Moliya siyosatining mazmuni va asosiy tamoyillari. Moliyaviy strategiya va taktika, ularning o‘zaro bog‘liqligi. Moliyaviy siyosatning maqsad va vazifalari
Moliyaviy mexanizmning tarkibiy qismlari
Download 47.44 Kb.
|
Moliyaviy mexanizmning tarkibiy qismlari
Moliyaviy mexanizm tushunchasi sub’ektiv tushuncha bo‘lib , ob’ektiv mavjud bo‘lgan moliyaviy munosabatlarni ma’lum shakl va usullar yordamida tashkil qilish natijasidir. Moliyaviy mexanizmining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 1.Moliyaviy rejalashtirish va prognazlash. 2.Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirish vositalari. 3.Moliyaviy boshqarish. Moliyani rejalashtirish va prognozlashtirish – moliyaviy mexanizmning asosiy qismi bo‘lib , u moliyaviy rejalar va balanslarni hamda moliyaviy ko‘rsatkichlar , norma va normativlar tizimini o‘z ichiga oladi .Aynan rejalashtirish davomida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z moliyasi ahvolini har tomonlama baholaydi, harajatlardan qanday samara olayotganini , qaysi manbalardan daromad yuqoriligi haqida ma’lumot olish mumkin . Bir so‘z bilan aytganda, rejalashtirish xo‘jalik sub’ekti moliyaviy faoliyatini aks ettiruvchi ko‘zgu hisoblanadi.Moliya ko‘rsatkichlarining ham prognoz, ham rejali hisob – kitoblari turli xil usullardan foydalanishga asoslanadi: ekstrapolyatsiya usuli, normativ , matematik modellashtirish usullari . Moliyaviy dastaklar va rag‘batlantirish vositalari - ularga foydani taqsimlash usullari , turli fondlarga to‘lovlar , ajratmalar , qo‘llaniladigan imtiyozlar , sanksiyalar va jarimalar kiradi .Moliyaviy rag‘batlantirish boshqarish bilan o‘zviy bog‘liq , boz ustiga bu ikki jarayon bir- biriga katta ta’sir o‘tkazadi. Qayta ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etish uchun har qanday moliyaviy rag‘bat korxanalarning ishlab chiqarish faoliyati bilan o‘zviy bog‘langan bo‘lishi lozim.Ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning moliyaviy rag‘batlantirish tarkibida: -moliya resurslarini sarmoyalashning samarali yo‘nalishlari; -rag‘batlantirish jamg‘armalari; -ishlab chiqarishni jadallashtirishning byudjet uslublari; -maxsus moliya imtiyozlari va jarimalarini ajratish mumkin. Moliyaviy boshqarish – sub’ektlarning moliyaviy munosabatlarini amalga oshirish, yo‘lga qo‘yish va takomillashtirish usullari yig‘indisidan iborat.Moliyani boshqarish strategik yoki umumiy boshqarish va tezkor boshqarishga ajratiladi.Strategik boshqarish istiqbolni belgilash, maqsadli dasturlarni joriy etish, moliya resurslari hajmini o‘rnatishda aks etadi. Download 47.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling