Moliya tushunchasi va mohiyatini aniqlashning turli yondoshuvlari kirish


Takror ishlab chiqarish va moliya


Download 20.23 Kb.
bet3/4
Sana02.12.2023
Hajmi20.23 Kb.
#1780102
1   2   3   4
Bog'liq
Moliya tushunchasi va mohiyatini aniqlashning turli yondoshuvlar-fayllar.org (1)

Takror ishlab chiqarish va moliya.

Insoniyat hayot kechirishi uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarishi 31 1929-yildagi iqtisodiy tanazzul paytida AQSh hukumatining yurgizgan siyosatini ko‘rsatish mumkin. Moliya masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar juda qadimda paydo bo‘lgan. Moliya bo‘yicha ilk ilmiy ishning birinchi yevropalik muallifi Ksenofont (eramizdan avvalgi 430-355-yillar) hisoblanadi. Uning shu xususdagi asari “Afina respublikasining daromadlari to‘g‘risida” deb nomlangan. Buyuk mutafakkir Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-322-yillar) moliya sohasidagi qarashlari uning “Afina davlat tuzilmasi” deb nomlangan asarida bayon qilingan. Eramizning 948-yilida soliqlar to‘g‘risida asar yozgan.


Qadam ismli arab olimining nomi ham fanda ma’lum. F.Akvinskiy (1225-1274 yillar) ilk marta qirolning soliqlarni undirish borasidagi huquqini asoslashga uringan. Moliya bo‘yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga F.Petrarka, D.Karaf, Bernardo, F.Gvichchardini, Dj.Botero, N.Makiaveli va boshqa italiyaliklarni ham kiritish mumkin. XVII asrda moliya nazariyasining rivojlanishiga ingliz iqtisodchilari katta hissa qo‘shgan. Ularning orasidan T.Men, Dj.Lokk, T.Gobbs, P.Gautonlarni alohida ajratib ko‘rsatish kerak. L. fon Sekendorf, S.Pufendorf, I.Yusti va I.Zonnen-fels kabi nemis olimlari XVII-XVIII asrlarda moliya fanini boyitishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.
Ular fanga kameralistikaning nemis maktabi vakillari sifatida kiritilgan. I.Yusti 1746-yilda nashr etilgan “Moliya mohiyatining tizimi” asarida moliya to‘g‘risidagi kameralistik maktab vakillarining qarashlarini umumlashtirdi. Bu asrda birinchi marta moliya fani va moliyaviy siyosat ajratilib ko‘rsatilgan (chegaralangan). Fiziokratlarning o‘tmishdoshlari ham iqtisodiyotni o‘rganganlar. Ularning asarlarida moliyaning turli yo‘nalishlari va jihatlari tahlil va tadqiq qilingan. Bunday mualliflar qatoriga T.Gobbs, Dj.Lokk, D.Yum, V.Petti, G.Baugilber, S.Voban, Dj.Styuartlarni ko‘rsatish mumkin. Aynan V.Petti (1623-1687 yillar) o‘zining “Soliqlar va yig‘imlar xususida traktatlar” asari bilan burjua siyosiy iqtisodining ilk namoyandasi (boshlovchisi) hisoblanadi. Mumtoz siyosiy iqtisodning vujudga kelishi va rivojlanishi XVIII asrga to‘g‘ri keladi.
Bu maktabning vakillari moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar va uni mustaqil fan sifatida e’tirof etmaganlar. Bu maktab mualliflari (fransuzlar – A.Tyurgo, F.Kene 30 nisbatan ortib borishi jamiyatdagi natural munosabatlarni qisqartirdi. Bularning barchasi kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Burjuaziya tomonidan hokimiyatning qo‘lga kiritilishi monarxiyaning yemirilishi yoki uning hokimiyatchilik vakolatlari qisqarganligini anglatadi. Hokimiyat tepasiga kelib, burjuaziya “soliq zulmi”ni pasaytirishga emas, balki feodallarga tegishli bo‘lgan imtiyozlarga barham berishga va soliqlarni mehnatkashlarning zimmasiga yuklashga intildi. Davlatdagi umumiy soliq yuklamasi yengillashmadi. Turlicha tarzda ta’sir etadigan omillarning ta’siri ostida burjuaziya kapitalni yanada jamg‘arish va o‘z foydasini o‘stirish uchun o‘zini tegishli imkoniyatlar bilan ta’minladi. Kapitallar harakatidagi davlatlararo chegaralarga barham berilishi bilan banklar, birjalar va mustamlakachilik urushlari bunday vaziyatning vositalari bo‘lib qoldi. Burjuaziya ekspluatatsiya qilishning butun og‘irligini bosib olingan mustamlaka davlatlar fuqarolari yelkasiga yuklab, o‘z mamlakatlari xalqining ashaddiy himoyachilariga aylandi.
O‘z daromadlari miqdorini ko‘paytirish uchun ishchilar sinfining qarshi kurashi natijasida burjuaziya qo‘lida kapitalning yanada to‘planishiga imkon beruvchi yangi moliyaviy institutlarni o‘ylab topdi. Bu yerda gap tibbiy va ijtimoiy sug‘urta, mol-mulk va hayot sug‘urtasi tizimlari paydo bo‘lganligi to‘g‘risida ketayapti. Barcha mamlakatlarda burjuaziya davlat tufayli soliqlarning juda katta qismini o‘z qo‘liga qurol-aslahaga, transport qurilishiga, uy-joy qurilishiga va h.k.larga buyurtmalar orqali to‘play boshladi. Xususiy tadbirkorlik prinsiplariga asoslangan tizim sifatida kapitalizmning taraqqiy etishi bilan xalqaro mehnat taqsimoti jarayonining kuchayishi va shu asosda kapitalning rivojlangan mamlakatlarda yig‘ilishi kuzatiladi. Nafaqat soliq imtiyozlari va hukumat buyurtmalari, balki bojlar, imtiyozli kreditlar tizimi, norentabelli korxonalar va butun tarmoqlarni sotib olish, noishlab chiqarish infratuzilmani moliyalashtirish va h.k.lar orqali davlat har doim milliy burjuaziyaning pozitsiyalarini mustahkamlashda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Iqtisodiy tanazzullar va iqtisodiyotning stagnatsiya davrlarida soliqlar, kreditlar va buyurtmalar bilan manipulyatsiya qilish asosida o‘zining tartibga soluvchilik (regulyatorlik) rolini faollashtiradi. Buning mumtoz misoli sifatida 19 taqozo etiladi. Planetamiz aholisi sonining o‘sishi va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi qator omillar ta’siri sharoitida “hayot kechirish”ni takror ishlab chiqarish ayrim davlatlar mustaqil yashay olishining muhim sharti bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, xalqaro mehnat taqsimotining foydali tomonlaridan tashqari zararli jihatlari ham mavjud.
Uning salbiy tomonlari yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan mamlakatlarda moliyaviy kapitalning tobora ko‘proq to‘planishiga olib kelmoqda. Kambag‘al va rivojlanish darajasi past bo‘lgan mamlakatlar esa hamon xomashyo qazib chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanishga majbur etilmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni o‘zgarmasdan qolayotir. Moliya, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng rivojlangan mamlakatlarda yig‘ilmoqda va ularga kelgusida ham taqsimlashni o‘zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti. Tarixiy taraqqiyotning aynan shunday sharoitlarida takror ishlab chiqarish jarayonida moliyaning o‘rni va ahamiyatini chuqur tasavvur qilish.
O‘zbekistonning bo‘lajak moliyachi mutaxassisi uchun o‘ta zarur sifat hisoblanadi. Takror ishlab chiqarish jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
• ishlab chiqarish;
• almashuv;
taqsimlash;
• iste’mol.
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bo‘lib, ulardan hatto bittasi ishtirok etmasa, takror ishlab chiqarish jarayoni uzilib qoladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bo‘lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy o‘rinni egallaydi. Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste’mol bosqichida bevosita.

Download 20.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling