Moliya nima? Moliya bu iqtisodiyot va biznesni boshqarish sohasiga bag'ishlangan kapital resurslarini olishni o'rganish
Ички қарз ва унинг фоизлари миллий пулда, ташки қарз
Download 137.13 Kb.
|
Davlat qarzi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Қарз кўпайиб кетса нима бўлади
- O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. TOShKENT, 17 avg — Sputnik.
Ички қарз ва унинг фоизлари миллий пулда, ташки қарз ва унинг фоизлари эса эркин алмаштириладиган валютада тўланади. Давлат қарзининг даражаси, яъни қарз юки қарз ва унинг фоиз суммаси йиғиндисини давлат бюджети суммасига нисбати билан ўлчанади.Яъни тўлов мажбурияти бюджетнинг қанча қисмига тенг эканлиги билан белгиланади.
Қарз кўпайиб кетса нима бўлади? Давлат қарзининг ҳаддан ташқари ортиб кетиши иқтисодиётни издан чиқаради, халқ турмуш даражасини пасайтиради (чунки қарзни тўлаш учун зарур пул соликларни ошириш орқали тўпланади), мамлакатдаги иқтисодий фаолликни сусайтиради. Ташқи қарзнинг кўпайиб кетиши эса миллий мустақилликка таҳдид солади, ундан қутулиши учун миллий иқтисодиётни юксалтиришга кетадиган инвестицияларни қисқартириш ва ҳатто миллий бойликнинг бир қисмини хорижга сотишга ҳам тўғри келади. Вақтида тўланмаган ташқи қарзга қўшимча фоиз тўланади, ундириладиган фоиз қарзга қўшилиб, унинг микдори янада ошади. Давлат қарзининг бўлиши уни бошқаришни тақозо этади, яъни қарзни олиш ва тўлаш билан боғлиқ муайян чора-тадбирларни амалга ошириш лозим бўлади. Қарз ва унинг фоизларини тўлаш учун бюджетдан пул ажратиш Давлат қарзига хизмат қилиш дейилади. Давлат қарзини тўлашдаги шарт-шароитларнинг ўзгариши Давлат қарзи реструктуризацияси дейилади. Реструктуризация юз берганда қарз ҳақининг ўзгариши конверсия дейилади. Қарз тўлаш муддати чўзилганда Давлат қарзи пролонгацияси юз беради. Қарзнинг бир тури бошқасига айланганда, қисқа муддатли қарз узоқ муддатли қарзга айланади ва Давлат қарзининг консолидацияси юз беради. Давлат қарзига ўрин бўлмаслиги учун давлат харажатлари давлат даромадлари даражасида бўлиши лозим. Бунда тақчилликка йўл берилмайди ёки минимал даражага келтирилади. O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. TOShKENT, 17 avg — Sputnik. 2022 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 25,9 mlrd dollarni, davlat ichki qarzi esa 3,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu raqamlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining "O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi"da keltirilgan. “Xususan, davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2021-yil boshida 39,0 foizdan (2021 yil yakunida – 38,0 foiz) 2022-yil yakuniga qadar 36,4 foizgacha pasaydi”, - deyiladi sharhda. Qayd etilishicha, davlat qarzi 2022-yil davomida 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, dollar hisobida yalpi ichki mahsulot tez sur’atda, ya’ni 11,1 mlrd dollarga o‘sgani tufayli davlat qarzining YaIMga nisbati pasaygan. Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatlar iqtisodiyëtiga bag‘ishlangan hisoboti bo‘yicha Ŭzbekistonning davlat qarzi bugungi kunda "mŭ’tadil" darajada hisoblanadi. “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, davlat qarzi summasining yalpi ichki mahsulotga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oshmasligi DAVLAT QARZI – UMUMDAVLAT MOLIYASINING MUHIM BO’G’INI SIFATIDA. Davlat qarzi hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat bo’lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi. Bunday iqtisodiy (kredit) munosabatlar(i)ning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mablag’larni qarz oluvchi bo’lib hisoblanadi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki kafil bo’lganda, ancha tor doiradadir. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to’lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. Profеssor A.M.Babichning fikriga ko’ra, davlat qarzi - bu davlat tomonidan qarz olishdan kelib chiqadigan majburiyat, uchinchi shaxslar majburiyatlari bo'yicha kafolatlar, Rossiya Federatsiyasi Byudjet kodeksida belgilangan qarz majburiyatlari turlariga muvofiq boshqa majburiyatlaridir. Rus olimi B.I. Alexin davlat qarzini to'plangan byudjet taqchilligi bilan aniqlaydi. “Davlat tomonidan qarz olish uchun kontekst soliq-byudjet siyosati bilan yaratilgan. Agar davlat xarajatlari uning daromadlaridan oshsa (byudjet kam), unda qarz olishga ehtiyoj paydo bo'ladi dеgan fikrni olga suradi. Profеssor Lеbеda K. ning fikricha, davlat qarzi iqtisodiy rivojlanishning eng yaxshi stimulyatori emas va inflyatsiyaning tezlashishiga olib keladi, ya'ni ular defitsit byudjetlarini himoya qiladi va ortiqcha byudjet tanqisligi va davlat qarzining oshishi xavotirini tug'diradi. Bizning fikrimizcha, davlat qarzi – davlatning tashqi va ichki kredit operatsiyalari bo’yicha qarzdorlik summasi. Davlat zayomlari – kredit munosabatlarining bir turi bo’lib, unda davlat (yoki uning mahalliy organlari) qarz oluvchi yoki qarz beruvchi sifatida amal qiladi. Hozirgi sharoitda davlat qarzining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o’z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o’sishi bilan bog’liq bo’lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liq holda amalga oshirilishi moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo’g’ini to’g’risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng ma’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o’z tarkibiga qo’shmog’i lozim. Shu bilan birga, byudjet faoliyati amaliyotida byudjetga daromadlarni tushish vaqti bilan xarajatlarni amalga oshirish vaqti o’rtasidagi farq kassa uzilishi ko’rinishida vujudga kelishi mumkin. Xarajatlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish maqsadida davlat zayomlar va moliya bozoridan mablag’- larni jalb etishni amalga oshiradi. Bozor munosabatlari sharoitida davlat moliya bozorining ishtirokchisi sifatida qarz oladi, pul mablag’larini qarzga beradi yoki qarz oluvchilarning majburiyatlari bo’yicha kafolat beradi, ya’ni ularning to’lovga qobiliyatsizligi uchun moliyaviy javobgar hisoblanadi. Pul mablag’larini jalb qilish davlatning moliya bozoridagi faoliyatining passiv shakli sifatida tavsiflanishi mumkin. Davlat o’z ixtiyoriga omonatchilarning vaqtinchalik bo’sh turgan pul mablag’larini olish bilan ularni shartnoma shartlari bo’yicha belgilangan muddatda qaytarish va foizlarni to’lash majburiyatlarini oladi. Davlat МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3 150 pul mablag’larini qarzga berishi uning moliya bozoridagi harakatining faol shakli sifatida qaralishi mumkin. Chunki davlat qarz oluvchilarga mablag’- larni belgilangan muddatda qaytarish va shu mablag’lardan foydalanganlik evaziga to’lovni amalga oshirish (foiz to’lash) shartlari bilan beradi. Davlatning kafolat berish faoliyati Davlat moliyasi statistikasi Bo’yicha Qo’llanmada (XVJ, 2001 yil) quyidagicha aks ettirilgan: Davlat boshqaruvi sektorining birliklari ko’pchilik hollarda boshqa birliklar tomonidan olingan qarz majburiyatlari bo’yicha kafolatlar beradi. Ko’pchilik hollarda kreditor debitor (qarzdor)ga davlat boshqaruvi sektorining birligi tomonidan qarz bo’yicha kafolat berilgan taqdirda qarz berishga tayyordir. Qarzning olinishi kreditor tomonidan kafolatni talab etish imkoniyati yaratiluvchi shartnoma shartlari qo’llanilishi, davlat boshqaruvi sektori birligi esa asosiy qarzdor yoki debitor sifatida qarz bo’yicha majburiyat olinishi sharoitida yuzaga keladi. Shunday qilib, qarzni qabul qilishda uch institutsional birlik qatnashadi – davlat boshqaruvi setori birligi, kreditor va birlamchi debitor (qarzdor). Davlat boshqaruvi organlari kreditorga nisbatan yangi majburiyatni qabul qiladilar, debitorning birlamchi majburiyati esa tugatiladi. Yangi qarz shartlari birlamchi qarz shartlari bilan bir xil bo’lishi mumkin yoki kafolatlarni qo’llash natijasida yangi shartlar kuchga kirishi mumkin. Davlat kafolatlari shakllari quyidagilardir: davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari yoki soliq organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan byudjet ssudalari, tovar kreditlari, imtiyozli kredit va soliq to’lovining kechiktirilishi ko’rinishidagi investitsion soliq kreditlari. Moliya bozorida ishtirok etish davlatga takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan muhim tarmoqlar (infratuzilma, uy-joyqurilishi, qishloq xo’jaligi)ni moliyalashtirish orqali moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishga, ijtimoiy rivojlanishga ta’sir ko’rsatishga, iqtisodiyotni tartibga solishga imkoniyat yaratadi. Ammo, asossiz va samarasiz hamda ta’minlanmagan pul mablag’larining taqdim etilishi soliq yukining oshib ketishiga, kapital chiqib ketishiga va boshqa salbiy natijalarga (iqtisodiyot to’liq beqarorlashuvigacha) olib kelishi mumkin. Ko’pchilik hollarda mamlakatning davlat qarzini barqarorlik darajasi Maastrixt mezonlari bo’yicha baholanadi: davlat qarzi YaIMga nisbatan 60 foizdan oshib ketmasligi kerak. Xalqaro tasnif asosida qabul qilingan ekspertlarning baholashlari quyidagicha bo’lishi mumkin: 1. Mamlakat katta qarzga ega, agar: xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi YaMM ning 80 foizdan oshib ketsa; xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi eksportning 220 foizdan oshib ketsa. 2. Mamlakat o’rtacha qarzga ega, agar: xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi YaMMning 48-80% doirasida bo’lsa; xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi eks Etgan bo’lsa. O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha davlat qarzi – bu davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisidir. Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish – bu aktivlarni ichki manbalardan (rezident yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi bo’lib, uning natijasida davlat ichki qarzlari paydo bo’ladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish-aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi bo’lib, uning natijasida davlat tashqi qarzlari paydo bo’ladi. Har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan keyingi yilga Davlat byudjetini qabul qilinishi bilan birga davlat ichki va tashqi qarzlarining yuqori chegaralari ham tasdiqlanadi. O’zbekistonda davlat qarzining paydo bo’lishi va oshib borishiga olib keluvchi faoliyat hukumat – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u tomonidan belgilangan vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin: 1) Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish; 2) Davlat byudjeti daromadlari bilan xarajatlari o’rtasida tushumlar vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni to’g’rilash; 3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish; 4) byudjet taqchilligini moliyalashtirish; 5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash; 6) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa maqsadlar. Agar davlat yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarish va haq (to’lov, to’lash) asosida mablag’- larni taqdim etib, kreditor (qarz beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim bo’lgan operatsiyalar hajmi ancha kamayadi (pasayadi). Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni uzish (qaytarish) yoki ularning boshqa majburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat o’z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. Markazlashtirilgan pul fondlarining o’lchamiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki ko’rinishidan (qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tomonidan kafolatning berilishi o’sha markazlashtirilgan pul fondining, albatta, o’zgarishiga olib kelmasligi mumkin. Agar qarzdor o’zining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar bo’yicha to’liq hajmda va o’z vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hech qanday qo’shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq amaliyotda etarli darajada ishonchli bo’lgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj bo’lmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag’larni jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari etarli darajada ishonchli bo’lmagan qarz oluvchilarga nisbatan qo’llaniladi va bu narsa shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning o’sishiga olib keladi. Davlat qarzlari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar miqdori oshmaydi va uning og’irlik yuki ortmaydi. Aks holda, ya’ni xarajatlarni moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan mablag’lar jalb qilinmasa, bu narsani, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, faqat soliqlar miqdorini oshirish va uning og’irlik yukini orttirish evaziga moliyalashtirish mumkin. Shuning uchun ham keyin – olingan kreditlar qaytarilayotgan (uzilayotgan) paytda - soliqlar ularni to’lash uchun olinmasdan, balki qarzlar bo’yicha foizlarni uzish (qaytarish) uchun ham olinadi. Xulosa qilib shuni aytish joizki, davlat qarzi orqali davlat kredit munosabatlariga kirisha turib, u ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda pul muomalasining ahvoliga (holatiga), pullar va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga va aholi bandliligiga ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotni tartibga solish instrumenti sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanib, davlat u yoki bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin. Davlat qarzining kelib chiqish sabablari, uning miqdoran oshib yoki kamayib borishi har bir mamlakatning iqtisodiy siyosati, islohotlar qamrovi va dinamikasi bilan uzviy bogʻliq. Keyingi oʻn yillikda dunyo mamlakatlarida tashqi qarzga boʻlgan talab nisbatan oshganligi hamda davlatlar oʻrtasida bu borada tafovutlar kuchayganligining bir qancha sabablari bor. Ulardan eng muhimlari sifatida jahon moliyaviy inqirozining kelib chiqishi, ayrim mamlakatlarda ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi, iqtisodiy xavfsizlik masalalari, iqtisodiy qudrat bilan ijtimoiy talablar oʻrtasidagi nomutanosibliklar, moliyaviy manbalardan nooʻrin foydalanish natijasida byudjet taqchilligining oshib ketishi, favqulodda vaziyatlar, xususan, koronavirus pandemiyasi kabi omillarni keltirish mumkin. Download 137.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling