3. Resurs to'lovlari va mol-mulk solig'i. Bu guruhga kiruvchi - 3. Resurs to'lovlari va mol-mulk solig'i. Bu guruhga kiruvchi
- soliqlar va to'lovlar mol-mulk solig'i; yer solig'i; yer osti boyliklaridan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlami o'z ichiga
- oladi.
- 4. Ustama foydadan olinadigan soliq.
- 5. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
- uchun soliq.
- 6. Boshqa daromadlarj
- Byudjet daromadlarini shakllantirishda soliqlar hal qiluvchi
- ahamiyatga ega. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan
- mablag'laming bir qismini davlat ixtiyoriga majburiy va qaytarilmaydigan tarzda o'tkazuvchi to'lovlarga soliqlar deyiladi. Ular
- mamlakat milliy daromadining bir qismi bo'lib, byudjet tizimining
- barcha bo'g'inlari bo'ylab jalb qilinadi, qonunga muvofiq oldindan
- belgilangan miqdorda va muddatlarda davlatning ixtiyoriga borib
- tushuvchi yuridik va jismoniy shaxslaming majburiy to'lovlaridan
- iboratdir.
- 1) Fiskal funksiya;
- 2) Tartibga solish (rag'batlantirish) funksiyasi.
- Bu funksiyalarning har biri soliqlaming moliyaviy kategoriya
- sifatida alohida tomonlarini namoyon etadi.
- Soliqlaming fiskal funksiyasi ulaming asosiy funksiyasi bo'lib,
- bu barcha davlatlar uchun /xarakterlidir. Bu funksiya yordamida
- davlat pul fondlari, ya’ni davlatning faoliyat ko'rsatishi uchun
- moddiy asos yaratiladi. Xuddi shu funksiyaning o'zi milliy daromad
- qiymatining bir qismini jamiyatning eng kam ta’minlangan ijtimoiy
- qatlamlari foydasiga qayta taqsimlash uchun real imkoniyatni
- vujudga keltiradi.
Soliqlarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: - • soliq sub’ekti — qonun bo'yicha soliqni to'lovchi shaxs (yuridik
- yoki jismoniy);
- • soliq ob’ekti — mavjudligi egasini soliqqa tortishga asos
- bo'ladigan predmet (mol-mulk, yer va boshqalar);
- • soliq manbai — hisobidan soliq to'lanadigan daromad (ish
- haqi, foyda, foiz va boshqalar);
- • soliqqa tortish birligi — soliq ob’ektini o'lchash birligi
- (masalan, yer solig'i bo'yicha yerning bir gektari);
- • soliq stavkasi — soliqqa tortish birligiga nisbatan o'matilgan
- soliqning miqdori (o'lchami).
Do'stlaringiz bilan baham: |