Moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari Reja: Kirish
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish va ularni takomillashtirish masalalari
Download 33 Kb.
|
Moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish va ularni takomillashtirish masalalari
Bugungi kunda ham respublika bank-moliya tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini va butun bank tizimini baholashga nisbatan yondashuv va uslublarni tubdan o'zgartirish, uning umum qabul qilingan xalqaro printsiplar, standartlar va me'yorlarga hamohang tarzda rivojlantirishni ta'minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan bo'lib qolmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26noyabrdagi «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi PQ-1438-sonli Qarori ushbu vazifalarning ijrosini ta'minlash borasida qabul qilingan dasturiy me'yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi. Bugungi kunda moliya bozorining eng asosiy qismini tashkil etuvchi tijorat banklari faoliyatini yanada rivojlantirish va uning mustahkamligini oshirish, markaziy bankning mazkur institutlarga, xususan milliy moliya bozoriga ta'sirini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda. Xususan, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin. Bazel qo'mitasi tomonidan belgilangan xalqaro andozalar talablariga asosan tijorat banklariniig yanada kapitallashuvi, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb qilish, resurs bazalarini oshirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligini va likvidligini oshirish; 60 omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish hamda aholi va xorijiy investorlarning bank tizimiga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlash, yangi jozibador omonat va depozitlar turlarini joriy qilgan holda aholi va xo'jalik sub'ektlarining bo'sh pul mablag'larini bank aylanmasiga keng jalb qilish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilish, ko'rsatilayotgan bank xizmatlari ko'lamini kengaytirish; etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo'llaniladigan va alohida banklar hamda butun bank tiziminingbutun dunyoda qabul qilingan baholash ko'rsatkichlari bo'yicha yanada yuqori darajaga ko'tarilishini ob'ektiv baholash imkonini beruvchi xalqaro normalar, standartlar va mezonlar asosida alohida banklar va butun bank tizimi faoliyatini tahlil qilish va baholashning zamonaviy tizimini joriy qilish; moliya-bank faoliyatining me'yoriy-huquqiy bazalariniyanada takomillashtirish, davr talablari va xalqaro me'yorlarhamda andozalarga muvofiq amaldagi qonun hujjatlariga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish, yangi qonunlar va normativ hujjatlarni qabul qilish; tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish va ularning investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, tavakkalchiliklarni baholash va loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish orqali kredit portfeli sifatini yaxshilash va doimiy o'sishini ta'minlash, kreditlar bo'yicha muammoli qarzdorlikning shakllanishiga yo'l qo'ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar ko'rish; nobank moliya tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug'urta va auditorlik kompaniyalari tarmogini yanada rivojlantirish va rolini oshirish, xalqaro me'yorlar va andozalarga muvofiq, ularning barqarorligini va samaradorligini ta'minlash, ular tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini kengaytirish va moliya bozori infratuzilmasi institutini mustahkamlash; tijorat banklarida hisob va hisobotning zamonaviy texnologiya uslublarini yangicha yondashuvlarini shakllantirish va joriy etish, moliya-bank axborotlari 61 sifat darajasini oshirish, etakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish; respublika tijorat banklari va moliya institutlarini butun jahonda qabul qilingan andozalar, uslublar va baholash ko'rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, mukammal tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qaytatayyorlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari respublika bank-moliya tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi. Istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda yangi bank tizimini tashkil qilish va rivojlantirishda davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilganva amalga oshirib kelinayotgan iqtisodiy islohotlarning «o'zbek modeli» tamoyillariga asoslandi. Sohadagi islohotlar boshlangan davrda, hattoki xalq xo'jaligidagi to'lovlarni o'tkazishni samarali tashkil qilishga qodir bo'lmagan bank tizimi qisqa vaqt ichida eng zamonaviy talablarga javob beradigan, eng zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari bilan jihozlangan, turli moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarga bardoshli bo'lgan, barqaror, mustahkam va tom ma'nodagi mustaqil bank tizimiga aylanib ulgurdi. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya-bank tizimi o'zining barqaror va ishonchli ekanligini isbotladi. Izchil yuqori o'sish sur'atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o'zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo'lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi tomonidankeng e'tirof etildi. Xususan, 2009 yilning iyun oyida Xalqaro valyuta fondiningBosh direktori tomonidan respublika rahbariyati bilan o'tkazgan uchrashuvi davomida «O'zbekiston Respublikasitomonidan olib borilayotgan islohotlar boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan farq qilib, o'zining afzalliklarini namoyon qildi», deb bildirgan bahosi e'tiborga sazovordir. Xulosa O'zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosatining moliya bozoriga ta'sirini taxlil etish jarayonida quyidagi ilmiy xulosalar olindi: 1. Monetar siyosatning quyidagi vositalari orqali naqd pul emissiya qilish; tijorat banklarining markaziy bankda saqlanadigan majburiy zaxiralari miqdorini kamaytirish; markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasini tushirish; ochiq bozorda davlat g'azna majburiyatlari miqdorini o'zgartirish orqali pul massasi oshirilib boriladi; 2. Investitsiya siyosati orqali milliy va xorijiy investorlarga qulay shartsharoitlar yaratish hisobiga iqtisodiyotga ko'shimcha mablag'lar jalb etilib pul massasi miqdori oshiriladi, moliya bozoridagi operatsiyalar hajmi ortadi; 3. Faol tashqi iqtisodiy siyosat orqali eksportning importdan ortiq bo'lishi ta'minlangan holda, oltin-valyuta zaxiralari ortishi asosida Markaziy bankning valyuta bozoriga ta'sir etish qobiliyati kuchayib boradi. 4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida markaziy banklarning pulkredit siyosatida yuz bergan quyidagi muhim o'zgarishlar aniqlandi: – markaziy banklar tomonidan tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning muddati uzaytirildi va hajmi oshirildi; – markaziy banklarning qayta moliyalash stavkasi pasaytirib borildi; – markaziy banklar ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektlari va lombard kreditlari garov ta'minotining soni oshirildi; – qator o'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida markaziy banklar tomonidan bank tizimini shakllantiruvchi etakchi tijorat banklariga subordinar kreditlar berish amaliyoti joriy qilindi. 5. Milliy valyuta devalvatsiya jarayonining davom etishi milliy valyutada emissiya qilingan qimmatli qog'ozlarga jalb etilgan xorijiy invsstitsiyalar real qiymatining pasayishiga olib keladi va qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. 6. Qimmatli qogozlar bozorining rivojlanishi mamlakatdagi pul massasining ortib borishi bilan to'g'ri mutanosiblikda bo'ladi. Iqtisodiyotdagi ortiqcha pul 73 massasining mavjudligi uni iste'mol va jamg'arishdan ortgan kisminn moliya bozorlariga yo'naltirishni ta'minlaydi. Shu jumladan, ortiqcha pulning mavjudlign esa, portfel investitsiyalar ko'payishiga turtki bo'ladi. 7. Davlat o'zining makroiqgisodiy siyosati orqali pul massasini o'zgartirib turadi va quyidagi dastaklar yordamida qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishiga ta'sir etadi: 8. Inflyatsiya darajasi, tijorat banklarining markaziy bankda saqlanuvchi majburiy zaxira normalari, qayta moliyalashtirish stavkalarining ortishn qimmatli qog'ozlar bozorining o'sish sur'atlariga teskari mutanosiblikda bo'ladi. Inflyatsiya darajasiniig yukori bo'lishi, qayta moliyalashtirish stavkasi va unda saqlanuvchi tijorat banklarining majburiy zaxiira normalarining yuqori bo'lishi qimmatli qog'ozlar bozori aylanmasi mablag'larining o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliya bozoriga ta'siri samaradorligini oshirish va mamlakatimiz moliya bozori barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida tijorat banklariga garovli ssudalar berish va valyutaviy svop operatsiyalaridan doimiy tarzda foydalanish orqali pul-kredit siyosati ta'sirchanligini oshirish zarur, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini rivojlantirish orqali qayta moliyalash siyosati samaradorligini oshirish lozim. Yuqori kredit reytingiga (kamida VVV) ega bo'lgan korxonalarning aktsiya va obligatsiyalarini Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarining ob'ektiga aylantirish yo'li bilan uning ochiq bozor siyosati orqali muomaladagi pul massasiga ta'siri darajasini oshirish zarur. Download 33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling