Moliya va buxgalteriya


Xerfindal-Xirshman indeksi va bozorning markazlashuvi


Download 0.94 Mb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1010939
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Br-92 Erkinov Quvonch monopoliya

Xerfindal-Xirshman indeksi va
bozorning markazlashuvi

Monopol hokimiyatni xarakterlash uchun bozorni markazlashuv darajasi ko`rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko`rsatkich birinchi bo`lib Xerfindal- Xirshman tomonidan tavsiya etilgani uchun, u Xerfindal-Xirshman indeksi deb yuritiladi. Bu indeks korxonalarning bozordagi ulushlari yig`indisi sifatida qaraladi va qaysi firmaning bozordagi ulushi yuqori bo`lsa, u firma bozorda monopol hokimiyatiga ega bo`lishi mumkin yoki shunday imkoniyat mavjud deb qaraladi. Firmalar bozordagi ulushiga ko`ra tartiblashtiriladi.


Monopol hokimiyat va jamiyat farovonligi
Ma`lumki, monopolist o`z foydasini MC=MR bo`lishini (V nuqta) ta`minlaydigan ishlab chiqarish hajmida maksimallashtiradi. Monopolistning optimal ishlab chiqarish hajmi Qm ga va u belgilaydigan narx Pm ga teng Raqobatlashgan bozorda P =MC bo`lgandagi ishlab chiqarish hajmi maksimal foydani ta`minlaydi va talab chizig`i bilan taklif chizig`i kesishgan E nuqta da muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish hajmi Qe aniqlanadi.




Monopol narxga soliqlarning ta`siri
Yuqorida ko`rgan edikki, raqobatlashgan bozorda bir birlik mahsulotgaqo`yilgan soliq mahsulotning bozor narxini soliq miqdoriga nisbatan kichikroqmiqdorga o`zgartiradi va bu soliq yuki ham iste`molchiga, ham sotuvchiga taqsimlanadi. Monopol bozorda soliq qo`yilganda, mahsulot narxi soliq miqdoridan ko`proq miqdorga ham oshishi mumkin. Monopol bozorda har bir birlik mahsulot soliqqa tortiladi. Soliq miqdori t so`mga teng va monopolist sotilgan har birlik mahsulot uchun davlatga t so`m soliq to`laydi. Demak, firmaning o`rtacha va chekli xarajatlari t so`mga oshadi. Agar firmaning boshlang`ich chekli xarajati MC bo`lsa, soliqqa tortilgandan keyingi chekli xarajati quyidagicha bo`ladi. Grafikda soliq xisobiga o`zgargan chekli xarajat chizig`i MC boshlang`ich chekli xarajat chizig`ini t miqdorga yuqoriga siljitish orqali hosil qilindi.

Monopol tovar narxiga soliqning ta`siri


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling