Moliya tushunchasi va mohiyatini aniqlashning turli yondoshuvlari kirish


“Moliya” fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Download 20.23 Kb.
bet4/4
Sana02.12.2023
Hajmi20.23 Kb.
#1780102
1   2   3   4
Bog'liq
Moliya tushunchasi va mohiyatini aniqlashning turli yondoshuvlar-fayllar.org (1)

1.3 “Moliya” fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Ajdodlarimiz xizmatlari Jahonda moliyaning alohida fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi jarayonida o‘zbek olim va mutafakkirlarining ulkan hissalari bor. To‘g‘ri, Buyuk Temur yoki Buyuk Bobur9 kabi vatandoshlarimiz qadimda “moliya” deb nomlangan maxsus ilmiy asarlar yozishmagan. Lekin ular o‘zlarining boshqa nomlar bilan atalgan ilmiy-siyosiy, diniy va ma’rifiy asarlarida moliyaning turli masalalariga tegishli fikr-mulohazalarini bayon qilishgan. O‘zbek davlatlarining ayrim hukmdorlari esa o‘z amaliy faoliyatlarida moliya, ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo‘lgan soliq sohasini rivojlantirish bo‘yicha ulkan ahamiyatga molik islohotlar o‘tkazishgan. Insoniyat tarixida ilk davlatlar paydo bo‘lishi va ularning turlituman xarajatlarini qoplash maqsadida soliqlardek o‘ta muhim vosita o‘ylab topilishi bilan, ya’ni qadim-qadimdan hukmdorlar va soliqlarning to‘lovchilari soliqlar miqdori, to‘lash tartibi va muddatlari masalalari bo‘yicha o‘zaro tortishib kelishgan.
Chunki xalq uchun bular hayot-mamot masalasi hisoblangan. Bizning buyuk ajdodlarimiz bu muammo ham hokimlar, ham ularga tobe xalqlarni qanoatlantira oladigan tarzda ijobiy hal bo‘lishi uchun juda katta hissa qo‘shishgan. Mutafakkirlarimizning moliya faniga qo‘shgan hissalari haqida so‘z yuritishdan oldin muqaddas kitobimiz “Qur’oni Karim”da ham moliya va soliq masalalariga keng e’tibor berilganligini e’tirof etishimiz mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. To‘g‘ri, “Qur’on”ni inson yaratmagan, u Parvardigor tomonidan biz, musulmonlarga, tortiq etilgan buyuk asar! Biz uchun bu o‘rinda eng muhimi shundaki, ana shu muqaddas kitobimizda ham moliya, ayniqsa, soliq va soliq to‘lash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
“Qur’oni Karim”da islomiy soliqlarning asosiy turlari bo‘lmish xiroj, ushr, zakot va boshqa soliqlarning miqdori, to‘lash tartibi, vaqti, soliq yig‘uvchilar va to‘lovchilar haqida atroflicha fikr yuritilgan. Hadislarda ham moliyaga daxldor masalalar bo‘yicha keng miqyosda fikr yuritilgan. Masalan, soliqlar, ularning turlari, Temur va Bobur kabi bobolarimizning ismlari ulaning yurtimiz, xalqimiz va jahon tarixiga qo‘shgan juda katta hissalari tufayli “Buyuk Temur” va “Buyuk Bobur” shaklida atalishi va yozilishi kerak, deb hisoblaymiz. bir holat kishini o‘ylashga majbur qiladi. Sobiq sho‘rolar davrida iqtisodiy, shu jumladan, moliya va soliq nazariyasi bilan shug‘ullanadigan olimlar o‘z tadqiqotlarini asosan K.Marks, F. Engels va V. Lenin asarlariga tayangan holda amalga oshirishar edi. Bolsheviklar imperiyasi parchalanishi bilan bog‘liq obyektiv sabablarga ko‘ra marksizm-leninizm ta’limoti asoschilari iqtisodiy fanlar cho‘qqisidan tushib ketishdi va bu borada muayyan bo‘shliq paydo bo‘ldi. Ulardan keyin moliya va soliq masalalari bo‘yicha yozilayotgan risola, maqola va ilmiy tadqiqotlar mualliflari mazkur vakuumni asosan g‘arb asarlari hisobiga to‘ldira boshlashdi.
Asar, mabodo zamonaviy moliya-soliq siyosati va uning eng dolzarb muammolari haqida yozilayotgan bo‘lsa, bunday yondashishni ma’qullash mumkin. Lekin hatto moliya va soliqlarning tarixi, ularning paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari, obyektiv sabablarga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan sharq davlatlarida moliya-soliq siyosatining shakllanishi kabi masalalarni tadqiq qilayotganda ham tadqiqotchilar o‘z fikrmulohazalarini bayon qilish jarayonida ko‘proq g‘arb olimlari asarlariga tayanishmoqda. Masalan, soliqlar haqida tayyorlangan har qanday ilmiy tadqiqotda mavzuning o‘rganilganlik darajasi Vilyam Petti, Adam Smit, David Rikardo kabi g‘arblik klassik olimlarning soliqlarga oid qarashlarini tahlil etish bilan boshlanishi taomilga kirib qoldi. Soliqlar haqidagi fanning paydo bo‘lishi ham asosan yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning xizmatlari, degan xulosa allaqachon hammamizning qon-qonimizga singib ketdi. Umuman olganda, soliqlar masalalari juda ko‘p islomiy mutafakkirlarimiz tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Masalan, Burhoniddin Marg‘inoniyning (1123-1197) “Hi-doya” 12 asarida chorva mollaridan zakot olish, qimmatbaho buyumlar (oltin, kumush)dan olinadigan zakot turlari, hosildan undiriladigan soliq (ushr), zakotni taqsimlash tartibi bo‘yicha tavsiyalar berilgan. 1063-1092-yillarda saljuqiylar davlati vaziri bo‘lib ishlagan Nizomulmulkning “Siyosatnoma” 13 asarida davlat xazinasi, uni oqilona boshqarish, soliqlarni adolatli yig‘ish masalalari ham bayon etilgan.
Xulosa
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan va o‘z oldiga shunday maqsad qo‘ygan davlatlarda amal qilayotgan moliya-soliq siyosati va uning zamonaviy muammolari tadqiq qilingan asarlarning «foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati» qismida ham asosan yana g‘arblik olimlarning nomlarini ko‘ramiz. Qaysi dissertatsiya, kitob yoki maqolani olib qaramang, ular S. Bryu, J Keyns, M.Kempbel, Ya.Kornai, K. Makkonell, J. Lourens, P. Samuelson, Y. Shumpeter, M. Fridman kabi olimlar asarlari bilan boshlanib, yana o‘shalar bilan tugaydi. G‘arblik olimlardan keyin sobiq sovet va zamonaviy rus olimlari asarlari, va nihoyat, oxirida o‘zbek olimlari tadqiqotlari tilga olinadi. qadigan qiziq 37 to‘lovchilar, to‘lov miqdorlari va shartlari kabi masalalarning aniq javoblari hadislarda bayon etilgan. Miloddan avvalgi VIII asrda, ya’ni bundan 2800 yil oldin qadimiy Xorazm diyorida bitilgan “Avesto” asarida moliya masalalari ham tadqiq etilganligi jahondagi iqtisodiy tafakkur tarixi bilan shug‘ullanadigan olimlarni hayratga soladi. Zero, dunyoda moliyaga daxldor va asr oldin yozilgan hamda bugungacha saqlanib qolingan asarlar deyarli yo‘q. Xullas, ”muqaddas kitobda agrar munosabatlarning moliya masalalariga ham katta e’tibor beriladi”. Asarda Qo‘ng‘irot va Qalmiq ellarining moliya tizimlari o‘rtasidagi farqlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. “Go‘ro‘g‘li” dostonida soliqqa doir masalalar ham bayon qilingan. Bunda soliqchi, pul yig‘uvchi – pulchin, purush (furush) degan iboralar bilan atalgan.
http://fayllar.org
Download 20.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling