Moliya tizimi. Moliya tizimi va uning asosiy bo’g’inlari


notijorat tashkilotlarining soni


Download 105 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi105 Kb.
#1611842
1   2   3
Bog'liq
Moliya tizimining sohalari va bo\'g\'inlari

notijorat tashkilotlarining soni. 2000-yillar bosh-larida Yevropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4ta noti-jorat tashkiloti to’g’ri kelgan edi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib, bu yerda har 1000 kishiga 21tadan to’g’ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud bo’lgan. Bu ko’rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga teng edi.


  • notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo’lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining o’rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan boshlab, AQShda – 7%gacha). Notijorat tashkilot-larning faoliyat ko’rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektor-larida faol ravishda qo’shimcha ish o’rinlarining yarati-lishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo’lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faolla-shuviga olib keladi;


  • notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. 2000-yillar boshida bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulotning o’rtacha 3,5%ini tashkil etgan (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga teng bo’lgan.

    Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo’la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi


    28 O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan ortiqrog’i har yili xayr-ehson maqsadlariga xayriya qilganlar va ularning bu badallari o’rtacha ular yillik daromadlarining 2%dan ko’prog’ini tashkil etgan. Buyuk Britaniya aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o’rtacha xayr-ehson badali uy xo’jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-e, dop. i pererab.
    /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.183).


    29 AQSh katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining 30% ixtiyoriy xizmatlarga haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday ishlarga haftasiga 3,7 soatni sarf qilishadi. (Qarang: o’sha erda).
    to’planmoqda va u zamo-naviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
    Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususi-yatlari quyidagilardan iborat:
    • faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo’naltirilganligi;


    • e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;


    • bozor xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoli-yatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo’shib olib borish.


    Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy man-balari quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi:




    • byudjet mablag’lari;


    • tijorat faoliyati:


    • tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum;


    • aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va omonatlar bo’yicha olinadigan daromadlar;


    • notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan xo’jalik jamiyat-larining faoliyatidan olinadigan daromadlar;


    • tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik yordamlari;


    • ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o’zida tushib turishi mumkin bo’lgan tushilmalar;


    • qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masa-lan, ko’ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auktsion-lar, ko’ngilxo’shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan tushilmalar.


    Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turli-chadir. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda xususiy xayriyalarning miqdori keyingi yillarda 1%dan (Yaponiyada) 20%gacha (AQShda) oraliqda bo’lgan va o’rtacha 11%ni tashkil etgan. Hukumat ajratmalarining salmog’i esa 26%dan (Germaniya) 71%gacha bo’lib, uning o’rtacha darajasi 48%ga teng bo’lgan. Notijorat tashkilotlarining o’zlari tomonidan ishlab topilgan mablag’larning salmog’i 23%dan (Vengriya) 71%gacha tebranib, uning o’rtacha darajasi 41% atrofida edi.


    Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida
    amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash bevosita va bilvosita shakl-larda amalga oshirilishi mumkin.
    Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo’l-lab- quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:

    • to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;


    • hamkorlikda moliyalashtirish;


    • davlat ijtimoiy buyurtmasi.


    Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shakli-dan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to’lovlari va boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. Bilvosita moliyalash-tirishning asosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:




    • soliq xarakteriga ega bo’lmagan imtiyozlar;


    • soliqlardan imtiyozlar;


    • boshqa imtiyozlar.


    Soliq to’lashda imtiyoz berish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:




    • xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar;


    • homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.


    Boshqa imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’-ladi:




    • notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, er maydonlarini ajratish;


    • litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish;


    • aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to’lashda imtiyozli tariflardan foydalanish;


    • va boshqalar.


    Davlat organlari notijorat tashkilotlarining fao-liyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo’lsa, xarajatlarning yo’na-lishiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.


    Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllana-digan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxona-larning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliyaviy tizim deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: Xo’jalik sub’yektlari, uy xo’jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining pul mablag’larini taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri bilan bog’liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, bo’g’inlari va sohalarining yig’indisi moliyaviy tizim deyiladi”.
    “Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va printsipial jihatdan butunlay yangi bo’lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlariga nisbatan ob’yektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo’linadi27:
    • davlat moliyasi va mahalliy moliya;


    • xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi.


    O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog’liq ravishda bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin:




    • davlat byudjeti;


    • byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;


    • davlat krediti.


    Shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi quyidagi bo’g’inlardan iborat:






    27 Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliyaviy tizimning sohalari, ko’pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin qilingan edi. Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A., Jevtyak P.N., Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko’ra, moliyaviy tizim odatda, ikki sohadan, ya’ni 1) korxonalar va xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan iborat bo’lgan. Moskva maktabining vakillari (Shermenev M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va boshqalar) fikricha esa, moliyaviy tizimning sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab chiqarish sohasi moliyasi. Shunday bo’lishiga qaramasdan ularning har ikkalasi ham SSSRning iqtisodiy bazisiga va u tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga mazmunan mos kelgan edi.


    • moliyaviy vositachilar moliyasi;


    • notijorat tashkilotlari moliyasi.


    Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko’rinishda quyi-dagicha ifodalash mumkin:



    Xulosa
    Davlat budjeti harajatlarining iqtisodiy tasnifi harajatlarni to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat.
    Budjet tasnifi qonun xujjatlarda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlandi.
    Budjetni rejalashtirish - davlatning moliya siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi.
    Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi budjetlar va nobudjet jam\armalarini tuzish va ijrosi jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromad qiymatini moliyaviy tizim bo‘ginlari o‘rtasida markazlashtirilgan rejalashtirishdan iboratdir. Budjetni rejalashtirish davomida moliya mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlarining asosiy iqtisodiy va sifat ko‘rsatkichlariga hamda tabiiy, moddiy, mehnat, moliya mabla\laridan samarali foydalanish zaxiralarini topishga faol ta’sir ko‘rsatadi.



    Download 105 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling