’zlangan asosiy maqsad moliyaviy barqarorlikka, ya’ni makroiqtisodiy muvozanat, byudjet rejalarining profitsitligi, davlat qarzining mavjud emasligi va mustahkam barqaror valyutaga erishishdir.


Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling