Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti “soliqlar va sugʻurta ishi” kafedrasi
Soliqlarni to’lash va hisobot topshirish tartibi
Download 360.71 Kb.
|
azizbek kurs ishi
2. Soliqlarni to’lash va hisobot topshirish tartibi
Soliq hisoboti soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob- kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek ularga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan hujjati bo‘lib, u Davlat soliq qo‘mitasi va MOLIYA vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi. Soliq hisoboti qog‘ozda va (yoki) elektron hujjat tarzida tuziladi. Hisobot soliq to‘lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u yuridik shaxs bo‘lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan hisobot soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Bugungi kunda soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisobotlarni yuritish, soliqlarni to‘lash tizimini takomillashtirish, soliq va Moliyviy hisobot shakllarini soddalashtirish, hamda ular hajmini qisqartirish ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Soliq hisoboti shakllariga hujjatga tegishli ilovalarda keltirilgan quyidagi hisobot turlari kiritilgan: • qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha; • aksiz soligʻi boʻyicha; • yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha; • jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha; • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha; • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha; • yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha; • yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha; • aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha; • olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha; • davlat boji va yigʻimlar boʻyicha; • tijoratbop topilma bonusi boʻyicha. 2022 yildan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar, shuningdek kameral soliq tekshiruv asosida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi. Xorazmda soliq organlari tomonidan soliq hisobotlarini shakllantirish bo‘yicha eksperiment o‘tkazish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng yangi tartib boshqa hududlarda ham joriy etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 sentabr kuni «Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"3gi farmonini imzoladi. Hujjatda qayd etilishicha, u soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan. Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi. Xuddi shu sanadan boshlab kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi. 2022 yil yanvar — iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq to‘lovchilarning qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan hisoblab chiqiladi va shakllantirib beriladi. Eksperiment doirasida soliq organlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini — Kadastr agentligi organlari ma’lumotlari asosida, qo‘shilgan qiymat solig‘i esa aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni — elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari hamda soliq organlarida mavjud boshqa ma’lumotlar asosida hisoblab chiqaradi va soliq hisobotini shakllantiradi. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisoboti soliq to‘lovchilar uchun belgilangan tegishli soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kamida 10 kun oldin soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.Soliq to‘lovchi soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini olgan kundan boshlab 5 kun ichida uni tasdiqlaydi yoki, agar e’tirozlari mavjud bo‘lsa, uni rad etgan holda, soliq hisobotini qayta ishlaydi va o‘rnatilgan tartibda soliq organlariga taqdim etadi. 2022 yil 1 avgustga qadar eksperiment natijalarini chuqur tahlil qilgan holda uni respublikaning barcha hududlaridagi soliq to‘lovchilarga tatbiq etish hamda soliq organlari tomonidan soliq hisoboti shakllantiriladigan soliqlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha takliflar kirtitilishi kerak. Davlat soliq qo‘mitasiga soliq to‘lovchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur bo‘lgan soliq solish obyekti yoki soliq solish bilan bog‘liq boshqa obyektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyatlarini yaratish vazifasi yuklatildi. Farmon bilan shuningdek, qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida, shuningdek, soliq solish obyekti va (yoki) soliq solish bilan bog‘liq boshqa obyektlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etish talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilanmoqda. Tadbirkorlik subyektlari uchun maʼmuriy va soliq yukini yana-da kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-oktyabrdan quyidagilar bekor qilinadi: qatʼiy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan YATT tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati; alohida tayyor import isteʼmol tovarlarining bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan keyin 12 oy o‘tgach sotuvga qo‘yilishi hamda chakana savdoda realizatsiya qilinishiga qo‘yilgan taqiq. 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi YATTga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytirilgan holda BHMning 50 foizi miqdorida belgilanadi. 2021-yil 1-oktyabrdan tegishli davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining nazorat funksiyalari bekor qilinadi. 2022-yil 1-yanvardan: nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlar faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshiradi; Savdo-sanoat palatasi aʼzosi bo‘lgan tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlar roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etadi; Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda yuritiladi; Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‘lovchida Soliq kodeksida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati mobaynida saqlanadi.Soliq va boshqa majburiy to‘lovning har bir turi bo‘yicha soliq solish obyekti hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar soliq qonunchiligiga muvofiq blgilanadi. Soliq to‘lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini soliq to‘lovchi to‘g‘risida, shuningdek shunga o‘xshash boshqa soliq to‘lovchilar to‘g‘risida o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin. Soliq kodeksida soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida yuritiladi. Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‘ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o‘zgartirilishi mumkin emas. Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo‘yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobga olish usuli qo‘llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo‘lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‘liq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi. Soliq to‘lovchining har bir soliq turi yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblarni va soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga hamda soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga oladigan, soliq to‘lovchilarning va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlari soliq hisobotidir. Soliq hisobi predmeti va tamoyillarining o‘ziga xosligi uning metodini ham aniqlashga imkon yaratadi. Bevosita metod va usullar yordamida soliq hisobining ob’ekti o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobining, shu jumladan soliq hisobining metodi va usullarini aniqlashda bevosita ularning maqsadi, funktsiyasi, vazifasi hamda metodologiyasini hisobga olishimiz kerak. Soliq hisobining metodi umumqabul qilingan buxgalteriya hisobining metodi va usullariga asoslanishdan tashqari, o‘zining maxsus metod va usullariga ega. Soliq hisobining metodi – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xo‘jalik operatsiyalari, aktivlari, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar, daromad, xarajat va foyda ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi usullar majmuasidir. Shunday qilib, soliq hisobining tamoyillari va metodini belgilab oldik. Tamoyillar va metodga asoslangan holda soliq hisobini olib borish metodologiyasining nazariy muammolarini echishga harakat qilamiz. Soliq hisobotini olib borish metodikasi bo‘yicha ham mutaxassislarning fikrlari har xil. Ikkinchi pog‘ona standartlarida har bir soliqning aniq turi va soliq hisobi jarayonlari va soliq hisobi bo‘yicha soliq hisobini yuritish tartibi hamda buxgalteriya va soliq hisoblarining o‘zaro bog‘liqligi belgilanadi. Soliq hisobining hisob siyosati ikkinchi pog‘ona standarti hisoblanadi. Uchinchi pog‘ona standartlari bo‘lib, soliq hisobini olib boruvchilar ishlarini aniqlashtiruvchi va tartibga soluvchi nizomlar va yo‘riqnomalar hisoblanadi». Soliq hisobini tashkil etishning quyidagi variantlari mavjud. 1. Soliq hisobi siyosatini tasdiqlash asosida soliq hisobi registrlaridan foydalanilgan holda soliq hisobini tashkil etish; 2. Moliyviy hisob ma’lumotlari asosida soliq hisobi registrlarini shakllantirish asosida tashkil etish. Hisob registrlari ikki guruhga bo‘linadi: analitik va sintetik. Soliq hisobining analitik registlari - buxgalteriya hisobi schyotlariga taqsimlanmagan (aks ettirilmagan) holda hisob davridagi soliq hisobi ma’lumotlarini guruhlashtirilgan, tizimlashtirilgan yig‘ma shakllaridir. Analitik registrlar soliq to‘lovchilar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi va hisob siyosatiga ilova qilinadi. Hisob registrlarini yuritish asosida soliq hisobini tashkil etish tizimi ishlab chiqiladi. Rossiya Federatsiyasi Soliqlar va yig‘imlar vazirligining 2001 yil 19 dekabrdagi «Soliq hisobini tizimi to‘g‘risida»gi axborot xabarnomasida soliq hisobining 51 ta registri mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishda 5 ta guruhga bo‘lgan: 1. Oraliq hisob-kitob registrlari; 2. Soliq hisobi birligi holatini hisobga oluvchi registrlar; 3. Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga oluvchi registrlar; 4. Hisobot ma’lumotlarini shakllantiruvchi registrlar; 5. Tijorat bo‘lmagan korxonalarni maqsadli mablag‘larini hisobga oluvchi registrlar. Soliq hisobining ba’zi analitik hisob registrlari ishlab chiqilgan. Jumladan, mol- mulk solig‘ini hisob-kitob registri keltirilgan. Ushbu registrning qulayligi shundan iboratki, bunda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatlari, ularning eskirish summalari har oy uchun ko‘rsatiladi. Shuningdek mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz summalarini, soliqqa tortiladigan baza summalarini hisoblash osondir.Bu registrni amaliyotda qo‘llash buxgalterlar va soliq xizmati xodimlariga qulayliklar yaratadi.Soliq hisobi registrlarining shakllarini keyingi mavzularda soliq turlari bo‘yicha hisob metodologiyasini o‘rganish jarayonida, aniq ma’lumotlarga asoslangan holda ko‘rib chiqiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soliq hisobini tashkil etish, uni yuritishning metodikasi, foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi, registrlarni o‘zgarishining soliq hisobi siyosatida aniq ko‘rsatadilar. Soliq to‘lovchilar soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasini aniqlash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobi ma’lumotlari bilan ta’minlashga kerak bo‘ladigan registrlar mustaqil holda ishlab chiqadi hamda yuritiladi. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq to‘lovchilar, shuningdek ushbu soliq yoki boshqa majburiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun zarur elementlar belgilab qo‘yilgan taqdirdagina soliq to‘liq o‘rnatilgan deb hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari quyidagilardir: Soliq to‘lovchilar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy to‘lovga tatbiqan belgilanadi. Soliq kodeksida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy to‘lov to‘lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar deb e’tirof etiladi. Download 360.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling