Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti “soliqlar va sugʻurta ishi” kafedrasi


Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar


Download 360.71 Kb.
bet6/9
Sana15.03.2023
Hajmi360.71 Kb.
#1270221
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
azizbek kurs ishi

3. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar
prognozini tashkil qilish.
Prognozlash jamiyatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida qo‘llaniladi.
Prognozlash qo‘llanilish sohasiga ko‘ra quyidagi:
– ijtimoiy prognozlash;
– iqtisodiy prognozlash;
– ilmiy-texnikaviy prognozlashlarga ajratiladi.
Boshqaruv darajasiga ko‘ra prognozlash – xalq xo‘jaligini prognozlash, tarmoqni prognozlash, regional prognozlash hamda birlashma, korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini prognozlash toifalariga ajratiladi.
Prognozlashtirish eksport baholarini hisobga olgan holda o‘tmishni kelajakka ekstrapolyatsiyalash asosida oshirilishi mumkin.Ushbu o‘zgarishlar tasodifan yuz berishi mumkin.
Soliq tushumlarini prognoz qilishda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq idoralari, Moliya vazirligi va boshqa tegishli idoralar ishtirok etadilar.
Davlat soliq idoralarida soliq tushumlari prognozi tushumlar muddati va hududlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ya’ni, soliq tushumlari prognozi quyidagicha tashkil qilinadi:
– tuman va hududlar bo‘yicha asosiy daromad turlariga doir yillik tushumlarni prognoz qilish;
– asosiy daromad turlari bo‘yicha oylarga bo‘lgan hollarda choraklik tushumlarni prognoz qilish;
– joriy yil uchun prognoz hisob-kitoblari bilan belgilangan daromadlarni jalb etish yuzasidan choralarni amalga oshirish;
– soliq idorasining soliq to‘lovchilarga faol ta’sirini tashkil qilish;
– O‘zbekiston soliq qonunchiligiga muvofi q soliqlar va majburiy to‘lovlar yig‘ishni ta’minlash.
Soliq tushumlari prognozi quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni o‘rgangan holda tuziladi:
– hududiy iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirish asosiy yo‘nalishlari tahlili;
– soliq tushumlarining har bir turi, imtiyozlarni hisobga olgan holda hisoblab yozilgan to‘lovlar summalari bo‘yicha soliq to‘lovchilarning miqdori haqida hisob axboroti;
– amaldagi soliqlar va majburiy to‘lovlar stavkalari;
– prognoz qilinayotgan davrda qabul qilinishi rejalashtirilga yangi qonun hujjatlari;
– soliq tushumini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiluvchi, ayrim korxonalarning prognoz hisob-kitoblari;
– tegishli darajadagi daromad hisob-kitoblari;
– soliq va majburiy to‘lovlarning yoki o‘tish to‘lovlarining to‘lash muddatlari;
– hisobotga oid statistika ma’lumotlari;
– hisobot davri uchun va davr tugashiga qadar tutiladigan tushumlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, soliqlar bo‘yicha bo qi manda qarzlari va ortiqcha to‘lash qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
– prognoz qilinayotgan davrda so‘mning AQSH dollari va YEVROga nisbatan kursi indeksi, infl atsiya darajasi;
– ular bajarilishini ta’minlash uchun budjet vazifalari hisobi.
Soliqlar va majburiy to‘lovlarni prognoz qilishni tashkil qilish
O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi, shuningdek, soliq, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi soliq tushumlarini prognoz qilish asosini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti tizimi ikki bo‘g‘indan iborat:
• O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjeti, viloyatlar, Toshkent shahri, respublika tuman va shaharlari mahalliy budjetlari.
Budjet tizimi bu – davlat budjetini tashkil qilishda yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlar, mamlakatning davlat tuzilishi, respublikaning huquqiy me’yorlariga asoslangan davlat, hududiy va mahalliy hokimiyat organlari hamda budjet munosabatlariga nisbatan mustaqil fondlarning majmuasidir.
Budjet tizimiga sharh O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini 6-moddasida quyidagicha berilgan:
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi.
Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasi — so‘mda amalga oshiriladi4.
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimini tashkil qilishning tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksida bayon qilingan. Kassaning yagonaligi prinsipining mazmuni shundan iboratki,budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to‘lash ushbu hisob varaqdan amalga oshiriladi.Budjet tizimining yagona huquqiy asosda tashkil qilinishi ham da tartibga solinishi, hujjatlashtirish shakllarining yagonaligi, budjet tasnifi yagona bo‘lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibi O‘zbekiston Respublikasining budjet tizmini yagonaligi tamoyilini anglatadi.
Budjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga asoslanadi.
Barcha budjetlarning mustaqilligi prinsipi mahalliy hokimiyatlarning ularning zimmalariga yuklangan vazifalarni mustaqil bajarishga imkon beradi. Ushbu tamoyilga asosan budjet tizimining har qaysi bo‘g‘inida unga tegishli bo‘lgan daromad manbalari
mavjud, soliq tushumlari qonuniy biriktirilgan, Davlat hokimiyati idoralari va mahalliy hokimiyat idoralari tegishli budjetlar xarajatlarini mustaqil belgilashi mumkin.
Budjetning balansliligi prinsipiga amal qilinishi natijasida budjetda yuzaga keluvchi taqchillik muammosiga yo‘l qo‘yilmayidi.
Xullas, Davlat budjeti xarajatlari, daromadlar va taqchillikni moliyalashtirish
manbalari bo‘yicha tushum miqdorlarida balanslashtirilishi lozim. Budjetning balanslilik prinsipiga amal qilinishi natijasida 2013-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi.5


2-rasm6

Download 360.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling