Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti “soliqlar va sugʻurta ishi” kafedrasi


Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olish hamda qaytarib berish


Download 360.71 Kb.
bet5/9
Sana15.03.2023
Hajmi360.71 Kb.
#1270221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
azizbek kurs ishi

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olish hamda qaytarib berish
Ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq qarzdorligiga nisbatan ortiqcha to‘lov paydo bo‘lishi, ayrimlari bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘liq to‘lanmasligi mumkin. Soliqlar bo‘yicha ortiqcha to‘lovlar, odatda, joriy to‘lovlarning me’yoridan ortiq miqdorda amalga oshirish natijasida yuzaga kelishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 56-moddasiga asosan, soliqning budjetga to‘langan ham da to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi, taqdim etilgan soliq hisoboti asosida aniqlanadigan ijobiy farq soliqning ortiqcha to‘langan summasi deb e’tirof etiladi.
Soliq qarzdorligi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summasi soliq qarzini quyidagi ketma-ketlikda uzish hisobiga hisobga olinadi:
– soliqning mazkur turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga;
– boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha qarzni uzish hisobiga;
– boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga;
– mazkur soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga;
– boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga.
Ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olish uchun soliq to‘lovchining arizasi talab qilinmadi. Ortiqcha to‘langan soliq summasini hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan mus taqil ravishda amalga oshiriladi. Ammo, soliq idorasi xo dimlari soliq to‘lovchini ortiqcha to‘langan soliq summasini soliqning mazkur turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga yo‘naltirilganligi haqida, hisobga olingan sanadan uch kunlik muddatda yozma ravishda xabardor qiladi.
Ortiqcha to‘langan soliqni boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha qarz ni uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga olish uchun soliq to‘lovchining yozma arizasi zarur bo‘ladi. Soliq to‘lovchining yozma arizasi asosida davlat soliq xizmati organi tomonidan hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘ risida xulosa beriladi. Davlat soliq xizmati organi yozma ariza bergan sanadan e’tiboran uch kunlik muddatda hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risidagi xulosani moliya organlariga taqdim etadi.
Ortiqcha to‘langan soliqni boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha qarzni uzish hisobiga, boshqa turdagi soliqlar bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga olishda, soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza beriladi. Soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida yozma ariza berilmasa, soliq idorasi nazarda tutilgan hisobga olishni amalga oshirish to‘g‘risida xulosani tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda taqdim etishi mumkin.
Ortiqcha to‘langan soliq summasini hisobga olish bu xususida xu losa berilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ortiqcha to‘langan soliq summasi boshqa soliq to‘lovchining soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishiga ruxsat berilmaydi. Barcha hisobga olishlar amalga oshirilganidan keyin qolgan ortiqcha to‘langan soliqlarning summasi soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali qaytariladi.
Ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarish soliq to‘ lovchining yozma arizasi va davlat soliq xizmati organining qaytarish to‘g‘risidagi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Tegishli moliya organlari qaytarish to‘g‘risidagi ariza topshirilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz ish kuni ichida ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytaradi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 58-moddasida boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalariga quyidagicha ta’rif berilgan: boshqa majburiy to‘lovlarning to‘langan va to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summasi deb e’tirof etiladi.
Ortiqcha to‘langan summa qaysi budjetga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha budjet yoki davlat maqsadli jamg‘armasi otiqcha to‘langan boshqa majburiy to‘lovlar summalarini qaytarish vakolatiga ega. Bunda ham soliq to‘lovchining yozma arizasi asosida, zimmasiga majburiy to‘lovlarni undirib olish majburiyati yuklatilgan organlarga tegishli ariza berilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz ish kuni ichida amalga oshiriladi.

1-rasm



Download 360.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling