Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti “soliqlar va sugʻurta ishi” kafedrasi


Soliqlar va majburiy to`lovlar tushumini tahlilining maqsadi va vazifalari


Download 360.71 Kb.
bet3/9
Sana15.03.2023
Hajmi360.71 Kb.
#1270221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
azizbek kurs ishi

Soliqlar va majburiy to`lovlar tushumini tahlilining maqsadi va vazifalari.
Davlatning moliya resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish byudjet-moliya tizimi orqali olib boriladi. Byudjet - moliya tizimining muxim xalqasi soliqlardir. Soliq tizimining to`g`ri tuzilishi va davlatning xolisona soliq siyosatini olib borishi butun xalq xo`jaligining samarali suratda faoliyat ko`rsatib borishiga ta’sir o`tkazadi.
Soliq tizimi davlatga o`z faoliyatini olib borishi uchun zarur bo`lgan soliqlar va tabiatan soliqqa o`xshash to`lovlarning miqdorlarning shakllarini, undirib olish usul-amallari va muddatlarini tartibga soladigan huquqiy normalar majmuasidir. Soliqlar pul resurslarining davlat ixtiyorida to`planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarini xal qilish, ishning samaradorlik va sifatini oshirishni rag`batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib, daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
Respublikamizda soliqqa tortish tizimining samarali modelini yaratish yuzasidan tinmay ish olib borilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov ta’kidlab o`tganidek soliq siyosatini takomillashtirish iqtisodiyotni barqarorlashtirishga va moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.
Prezident kitobida takidlaganidan: «bozor sari sayin iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli jiddiy ravishda o`zgaradi. Davlat, uning hokimiyatni boshqarish tuzilmalari xo`jalik faoliyatiga to`g`ridan-to`g`ri aralashishni yig`ishtirishlari kerak» Iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish keng malum vositalar - moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati yordamida amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlari rivojlanayotgan sharoitda soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo`lib keladi.
Jamiyat rivojlana boshlagan sari soliq tizimi ham rivojlanib, takomillashtirilib boriladi.
Respublikamizning mustaqilligiga o`n yil to`lar ekan, soliqqa tortish tizimi mamlakatimizda moliya byudjet tizimini eng ahamiyatli tarmog`iga aylanib qoldi. To`g`ri soliq siyosati respublikada ijtimoiy-sosial vazifalarni echishda muhim boshqaruvchi omil bo`lib qoladi.
Soliqqa tortish tizimini tahlili shuni ko`rsatadiki, xozirgi davrda soliqlarni rag`batlantiruvchi vazifasi moliya-byudjet omillari to`g`ri ishlatgan xolda korxona va tashkilotlarni ishlab-chiqarishini ko`tarishiga, ularni kuchaytirishga erishish maqsadida soliq solinadigan bazasini batafsil aniqlab, uning kengaytirish imkoniyatlari bo`yicha muayyan tahlil qilib, soliq tizimini takomillashtirish bo`yicha umumiy yondoshuvlarga aniq yo`lni topib olish lozim.
Soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy manbai hisoblanadi.
Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilib bo`lmaydi, chunki soliqlar byudjetni tashkil etishning asosiy vositasi bo`libgina qolmay, balki ular:
• xo`jalik yurituvchi subektlarni mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga;
• ishlab-chiqarishni rivojlantirishda investisiyalarni ko`prok jalb etishda;
• kichiq biznesni rivojlantirishga;
• xususiy korxonalar ochish bilan bozor infrastrukturasini barpo qilishga;
• umumdavlat ixtiyojlarini qondirishga va boshqa maqsadlarni xal qilishga xizmat qiladi.
Ko`rinib turibdiki, O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan isloxotlar kundan kunga chuqurlashib bormoqda. Bu xo`jalik yurituvchi subektlar faoliyatini erkinlantirishuvida namoyon bo`lmoqda. Davlat bilan xo`jalik yurituvchi subektlar, yani yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasidagi munosabat endilikda fakat soliq orqali amalga oshiriladigan xolatga aylanmoqda.
Bu esa ushbu jarayonni chuqur o`rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.
Tahlil (analiz) so`zi yunon tilidan olinib ajratish, bo`linish manosini bildiradi.
Tahlil qilganda fikran yoki amalda narsani, hodisani tarkibiy bo`laklarga bo`lib, rivojlantirishiga tasir etuvchi faktorlarni o`rganish va natijalarni kelgusida ishlatish.
Soliqlarning tahlili deganda, soliq siyosatining samaradorligiga tasir etuvchi analitik ko`rsatkichlarni o`rganish va shu asosda kerakli bo`lgan chora-tadbirlarni belgilashdir.
Soliqlar tushumini tahlillashning predmeti deb soliqlarni soliqqa tortish bazasi va uning tarkibiy elementlarini hisoblanadi, jumladan xo`jalik yurituvchi subektlarni ishlab-chiqarish mahsulotlarini dinamikasi, yalpi daromadi, mahsulot tannarxi. mahsulot bahosi va boshqa iqtisodiy ko`rsatkichlar.
Soliqlar tushumini tahlili ushbu yo`nalishda sodir bo`lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni chuqur o`rganib boradi. Barcha jarayonlar natijasi ko`rsatkichlarda ifodalanadi. Ko`rsatkichlar esa asosan malumotlar manbaida (rejalarda, meyorlada, hisobotlarda va x.k.) o`z aksini topadi. Shu jaryonlarni natijasi malum davrlarda (oy, chora, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda aks ettiriladi.
Soliq tushumlari tahlilining asosiy maqsadi soliqlar va yig`imlar tushumini, soliqqa tortish baza va uni tashkil etuvchi elementlarni o`rganish va shu asosida byudjet tushumlari obektlarini manbalar va umumiy tushum hajmi bo`yicha malum davr uchun prognozlashtirish, xo`jalik subektlari va davlat bilan o`zaro soliq qonunchiligini takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti har xil uslublar bilan boshqarilishi mumkin, shulardan bittasi davlat byudjetidir, chunki byudjetda davlatning sosial-ijtimoiy rivojlanishini yo`nalishlari va bu yo`nalishlarni rivojlanishini mablag` bilan taminlash manbalari keltiriladi. Davlat byudjetini daromad qismini asosiy manbasi esa soliq va majburiy to`lovlardan tashkil topgan.
Davlat byudjetiga tushgan soliq va to`lovlarni tushumini tahlil qilish natijasida soliq tizimini rivojlantirish samaradorligi, korxonalarni ishlab chiqarish sharoitlarni, tovarlar va xizmatlarning sotilishini izga solish faktorlari o`rganib chiqiladi va ishlab-chiqarish uchun «soliq iqlimi» yaratiladi. Tahlil asosida soliqlarning ishlab-chiqarishni o`sish sur’atlarini o`sishi yoki pasayishi, mablag` to`planishini tezlatilishi yoki syokinlashtirilishi, aholining to`lov qobiliyati kengayishi yoki kamayishi bo`lgan tasiri o`rganib chiqiladi.
Soliq stavkalarini, imtiyozlar va jarimalarni ustalik bilan qo`llab turib davlat muayyan tarmoqlar va ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 dekabr 2006 yil 532-PK sonli «O`zbekiston Respublikasining 2007 yil uchun davlat byudjeti parametrlari to`g`risida»gi Qarorida o`rtacha daromad (foyda) stavkasi yuridik shaxslar uchun 10 foiz qilib belgilanganda, quyidagi yuridik shaxslar uchun imtiyozli stavkalar belgilangan:
• eksportga mahsulot chiqaruvchi xo`jalik sub’ektlarini realizasiyasida eksport mahsulotlarining xajmi 15-30 foizni tashkil etsa soliq stavkasi 30% kamaytiriladi; eksport mahsulotining xajmi 30 foizdan yuqori bo`lsa belgilangan stavka 2 baravarga kamaytiriladi.
Soliq stavkalarini boshqa davlatdagi xuddi shunday soliq stavkalariga qiyoslanishi esa, mintaqaga xos xususiyatlarini nazarga olgan holda boshqa mamlakatlar bilan teng bo`lgan xo`jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga keltirilishi lozim. Bu esa o`z navbatida respublikaga chet el investisiyalarni keltirishga imkoniyat yaratib beradi. Lekin ushbu shart-sharoitlar qattiq qo`yib berilsa investisiya jalb qilish qiyinlashadi va aksincha engillashtirilsa davlat byudjetiga salbiy ta’sir ko`rsatiladi. Soliq tizimini tahlili shuni ham ko`rsatadi, soliqlarni yig`ish jarayoni imkon qadar arzonlashtirilishi kerak, buning uchun respublikada soliqqa tortish tartibi takomillashtirilishi bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari va boshqa axborot ta’minotlari ham yo`lga qo`yiladi.


Download 360.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling