Moliya siyosatining mazmuni va asosiy tamoyillari. Moliyaviy strategiya va taktika, ularning o‘zaro bog‘liqligi. Moliyaviy siyosatning maqsad va vazifalari


Moliyaviy siyosatning maqsad va vazifalari


Download 47.44 Kb.
bet2/5
Sana19.08.2023
Hajmi47.44 Kb.
#1668490
1   2   3   4   5
3. Moliyaviy siyosatning maqsad va vazifalari

Moliya siyosati moliya resurslaridan foydalanish hajmi va samaradorligini oshirish maqsadini ko‘zlashi lozim. Moliyaviy nafning o‘sishi moliya siyosatining ta’sirchanligi tekshirish uchun lakmus qog‘ozi sifatida xizmat qiladi. Moliya siyosatini ishlab chiqish va o‘tkazish paytida moliya resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishni hisobga olishdan voz kechish mablag‘larning sochilishiga jamiyatning muntazam o‘sib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy talab ehtiyojlarini qondirish mablag‘larning qisqarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, oxirgi o‘n yilliklar mobaynida pul mablag‘larining katta va muntazam o‘sib borayotgan summalari har yili qishloq xo‘jaligi, kapital qurilishga sarflangan. Biroq qishloq xo‘jalik mahsulotini ishlab chiqarish g‘oyat past darajada oshdi, kapital sarflar samaradorligi pasayib bordi. Bu va boshqa omillar moliya siyosatini ishlab chiqarish paytida e’tibordan chetda qoldirilib, bu mamlakat moliyaviy ahvolining keskin yomonlashuviga olib keldi.
Moliyaviy siyosatning maqsadi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Moliyaviy resurslarni butunligicha va to‘liq safarbar qilish;

  • Tadbirkorlik faoliyatini aktivlashtirish uchun mo‘’tadil atmosfera yaratish;

  • Davlatga tegishli bo‘lgan resurslarni mehnatga layoqatli aholidan va xo‘jalik sub’ektidan maqsadga muvofiq jalb qilib;

  • Sohalar va tarmoqlar o‘rtasida moliyaviy resurslarni taqsimlanishi va samarali foydalanishni ta’minlash.

Moliya siyosatining eng muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo‘nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirishdir.
Moliyaviy siyosat inson faoliyatining maxsus shakli sifatida ustqurma kategoriyalariga taalluqlidir. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir. Bir tomondan, moliyaviy siyosat iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va rivojlanib, moliyaviy siyosat ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning uchun u iqtisodga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini o‘tkazadi. Bu ta’sir har xil bo‘lishi mumkin: ba’zi paytlarda siyosiy chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali iqtisodni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratiladi, boshqa paytlarda u to‘sqinlik qiladi.Moliyaviy siyosat moliyaviy munosabatlar mohiyatini o‘zgartirolmaydi, lekin davlat moliyaning mohiyatini bilib, uni o‘z manfaatlariga qaratishga harakat qiladi.
Moliyaviy siyosat quyidagi vazifalarni bajaradi:
Birinchidan , moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish.Moliyaviy siyosat ko‘zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni real mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishish kerak. Shuningdek, ajratilayotgan har bir so‘mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash lozim;
Ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan ratsional foydalanish. Moliyaviy siyosatning bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga o‘tishining ratsional shakllarini belgilash, aholining davlat daromadlarini shakllantirishdagi hissasini to‘g‘ri belgilash, moddiy va nomodddiy ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi taqsimlash proporsiyalarini olptimallashtirish yo‘llari bilan bajariladi;
Uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo‘nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish.

4. Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi moliya siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy yo‘nalishlari


O‘zbekiston mustaqillikka erishib,iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga yuz tutar ekan , ijtimoiy hayotning barcha sohalari bo‘lgani kabi moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur islohatlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keldi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini bo‘shashtiruvchi moliya siyosati kamchiliklari yaqqol namoyon bo‘lmoqda.Ularga moliya siyosatining noijodiy xususiyati, uning davlatimiz rivojlanishining o‘zgargan sharoitlariga tezda e’tibor bermaslik, o‘z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni topa olmaslik, strategik konseptual asoslarning yo‘qligi,o‘tkinchi foyda olishga yo‘naltirilgan qisman kam asoslangan taktik tadbirlarni o‘tkazish, moliya siyosatining xalq xo‘jaligidagi haqiqiy ishlar ahvolidvn yiroqdaligi, moliya xo‘jaligining eng muhim talabi - mablag‘larga qarab yashash talabining bo‘zilishi, fuqarolar ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishning moliya bazasini belgilashdagi qoldiq yondashuv kirdi.
Hozirgi sharoitlarda ishlab chiqilgan moliya siyosati konsepsiyasining maqsadi- xo‘jalikni rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida yanada yuqori xalq turmush darajasiga erishish hisoblanadi.
Hozirgi bosqichda davlatning moliyaviy siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1.Davlat byudjetidagi kamomadni yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida cheklashga yo‘nfltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni o‘tkazish.
2.Davlat harajatlarini birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazishga qaratish, ishlab chiqarishning rivojlanishiga keng yo‘l ochib berish.
3.Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash.
4.Ijtimoiy himoyaning manzilli bo‘lishiga ,moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlashga erishish.
5.Davlat byudjeti va korxonaning moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash.
6.Soliq siyosatini takomillashtirish:
-soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga , moddiy xom ashyo, tabiiy , moliyaviy va mehnat resurslaridan , to‘plangan mol- mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish;
-korxonalar zimmasidagi solio‘ yukini keskin kamaytirish, qo‘shilgan qiymat solig‘idan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga to‘rtki berish;
- soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar , mol-mulk solig‘ining rolini oshirish , jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish.
7.Muayyan byudjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan Respublika solig‘lari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara o‘tkazish
8.Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga berish , mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;
9.Soliq siyosati belgilab bergan chora – tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish.
Hozirda shu belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ishlarni olib borish nazarda tutilmoqda.

Download 47.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling