Moliya siyosatining mazmuni va asosiy tamoyillari. Moliyaviy strategiya va taktika, ularning o‘zaro bog‘liqligi. Moliyaviy siyosatning maqsad va vazifalari


Davlat moliyaviy siyosatini amalga oshirishda moliya mexanizmining roli va ahamiyati , moliya mexanizmidagi o‘zgarishlar


Download 47.44 Kb.
bet4/5
Sana19.08.2023
Hajmi47.44 Kb.
#1668490
1   2   3   4   5
7. Davlat moliyaviy siyosatini amalga oshirishda moliya mexanizmining roli va ahamiyati , moliya mexanizmidagi o‘zgarishlar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga o‘tishda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohatlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi.Yaqin o‘tmish mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat kamchiliklarini namoyon qildi. O‘zoq davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi. Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini bo‘zib ko‘rsatish sodir bo‘ldi , moliya va moliyaviy dastaklarning aktiv ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi.Shuning uchun ham, mustaqillikdan keyin moliya sohasida bir qancha islohatlar amalga oshirildi, moliya siyosati tubdan o‘zgartirildi.Bizga ma’lumki ,moliya siyosatini amalga oshirish, uni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq etishda moliyaviy mexanizmdan foydalanadi.Shuning uchun ham, moliya siyosatining tubdan o‘zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi ham qayta qurila boshlandi.Moliya mexanizmini qayta qurishning maqsadi – bozor munosabatlari asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishdir.Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona , tashkilotlarning ishni yakuniy natijalari uchun xo‘jalik tashabbuskorligi va mas’uliyatini butun choralar bilan rivojlantirishni ta’minlovchi xalq xo‘jaligidagi o‘zaro moliya aloqalarini tashkil etishga butunligicha yondashuv yotadi.
Moliya mexanizmini shakllantira turib , davlat uning u yoki bu davr moliya siyosati talablariga to‘la muvofiqligini ta’minlashga intiladi. Bu moliya siyosatining maqsad va vazifalarini to‘laligicha amalga oshirilishining garovi hisoblanadi.Bunda moliya mexanizmi va uning aholida elementlarining shaxsiy va jamoa manfaatlari bilan yanada to‘la bog‘lanishiga muntazam intilish saqlanib, qolib bu moliya mexanizmi samaradorligining garovi hisoblanadi.
Hozirgi kunda davlat moliya mexanizmiga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi: davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq asosiga o‘tkazildi; byudjet buromadlari tarkibi va byudjet moliyalashtirish tizimi butunlay o‘zgardi; byudjetdan tashqari jamg‘armalar tizimi keng tarqaldi.Shuningdek,bozor munosabatlarining mulkiy va shaxsiy sug‘urtani tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi.Hozirda kooperativ sug‘urtasi rivojlanyapti , aksionerlik sug‘urta jamiyatlari vujudga kelyapti , sug‘urtaning yangi turlari kiritilyapti.


Download 47.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling